Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-§.Irrigatsiya tizimi boshqarmalarining huquq va majburiyatlari


Download 184.5 Kb.
bet10/16
Sana23.02.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1223711
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
YaNGI Намунавий Низом

4-§.Irrigatsiya tizimi boshqarmalarining huquq va majburiyatlari
27. Irrigatsiya tizimi boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni hududiy boʻlinmalar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha hududiy boʻlinmalarga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
Suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha kiritilgan qonunchilik hujjatlari loyihalari va takliflarni koʻrib chiqish va xulosalar berish;
Irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlari hamda suvdan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza kiritish.
Favqulodda holatlarda irrigatsiya tizimi boshqarmasining xizmat koʻrsatish hududida joylashgan barcha irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, suvdan foydalanuvchilar hamda boshqa tashkilotlarni kutilayotgan salbiy holatlarning oldini olish va roʻy bergan hodisalarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda jalb qilish;
Irrigatsiya tizimi boshqarmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
28. Irrigatsiyatizimiboshqarmalari:
Hududiy boʻlinmalar bilan birgalikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hududiy boʻlinmalarning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
Hududiy boʻlinmalarga kiritiladigan taklif va hujjatlar loyihalarining sifati;
Hududiy boʻlinmalar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning bajarilishi sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
Aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida suv xoʻjaligini rivojlantirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash;
Suv xoʻjaligini rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻlxaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling