Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar
-§. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlarining vazifalari va funksiyalari
Download 184.5 Kb.
|
YaNGI Намунавий Низом
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20. Quyidagilar tumanlar irrigatsiya boʻlimlarining asosiy funksiyalari hisoblanadi
5-§. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlarining vazifalari va funksiyalari
19. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Vazirlikka va Havza boshqarmasiga yuklagan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish; Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish; Tuman suv xoʻjaligi tizimini kompleks modernizatsiyalash, fan-texnika yutuqlari, suvnit yejaydigan zamonaviy texnologiyalar, ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribani joriy qilishga yoʻnaltirilgan yagona suv xoʻjaligi siyosatini amalga oshirish; suvresurslariniboshqarishtamoyillarivatiziminitakomillashtirish, ulardan tejamli va oqilona foydalanishni taʼminlash, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish choralarini koʻrish; tumanlar suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmi va autsorsingni joriy qilishda ishtirok etish; tumanlar suv xoʻjaligi obyektlarida suvning hisobi va hisobotini yuritishga raqamli texnologiyalarni joriy qilish. 20. Quyidagilar tumanlar irrigatsiya boʻlimlarining asosiy funksiyalari hisoblanadi: Irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashadi; Irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holatini tizimli ravishda oʻrganib boradi, ularni soz holatda saqlaydi va ishonchli ishlashini taʼminlaydi; Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishishlarini muvofiqlashtiradi; Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni, ularning samaradorligini oshirishni, suvdan foydalanish va suv isteʼmolining innovatsion texnologiyalari va mexanizmlarini joriy etishni taʼminlaydi; Suv isteʼmolchilari uyushmalariga suvni boshqarish va suv xoʻjaligi obyektlaridan samarali foydalanishda koʻmaklashadi, suv xoʻjaligi obyektlarini taʼmirlash-tiklash va rekonstruksiya qilish ishlarini muvofiqlashtiradi; Suv isteʼmolchilari uyushmalariga suv isteʼmoli boʻyicha shartnomalar tuzish, sugʻorish tarmoqlarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash ishlariga koʻmaklashadi va muvofiqlashtiradi; Suv isteʼmolchilariga ilmiy asoslangan sugʻorish rejimlarini, tomchilatib sugʻorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa sugʻorish texnologiyalarini joriy etishni tashkil qilishga koʻmaklashadi; Sugʻorish tarmoqlarini taʼmirlash va ularni rivojlantirishni, shuningdek, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishni muvofiqlashtiradi; Suv resurslaridan foydalanishni tahlil qiladi va tuman boʻyicha suv olish limitlarini belgilash, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suvdan tejab foydalanishni ragʻbatlantirish boʻyicha hududiy boʻlinmalarga takliflar kiritadi; Tuman suv xoʻjaligi obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha konsepsiyalar, strategiyalar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi; oʻzarohisob-kitoblar mexanizmini va qarzdorliklarning yuzaga kelish sabablarini chuqur tahlil qilish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va kengaytirish asosida suv isteʼmolchilari va suv isteʼmolchilari uyushmalari oʻrtasidagi oʻzaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; suv isteʼmolchilari va ularga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bajarilishi monitoringini yuritadi; tuman irrigatsiya boʻlimi rahbar va mutaxassislari, shu jumladan, suv isteʼmolchilari uyushmalari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirishni tashkil qilishga koʻmaklashadi; suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim va professional taʼlim muassasalari bilan talabalar va oʻquvchilarning oʻquv-tanishish hamda oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishda hamkorlik qiladi; tuman suv xoʻjaligi obyektlaridan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va hududiy boʻlinmalarga kiritadi; tuman suv xoʻjaligi obyektlaridan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash davamida monitoring olib borishda ishtirok etadi. Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling