Xan imperiyasi
Download 0.51 Mb.
|
Xan imperiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xitoy madaniyati. Diniy e’tiqodlar.
Sinfiy ziddiyatlarning keskinlashuvi hukmron sinf bo‘lmish zodagonlarning boyishiga jiddiy xavf tug‘dira boshlaydi. Ijtimoiy islohotlar o‘tkazishga urinishlar qattiq sinfiy kurashni kuchsizlantira olmaydi. Xan davrida Xitoy qay ahvolda bo‘lganligini Van Man islohotlari ochiq namoyish etdi. Van Man davrida qishloq va shaharlarda yashagan o‘rta tabaqa aholining iqtisodiy ahvolini yaxshilashga va ijtimoiy ziddiyatlarni susaytirishga intilgan. Van Man shu o‘rta tabaqadan chiqqan degan farazlar mavjud. 8 yilda Van Man taxtga chiqib, yangi – Sin sulolasiga asos soldi.Xitoy madaniyati. Diniy e’tiqodlar.Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari er. av. XIV—XI asrlarga oid fol ko'rish yozuvlaridir. In yozuvlarining ko'pchilik qismi buyumlar tasviridir. In belgilari buyumlar tasviri yoki murakkab tushunchalarni ifodalaydigan ko'pgina tasvirlar qo'shilmasi ideogramma ko'rinishidadir. In belgilarining hozirgi Xitoy iyerogliflaridan 3 xil farqli tomoni bor. Birinchidan, har bir elementar belgi qandaydir buyumning konturini tasvirlagan, ikkinchidan, bir belgilini yozilishida ko'p xilma xillik mayjud. Uchinchidan, belgini qatorning nisbiy yo'nalishiga tomon harakati hali barqaror bo'lmagan. In yozuvining er. av. I ming yillikda Chjoular tomonidan o'zlashtirilishi, uning taraqqiyotini uzib qo'ymadi. Er.av. II—I ming yilliklarda iyerogliflarning mahalliy variantlari unifikatsiya qilindi, belgilarni yozishning yangi husnixati paydo bo'ldi.Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog'och yoki bambuk taxtachalariga yozilgan. Tushli mo'yqalam bilan yozuv ana shu taxtachalarga tushirilgan va yozuvlar metall pichoq bilan tozalangan. Eramizdan avalgi I ming yillikning o'rtalarida ipak matoga ham yozilgan. Yangi era boshida qog'oz kashf qilinib ishlatila boshlandi va qog'oz boshqa materiallarni siqib chiqardi.Konfutsiy o‘zicha yangilik kiritishga urinmayotganini bir necha marta uqtirgan. U “men mavjud narsani o‘rgatayotibman, o‘zim o‘ylab chiqarmayman” deydi. Konfutsiy tizimida tarbiya elementlariga katta e’tibor berilgan. Quldor zodagonlar bu diniy falsafiy tizimdan foydalanib, kishining xarakteriga yuvoshlik, itoatkorlik va o‘zidan kattalar hamda rahbarlarga bo‘ysunish ruhini singdirishga harakat qilgan. Konfutsiy tarbiya kishi hayotida g‘oyat katta o‘rin tutadi deb bilgan. Shuning uchun Konfutsiy falsafasi odam xarakterini o‘zgartirish zarurligi va butkul o‘zgartirishga oid aqidani ilgari surgan. Konfutsiychilik har bir odamni sinfiy nuqtai - nazardan kamolotga yetkazish muqarrar va zarur degan g‘oyani shu tezis asosiga qurgan. Konfutsiy ta’limotiga doir kitoblarda shunday deyiladi: “Odamlarning hammasi ham tug‘ma xususiyatiga ko‘ra o‘zaro yaqin. Tug‘ilgandan keyin hosil qilgan xususiyatlariga ko‘ra ular bir - birlaridan farq qiladilar.”Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling