Mavzu: Irrigatsiya tizimlari, suv havza boshqarmalari. Davlat unitar korxonalari(duk)


Download 485.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana02.02.2023
Hajmi485.43 Kb.
#1147952
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-MAVZU



7-ma’ruza 
MAVZU: 
Irrigatsiya tizimlari, suv havza boshqarmalari. Davlat unitar
korxonalari(DUK). 
 
Reja: 
 
1. Irrigatsiya tizimlarini Suv xavzalari boshqarmalari. 
2. Suv xo‘jaligi qurilish tashkilotlarning tizimi va funksiyalari. 
3. Davlat Unitar konxonalari. 
 
Suv xo‘jaligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmalari. 
 
 
1.2-rasm.O‘zbekiston Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasining tuzilishi. 
Suv xo’jaligi bosh boshqarmasi 
O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi 
O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi 
Amu
-B
uxo
ro 
IT
HB
Amu
-Qa
shqa
da
ryo 
IT
HB
Nor
in 
Si
rda
ry

IT
HB
Z
ar
af
shon 
IT
HB
Amu

Su
rxon 
IT
HB
C
hir
chiq 
– 
Oha
nga
ro

IT
HB
Sir
da
ryo
-S
o’

va
C
ha
pqi
rg’
oq 
A
mudar
yo 
IT
HB
Sir
da
ryo 
– 
Z
ar
af
sho

IT
HB
Quyi 
Z
ar
af
sho

IT
HB
Quyi 
Sir
da
ryo 
IT
HB
Nor
in
-Qor
ada
ryo 
IT
HB
1 4 9 5 


Suv xo‘jaligi ma’lum kompleksni o‘z ichiga oladi. U bajaradigan ishning 
xarakteridan kelib chiqib aniqlanadi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida amalga 
oshirilayotgan islohatlar suv xo‘jaligi bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Shu 
sababli hukumat Prezidentining 2003y 24 martdagi PF-3226-son formonini bajarish 
yuzasidan hamda Irrigatsiya tizimlarini bajarishning ma’muriy hududiy prinsipidan 
havza prinsipiga o‘tishi maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2003y 21iyul №320-
sonli qarori ishlab chiqilgan. Unda Qishloq va suv xo‘jaligining suv xo‘jaligi bosh 
boshqarmasiga bo‘ysunuvchi o‘nta Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari (havza 
tarkibidagi tumanlar bo’yicha irrigatsiya tizim boshqamalari) va Amu-Buxoro 
mashina kanali tizimi boshqarmasi tashkil etilgan. Boshqarmada hammasi bo‘lib 
3228 shtat apparat xodimlari faoliyat ko‘rsatadi. Shundan Amu- Buxoro ITHB dagi 
xodimlar soni 1650 ta. Amu-Buxoro mashina kanalida faoliyat ko’rsatuvchila soni 
1464 ta. 
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari quyidagi funksiyalarni amalga 
oshiradi: Suvdan foydalanish rejalarini umumlashtiradi hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirligiga suv olish limitlari bo‘yicha 
takliflar kiritadi; 
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining asosiy vazifalari etib 
quyidagilar belgilangan:

Suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish 
asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishni tashkil etish;

Ilg‘or texnologiyalarni joriy etish asosida suv xo‘jaligida yagona texnika 
siyosatini o‘tkazish; 

Iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o‘z vaqtida ta’minlashni tashkil etish; 

Irrigatsiya tizimlari va suv xo‘jaligi inshootlarining texnik ishonchliligini 
ta’minlash; 

Xavza hududa jarayonlar tezkorligini oshirish; 

Suv iste’molchilari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanishning aniq hisobi va 
hisobotini ta’minlash; 
Havza suv xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan limitlar viloyatlar 
qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari takliflarini hosibga olib iqtisodiyot 
tarmoqlari magistral kanallar (tizimlar), ayrim alohida muhum suv xo‘jaligi 
obyektlari, irrigatsiya tizimlari, ma’muriy viloyatlar va tumanlar bo‘yicha suv olish 
limitlarini belgilaydi. Tumanlararo nasos stansiyalari ish rejimini belgilaydi; 
Umuman havza va irrigatsiya tizimlari bo‘yicha yer usti va osti suv resurslarini 
boshqaradi, ulardan maqsadli va oqilona foydalanishini tashkil etadi; 
Havza suv xo‘jaligi tizimidan foydalanishning ishonchliligini ta’minlash va uni 
rivojlantirish, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, suvdan foydalanishning 


bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi 
hamda Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirligiga takliflar kiritadi. Ularning bajarilishini 
tashkil etadi; 
Havza bo‘yicha belgilangan limitlarga rioya etilishini hamda suv resurslarni 
oqilona va maqsadli foydalanishni nozorat qiladi, Uzsuvnazorat inspeksiyasi 
xizmatlari bilan birgalikda suvdan limit bo‘yicha foydalanish tartibiga rioya 
etilishini nazorat qilishda qatnashadi; 
Umuman havza, magistral kanallar(tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot 
tarmoqlari, ma’muriy viloyatlar va tumanlar, manbalar hamda alohida muhum suv 
xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha belgilangan tartibda suv berish va suv olish hisobini 
shuningdek hisobotini yuritadi; 
Suv resurslari balansini tuzadi, umuman havza, magistral kanallar(tizimlar), 
irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, ma’muriy viloyatlar va tumanlar, 
manbalar va ayrim alohida suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha “Suvdan foydalanish” 
bo‘limi bo‘yicha suv kadastirini yuritadi; 
Davlat suv xo‘jaligi tizimlarini suv o‘lchash va uni hisobga olish vositalari bilan 
jihozlashni, suv resurslarini boshqarishda aloqa, avtomatika va telemexanikaning 
zamonaviy tizimlarini joriy etishni, shuningdek ularning metrologik ta’minotini 
tashkil etadi; 
Ayrim irrigatsiya tizimlari suv ta’minotini oshirish irrigatsiya tizmilarini va 
inshootlarini takomillashtirish va rivojlantirishga doir takliflar tayyorlaydi va ularni 
amalga oshiradi; 
Umuman xavza bo‘yicha suv xo‘jaligi istiqbolli rivojlantirish sxemalarini tuzish, 
shuningdek investitsiya dasturlariga kiritish uchun irrigatsiya tizimlari va 
inshootlarini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta 
jixozlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, investitsiya loyihalarida qatnashadi va 
ularning amalga oshirilishini tashkil etadi; 
Ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni taminlaydi. 
Irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmalari quyidagi huquqlarga ega: Korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlardan o‘z vakolatlariga kiruvchi masalarni hal etish uchun 
zarur bo‘lgan matyeriallarni belgilangan tartibda so‘rash va olish; Suv resurslaridan 
foydalanish to‘g‘risida o‘zaro kelishish uchun taqdim etilgan qarorlar va loyihalar 
yuzasidan xulosalar berish; 
Suv haqidagi qonun hujjatlari suv xo‘jaligi tizimlardan foydalanish qoidalari, 
suvdan limit bo‘yicha foydalanish tartibi buzilganligi uchun ayibdor shaxslarni 
javobgarlikka tortish to‘g‘risida belgilangan tartibda taqdimnomalar berish; Sohaga 
tegishli qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga egadir.
Irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasining o‘z vakolatlari doirasida qabul 
qilingan qarorlari magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari 


boshqarmalari, joylardagi boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, 
shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy 
hisoblanadi. Irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasiga Qishloq va suv xo‘jaligi 
vazirligining buyrug‘i bilan tanlov asosida lavozimga tayinlanadigan boshliq 
rahbarlik qiladi. Tanlovni o‘tkazish tartibi va shartlari mazkur vazirlik tomonidan 
amalga oshiriladi. Boshqarma boshlig‘i o‘z muovinlarini, magistral kanallar 
boshqarmalari va Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari rahbarlarini tayinlash Vazirlar 
Maxkamasining 2003yil 21 iyuldagi 320-sonli qarori asosida amalga oshiriladi. 
Bosh boshqarma boshlig‘i ayni vaqtda Irrgatsiya va drenaj bo‘yicha respublika 
qo‘mitasi raisi. Markziy Osiyo suv xo‘jaligi davlatlararo muvofiqlashtirish 
komissiyasining a’zosi hisoblanadi.

Download 485.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling