Xan imperiyasi


Download 0.51 Mb.
bet2/5
Sana10.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1187017
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xan imperiyasi

Markazlashgan davlat apparati harbiy, moliya, sud, imperator oilasi bo'Iimi va inspeksiya nazorat bo limlaridan tashkil topgan. Qat'iy markazlashgan davlat boshqaruvi aparatida eng quyi bo'g'inda jamoa oqsoqollari turar edi. Davlat aholi hayotini barcha jabhalarini qat'iy bir qolipga soldi: cJiolidan barcha qurollar tortib olinib, qo'ng'iroqlar qo'yildi. Mamlakat bo'yicha yozuv, pul, tanga, o'lchov birliklari unifikatsiya qilinca, beqiyos, shavqatsiz ruhda bo'lgan yagona qonunchilik tizimi joriy qilindi. Jinoyati uchun butun oila jazolangan, o'lim jazosi barcha ayblar uchun qo'llanilgan. Ommaviy ravishda katorga ishlariga surgun qilingan. Odamlar Sin davridan oldingi davrlarni xotirasidan chiqarishi uchun Sin podsholigidan oldingi yozuvdagi asarlarni yo'q qilishga buyruq berilgan. Qadimiyatga e'tiqod qilganlari uchun yuzlab Konfutsiy ta'limoti muxlislari, olimlar jismoniy yo'q qilingan. Butun Xitoy aholisi og'ir mehnatga duchor qilindi. Misli ko'rilmagan qurilish: 5 ming km. - uzunlikdagi buyuk devorni bunyod qilishga kirishildi.

Yapon imperator saroyi va tog' ichida o'yilgan imperator sog'onasi qurilib, sog'onaga balandligi o'rtacha odam o'lchovida bo'lgan 6 ming jangchi haykaUari joylashtirildi va Xitoyni butun hududi aholisi bu qurilishlarga zo'rlik bilan haydab kelindi. Imperator qo'shinni shimolga xunlarga qarshi va Yanszi daryosi va Janubiy Xitoy dengizi oralig'i havzasidagi mamlakatlarni ishg'ol qilishga yuborildi.

Van Man islohotlari. “Qizil qoshliklar” qo‘zg‘oloni.

Eramizning I yillarida yirik amaldor Van Man imperator hokimiyatiga ega bo'lib yer egaligi va quldorlik munosabatlarida islohot o'tkazadi. Bu vaqtda dehqonlarning yersizlanishi kuchayib, katta-katta yer maydonlari alohida qullarda to'planib qolgan edi. Van Man barcha yerlarni imperator mulki deb e'lon qilib, yerni sotishni taqiqlaydi. Qul savdosi ham taqiqlanadi, ammo bu islohotlar amalga oshmaydi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tobora tushkunlikka yuz tuta boradi. Xalq harakatlaridan, so'ng, Xitoy III asr boshlarida uch musiaqil davlat Vey, Shu va U ga bo'linib ketadi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling