Jamoa shartnomasi


Kasaba uyushma qumitasi raisi: N.Muhamadiev


Download 484 Kb.
bet4/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

Kasaba uyushma qumitasi raisi: N.Muhamadiev


Yigʻilish kotibi, Kasaba
uyushma qoʻmitasi aʻzosi: N.Sayidnazarova

I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur jamoa shartnomasi (keyingi oʻrinlarda «Shartnoma») Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasida ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat hisoblanadi.
Quyidagilar mazkur Shartnomaning taraflari deb hisoblanadi:
ish beruvchi vakili: Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi timsolida
xodimlar vakili: Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi timsolida
1.2. Shartnoma imzolangan kundan kuchga kiradi va 2025-yil 5 yanvargacha amal qiladi. Belgilangan muddat tugagach, Shartnoma taraflar yangi Shartnoma tuzguncha yoki amaldagi Shartnomani oʻzgartirguncha, toʻldirguncha amalda boʻladi.
1.3. Mazkur Shartnoma Ish beruvchiga va Meliorativ ekspeditsiyasining barcha xodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga, oʻrindosh xodimlarga, yordamchi xoʻjalikda ishlovchi xodimlarga hamda Meliorativ ekspeditsiyasidan nafaqaga chiqqan xodilarga ham tatbiq etiladi.
Mazkur Shartnomada nazarda tutilgan hollarda uning ayrim qoidalari quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

  • xodimning oila aʼzolariga;

  • pensiyaga chiqishi munosabati bilan mehnat munosabatlari bekor qilingan shaxslarga;

  • mazkur Meliorativ ekspeditsiyasida mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatligining boshqa xil shikastlanishi tufayli zarar yetgan sobiq xodimlarga;

  • mehnatda mayib boʻlish, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻiga shikast yetishi sababli vafot etgan xodim qaramogʻida boʻlgan va zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga;

  • fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;

  • kasaba uyushmasi aʼzolariga.


Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling