4-bob. Havza boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarining huquqlari va majburiyatlari
1-§.Havza boshqarmasining huquqlari va majburiyatlari
21. Havza boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni idoraviy mansub tashkilotlardan, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Oʻz vakolati doirasiga kiradigan sohadagi muhim muammolarning yechimlari boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda idoralararo ishchi guruhlar tashkil qilish;
Oʻz vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha Vazirlikka, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
Suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha kelishish uchun kiritilgan qonunchilik hujjatlari loyihalari va takliflar boʻyicha xulosalar berish;
Suv qonunchiligini buzganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza kiritish.
Havza boshqarmasi qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
22. Havza boshqarmasi:
Havza boshqarmasi yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Havza boshqarmasining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
Vazirlik va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritiladigan qonunchilik hujjatlar loyihalari va takliflarning sifati;
Vazirlik va mahalliy ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning tegishlicha bajarilishi sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
Tumanlarda aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida hududiy boʻlinmalarga takliflar tayyorlash;
Irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻlxaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun masʼuldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |