Jamoa shartnomasi


 Kasaba uyushmasi qoʻmitasi


Download 484 Kb.
bet7/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

2.4. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi:
a) ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid masalalarni, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda xodimlar nomidan ish koʻrish;
b) Meliorativ ekspeditsiyasining boshqaruv organlariga (hayʼat va h.k.) saylangan, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari bilan bogʻliq qarorlar qabul qiluvchi komissiyalari tarkibiga kiritilgan Kasaba uyushmasi qoʻmitasi vakillari Meliorativ ekspeditsiyasi hamda xodimlar manfaati yoʻlida samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
v) kasaba uyushmalari faoliyatiga xos uslublar yordamida, shu jumladan, xodimlar oʻrtasida mehnat musobaqalarini rivojlantirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish, Ish beruvchi bilan birgalikda ilgʻorlarni ragʻbatlantirish tizimlarini oʻrnatish orqali Meliorativ ekspeditsiyasining barqaror faoliyat koʻrsatishiga koʻmaklashish;
g) mehnatga haq toʻlash shakllari va tizimlarini takomillashtirish, Meliorativ ekspeditsiyasini boshqarish, xodimlar manfaatidan kelib chiqqan va Meliorativ ekspeditsiyasining moliyaviy imkoniyatlarini eʼtiborga olgan holda jamoa shartnomasiga qoʻshimcha imtiyozlar (kafolatlar) kiritish, xodimlarning mehnat shartnomasidagi vazifalarni toʻliq va sifatli bajarishlariga koʻmaklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy va istiqbolli reja hamda dasturlarini qabul qilish kabi masalalar yuzasidan jamoa muzokaralarini olib borish boʻyicha takliflarni Ish beruvchiga kiritib borish;
d) xodimlarning ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarida ishtirok etishlariga koʻmaklashish;
ye) mamlakatni modernizatsiyalash va yangilash, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi ustuvor dasturlar ijrosida Meliorativ ekspeditsiyasining ishlarida ishtirok etish;
j) elektr energiyasi va yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha eng yaxshi boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti tarmoq koʻrik-tanlovida ishtirok etish;
z) tarmoq koʻrik-tanlovlarida ishtirok etish tashabbuslari bilan chiqish majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi;
i) Meliorativ ekspeditsiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5775-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 349-sonli qarori tavsiyalariga amal qiladi va Ish beruvchi tomonidan toʻliq rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib boradi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling