Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar
-§. Havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Download 184.5 Kb.
|
YaNGI Намунавий Низом
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16. Quyidagilar meliorativ ekspeditsiyaning asosiy funksiyalari hisoblanadi
3-§. Havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
15. Quyidagilar Havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyaning (keyingi oʻrinlarda — meliorativ ekspeditsiya) asosiy vazifalari hisoblanadi: Vazirlik va Havza boshqarmasiga yuklagan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish; Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish; Sugʻoriladigan yerlar meliorativ holatining tizimli monitoringini yuritish va meliorativ kadastrni ishlab chiqish; Tizimidagi kollektor-drenaj tarmoqlarini texnik soz holatda saqlash va ularning ishonchli ishlashini taʼminlash; yerlarning meliorativ holatini monitoring qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish; qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va boshqa suv isteʼmolchilarga yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berish. 16. Quyidagilar meliorativ ekspeditsiyaning asosiy funksiyalari hisoblanadi: Sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi va yer osti suvlarining holati va sifati boʻyicha tizimli monitorin golib boradi, maʼlumotlarni davriy ravishda tahlil qiladi; Irrigatsiya tizimi kanallari va kollektorlarda suvning sifati boʻyicha monitoring olib boradi; Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ kadastrini hamda suv va tuz balanslarini ishlab chiqadi; Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar beradi hamda ijrosi boʻyicha nazorat olib boradi; magistral, tumanlararo va xoʻjaliklararo kollektorlar hamda kollektor-drenaj tarmoqlari, ulardagi gidrotexnik inshootlarning texnik holati boʻyicha monitoring yuritadi, ularni taʼmirlash-tiklash hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha tavsiyalari shlab chiqadi; meliorativ nasos stansiyalari hamda vertikal drenaj quduqlarining ish rejimini belgilaydi va ijrosi boʻyicha monitoring olib boradi; kollektor-drenaj tarmoqlari sohil boʻyi mintaqasini muhofaza qilish choralarini koʻradi; yerlarning meliorativ holati, irrigatsiya tizimi kanallari va kollektorlar suvining holati va sifatini nazorat qilishga raqamli va geoaxborot texnologiyalarini joriy qiladi; suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermerxoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilariga ularning kollektor-drenaj tarmoqlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar beradi; yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ustuvor loyihalarni aniqlash hamda hududiy dasturlarni shakllantirishda ishtirok etadi va hududiy boʻlinmalarga takliflar beradi; kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining sifati boʻyicha monitoring olib boradi; sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash sohasiga ilm-fan yutuqlarini, geoaxborot texnologiyalari boʻyicha ilgʻor tajribalarni, shuningdek, innovatsion usullarni joriy qiladi; kollektor-drenaj tarmoqlaridan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va hududiy boʻlinmalarga kiritadi; kollektor-drenaj tarmoqlaridan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida foydalanish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlashda va monitoring olib borishda ishtirok etadi. Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling