Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 184.5 Kb.
bet1/16
Sana23.02.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1223711
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
YaNGI Намунавий Низом


Oʻzbekiston Respublikasi Suv


xoʻjaligi vazirining 2021-yil
30-sentyabrdagi 107-sonli buyrugʻiga ilova


Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda –Havza boshqarmasi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
2. Havza boshqarmasi suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli taʼsirining oldini olish va bartaraf etish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Havza boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda – vazirlik) boʻysunadi.
4. Havza boshqarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Hayʼat qarorlari va buyruqlariga shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Havza boshqarmasi oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Havza boshqarmasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
7. Havza boshqarmasi va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, ular Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, banklarda hisobvaraqlariga egadir.
8. . Havza boshqarmasining rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
toʻliq – Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, qisqartirilgan nomi – Amu-Surxon ITHB;
b) rus tilida:
toʻliq – Basseynovoye upravleniye irrigatsionnыx sistem Amu-Surxanskiy qisqartirilgan nomi – Amu-Surxan BUIS;
v) ingliz tilida:
9. Havza boshqarmasining joylashgan manzili (pochta manzili): Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, M.Kaxxor koʻchasi, 19-uy.

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling