Mavzu: Irrigatsiya tizimlari, suv havza boshqarmalari. Davlat unitar korxonalari(duk)
Download 485.43 Kb. Pdf ko'rish
|
7-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- MELIORATSIYA VA BOSHQA SUV XO‘JALIGI ISHLARINI BAJARISHGA HAMDA ULARNING FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
1.3-rasm .Magistral kanallar boshqarmasi apparatining namunaviy tuzilishi Amu-Buxoro mashina kanali boshqarmasi boshlig’i Boshliqning birinchi o’rinbosari Markaziy dispetcherlik xizmati Suv resurslari balansi bo’limi Gidrometriya xizmati Suv omborlari xizmati Ta’mirlash ishlarinin tashkil etish va monitoring bo’limi Irrigatsiya tizimlari va gidrotexnika inshootlaridan foydalanish bo’limi Transport, mexanizatsiya va ta’minot bo’limi Алоқа, автоматика ва телемеханика бўлими Boshliqning o’rinbosari Iqtisodiy tahlil va moliyalashtirish bo’limi Buxgalteriya bo’limi Kadrlar bo’yicha bosh mutaxasis Bosh yuridik maslahatchi Umumiy bo’lim O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI. 07.05.2008 YIL. MELIORATSIYA VA BOSHQA SUV XO‘JALIGI ISHLARINI BAJARISHGA HAMDA ULARNING FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish, melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarini rivojlantirish, ularning moddiy- texnika bazasini mustahkamlash va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining mintaqalarda 1-ilovaga muvofiq melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalarini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Davlat unitar korxonasining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Quyidagilar yangidan tashkil etilayotgan, melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonasining asosiy mezonlari etib belgilansin: ustav fondining eng kam miqdori — 450,0 mln so‘m; moliyaviy barqarorlik va kamida 200,0 mln. so‘m miqdorida bo‘sh aylanma mablag‘larning mavjud bo‘lishi; bajariladigan ishlar tannarxini zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish hisobiga kamaytirish; melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi tadbirlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish; soha bo‘yicha oliy ma’lumotga va meliorativ obyektlarni qurish hamda ulardan foydalanishda kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan rahbarlik (shu jumladan rahbar) va muhandislik-texnik xodimlar, bosh mutaxassislarga ega bo‘lish. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xodimlar korxonadagi muhandislik-texnik xodimlar umumiy sonining kamida 30 foizini tashkil etishi kerak; zarur miqdordagi meliorativ texnika, mashinalar, mexanizmlar va transportga ega bo‘lgan texnika parkining mavjud bo‘lishi. 4. Belgilab qo‘yilsinki: yangidan tashkil etilayotgan melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonasining ustav fondi 2008-yil oxirigacha shakllantirilishi kerak; Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 92-son qaroriga 1-ILOVA Download 485.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling