6-bob. Havza boshqarmasi boshligʻining masʼuliyati
33. Havza boshqarmasi boshligʻi quyidagilar uchun shaxsan masʼuldir:
Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Boshqarma masʼul boʻlgan mazkur Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan sohalar; mazkur Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan oʻzlarining funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi.
34. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari rahbarlari quyidagilar uchun shaxsan masʼuldirlar:
Tumanlar irrigatsiya boʻlimlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari masʼul boʻlgan mazkur Nizomning
28-bandida koʻrsatilgan sohalar uchun;
Mazkur Nizomning 32-bandidak oʻrsatilgan oʻzlarining funksional vazifalari sifatli bajarilishi.
7-bob. Havza boshqarmasi faoliyatini tashkil etish
1-§.Havza boshqarmasi rahbariyati
35. Havza boshqarmasiga viloyat hokimi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
36. Havza boshqarmasi boshligʻining ikki nafar oʻrinbosari boʻlib, ularning bittasi boshliqning birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.
37. Boshliqning oʻrinbosarlari, Irrigatsiya tizim boshqarmalari boshliqlari, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshligʻi, Meliorativ ekspeditsiya boshligʻi viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimlariga tayinlanadilar va lavozimlaridan ozod qilinadilar.
38. Boshliq vaqtinchalik boʻlmagan hollarda uning vakolatlarini bajarish Boshliq oʻrinbosarlariga majburiyatlarni taqsimlash asosida amalga oshiriladi.
39. Havza boshqarmasi boshligʻi tomonidan quyidagi xodimlar lavozimlarga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi:
Havza boshqarmasi boshligʻining tegishli oʻrinbosarining taklifiga koʻra boshqarma apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va xodimlari;
Tegishli tumanlar hokimlari va Vazirlik bilan kelishilgan holda Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari boshliqlari.
40. Havza boshqarmasining tegishli idoraviy mansub tashkilotlari Nizomlari belgilangan tartibda Boshqarma tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |