Xan imperiyasi
Download 0.51 Mb.
|
Xan imperiyasi
Xan imperiyasiReja:
Xan davlati vujudga kelishi.Er. av. 246-yil Sin taxtiga o'n yoshli Chjen chiqdi. Er. av. 238-yil yosh podsho Chjen o'ziga qarshi fitnani fosh qiladi. Eramizdan avalgi 230-yil asosiy raqib Xan podsholigini, er. av. 228—22I-yiIlarida esa boshqa beshta podsholiklarni bosib oladi. Eramizdan avalgi 22I mamlakatni birlashtirish tugallanadi. 28 yoshli In Chjen «Sin sulolasining birinchi imperatori» Sin Shixuandi unvonini qabul qiladi. U «Bizning avlodimiz vorislik tartibiga ko'ra ershi («ikkinchi»), san'shi («uchinchi») va toki o'n ming avlodgacha ular nihoyasiga merosxo'r bo'ladilar deb tantanali e'lon qiladi. Ammo bu davlat bor yo'g'i 14 yil yashadi. Mamlakat hududi 36 yirik ma'muriy okrugga bo'lingan, har bir okrug uyezdlarga, uyezdlar volostlarga, volostlar esa bir necha jamoadan iborat edi. Okrug boshlig'i va okrug qo'shin boshlig'i imperator tomonidan tayinlangan. Okrug boshlig'i esa uyezd boshlig'i va ularning muovinlarini tayinlagan. Imperatorning ikki maslahatchisi bo'lib, ular markaziy davlat apparatini boshqarganlar.Markazlashgan davlat apparati harbiy, moliya, sud, imperator oilasi bo'Iimi va inspeksiya nazorat bo limlaridan tashkil topgan. Qat'iy markazlashgan davlat boshqaruvi aparatida eng quyi bo'g'inda jamoa oqsoqollari turar edi. Davlat aholi hayotini barcha jabhalarini qat'iy bir qolipga soldi: cJiolidan barcha qurollar tortib olinib, qo'ng'iroqlar qo'yildi. Mamlakat bo'yicha yozuv, pul, tanga, o'lchov birliklari unifikatsiya qilinca, beqiyos, shavqatsiz ruhda bo'lgan yagona qonunchilik tizimi joriy qilindi. Jinoyati uchun butun oila jazolangan, o'lim jazosi barcha ayblar uchun qo'llanilgan. Ommaviy ravishda katorga ishlariga surgun qilingan. Odamlar Sin davridan oldingi davrlarni xotirasidan chiqarishi uchun Sin podsholigidan oldingi yozuvdagi asarlarni yo'q qilishga buyruq berilgan. Qadimiyatga e'tiqod qilganlari uchun yuzlab Konfutsiy ta'limoti muxlislari, olimlar jismoniy yo'q qilingan. Butun Xitoy aholisi og'ir mehnatga duchor qilindi. Misli ko'rilmagan qurilish: 5 ming km. - uzunlikdagi buyuk devorni bunyod qilishga kirishildi.Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling