Xan imperiyasi
Download 0.51 Mb.
|
Xan imperiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalailgan adabiyotlar.
- 3.Авдиев В.И.I История Древнего Востока. Москва 1948 .
- 6.Всемирная история. Государственное Издательства политической литературы Москва. 1955.
Konfutsiy o‘zicha yangilik kiritishga urinmayotganini bir necha marta uqtirgan. U “men mavjud narsani o‘rgatayotibman, o‘zim o‘ylab chiqarmayman” deydi. Konfutsiy tizimida tarbiya elementlariga katta e’tibor berilgan. Quldor zodagonlar bu diniy falsafiy tizimdan foydalanib, kishining xarakteriga yuvoshlik, itoatkorlik va o‘zidan kattalar hamda rahbarlarga bo‘ysunish ruhini singdirishga harakat qilgan. Konfutsiy tarbiya kishi hayotida g‘oyat katta o‘rin tutadi deb bilgan. Shuning uchun Konfutsiy falsafasi odam xarakterini o‘zgartirish zarurligi va butkul o‘zgartirishga oid aqidani ilgari surgan. Konfutsiychilik har bir odamni sinfiy nuqtai - nazardan kamolotga yetkazish muqarrar va zarur degan g‘oyani shu tezis asosiga qurgan. Konfutsiy ta’limotiga doir kitoblarda shunday deyiladi: “Odamlarning hammasi ham tug‘ma xususiyatiga ko‘ra o‘zaro yaqin. Tug‘ilgandan keyin hosil qilgan xususiyatlariga ko‘ra ular bir - birlaridan farq qiladilar.”Konfutsiy ta’limoti quldorlarning mehnatkashlar ommasini ekspluatatsiya qilishiga oid qoidaga asoslangan sinfiy nuqtai – nazari ochiq ifodalangan, ya’ni “avom xalq zodagon va donishmandlarga itoat qilish kerak”. “Agar avom yuqori tabaqa va o‘qimishli kishilarga itoat qilmay qo‘ysa, mamlakatda osoyishtalik bo‘lmaydi.” Bu fikr konfutsiychilikka doir mashhur “Meyorlilik va doimiylik” kitobida quyidagi so‘zlar bilan bayon etilgan: “Oddiy xalqning yuqori tabaqaga itoatsizligi tartibsizlikning boshlanishidir”. Yana shu kitobda “donishmand” xaloyiqqa qarama - qarshi qo‘yiladi. “Donishmand” deganda zodagonni anlash kerak, albatta. Konfutsiy ta’lim berib, “donishmand hamisha meyoriylik va doimiylikka rioya qiladi, avom xalq esa meyoriylik va doimiylikka zid ish ko‘radi. Meyoriylik va doimiylikka amal qilgan donishmand bu bilan faqat odoblilik va yaxshilik qiladi, ammo bu qoidaga amal qilmaydigan avom xalq esa, hech narsani farqiga bormay, duch kelgan ishni qiladi”.Foydalailgan adabiyotlar.1.Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йук. Т. 1998.2.Геродот. История в девяти книгах / Пер. Г. А. Стратановского. М.; Л., 1972. («Памятники исторической мысли»; репр. 1993).3.Авдиев В.И.I История Древнего Востока. Москва 1948 .4.Авдиев В.И. Кадимги Шарк тарихи. Тошкент 1964.5.Бухарин М. Д., Ладынин И. А., Ляпустин Б. С., Немировский А. А. История Древнего Востока. — М.: Дрофа, 2009.6.Всемирная история. Государственное Издательства политической литературы Москва. 1955.Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling