Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-§. Havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining huquq va majburiyatlari


Download 184.5 Kb.
bet8/16
Sana23.02.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1223711
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
YaNGI Намунавий Низом

2-§. Havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining huquq va majburiyatlari
23. Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni Havza boshqarmasining idoraviy mansub tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish;
Oʻz vakolati doirasiga kiradigan sohadagi muhim muammolarning yechimlari boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda idoralararo ishchi guruhlar tashkil qilish;
oʻzvakolatidoirasidagimasalalarboʻyichaHavzaboshqarmasigakoʻribchiqishuchuntakliflarkiritish;
suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha kelishish uchun kiritilgan qonunchilik hujjatlari loyihalari va takliflar boʻyicha xulosalar berish;
oʻz faoliyati uchun kundalik zarur boʻlgan materiallar, asbob-uskunalar va jihozlarni belgilangan tartibda qonunchilik hujjatlari talablariga asosan xarid qilish;
suv qonunchiligini buzganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza kiritish.
Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
24. Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi:
Havza boshqarmasi bilan birgalikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Havza boshqarmasining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
Havza boshqarmasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritiladigan taklif va hujjatlar loyihalarining sifati;
Havza boshqarmasi tomonidan qabul qilingan buyruqlarning tegishlicha bajarilishi sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
Aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida suv xoʻjaligini rivojlantirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash;
Suv xoʻjaligini rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻlxaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun masʼuldir.

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling