Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xuzuridagi
Meliorativ ekspeditsiyasi kasaba uyushmasining
umumiy yigʻilish
BAYONI №______
“____”__________2021-yil Termiz shahri
Yigʻilish raisi: Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi N.Muhamadiyev
Kotibi: Kasaba uyushma qoʻmitasi aʻzosi N.Sayidnazarova
Qatnashdilar: Kasaba uyushma qoʻmitasi (tashkilot) aʻzolari 7 kishi ishtirok etdi.
KUN TARTIBIDAGI MASALA:
Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasining 2022-2025-yillar uchun jamoa shartnomasi loyihasini maʻqullash toʻgʻrisida
(Karimov, Toʻraev, Allamurodov, Xolboʻtaev, Muhamadiev, Gʻoziev, Chorieva,
Norqobilov, Toshmurotov, Sayidnazarova ..., Karimov)
Kun tartibidagi masala yuzasidan quyidagilar, boshliq oʻrinbosari N.Toʻrayev, kasaba uyushma qumitasi raisi N.Muhamadiyev, bosh hisobchi R.Allamurodovlar soʻzga chiqib, jamoa shartnomasi loyihasi, uning dolzarbligi va ahamiyati hamda unda koʻzda tutilgan bandlar boʻyicha alohida-alohida yigʻilish ishtirokchilariga tanishtirib, fikr mulohazalari tinglandi.
Yigʻilish ishtirokchilari tomonidan atroflicha oʻrganib chiqilgandan soʻng ularning takliflari ham inobatga olinib, bir ovozdan qoʻllab-quvvatlangandan soʻng kasaba uyushmasining yigʻilishi
QAROR QILADI:
1. Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasining 2022-yil yanvar oyidan 2025-yil yanvar oyigacha davri uchun jamoa shartnomasi va undagi ilovalar maʻqullansin.
2. Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi kasaba uyushma qumitasi raisi N.Muhamadiyevga mehnat jamoasining quyidagi vakillari ishtirokida jamoa shartnomasini imzolashda mehnat jamoasi nomidan imzolash vakolati berilsin:
- N.Sayidnazarova- boʻlim boshligʻi
- Z.Fuzaylova- 1-toifali muhandis kartograf
- M.Gʻoziyev- boʻlim boshligʻi
- M.Muhiddinova- ish yurituvchi kotiba
3. Belgilansinki, jamoa shartnomasi shartlari imzolangan kundan kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |