Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-§.Tuman irrigatsiya boʻlimlarining huquq va majburiyatlari


Download 184.5 Kb.
bet11/16
Sana23.02.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1223711
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
YaNGI Намунавий Низом

5-§.Tuman irrigatsiya boʻlimlarining huquq va majburiyatlari
29 Tuman irrigatsiya boʻlimlari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni Havza boshqarmasi, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha Havza boshqarmasiga va tumanlar (shaharlar) hokimliklariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
Suv resurslaridan foydalanish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari boʻyicha kiritilgan qonunchilik hujjatlari loyihalari va takliflar boʻyicha xulosalar berish;
Irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlari hamda suvdan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza kiritish.
Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
30. Tumanlarirrigatsiyaboʻlimlari:
Oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hududiy boʻlinmalarga kiritiladigan taklif va hujjatlar loyihalarining sifati;
Hududiy boʻlinmalar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning bajarilishi sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
Irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda tumanlarning (shaharlarning) infratuzilmasini kompleks rivojlantirishga toʻsqinlik qiladigan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tumanlar (shaharlar) suv xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
tumanlarda (shaharlarda) irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻlxaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish uchun javobgardir.

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling