3-§.Havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyaning huquq va majburiyatlari
25. Meliorativ ekspeditsiya oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni hududiy boʻlinmalar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Oʻz vakolatlari doirasiga kiradigan sohadagi muhim muammolarning yechimlari boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda idoralararo ishchi guruhlar tashkil qilish;
Oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar boʻyicha hududiy boʻlinmalarga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari boʻyicha kiritilgan qonunchilik hujjatlari loyihalari va takliflar boʻyicha xulosalar berish;
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ustuvor loyihalarni aniqlash va amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, kollektor-drenaj tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza kiritish.
Meliorativ ekspeditsiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
26. Meliorativekspeditsiya:
Havza boshqarmasi bilan birgalikda yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Meliorativ ekspeditsiyalar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
Havza boshqarmasiga kiritiladigan taklif va hujjatlar loyihalarining sifati;
Havza boshqarmasi tomonidan qabul qilingan buyruqlarning tegishlicha bajarilishi sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
Aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash toʻgʻrisida takliflar tayyorlash;
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻlxaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |