Jamoa shartnomasi


 karantinga oid choralar amal qilishi davrida Ish beruvchi


Download 484 Kb.
bet23/42
Sana25.02.2023
Hajmi484 Kb.
#1227816
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Bog'liq
Умумий 2022 2025 йиллар учун Янги жамоа шартнома

9.14.1. karantinga oid choralar amal qilishi davrida Ish beruvchi xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga oʻtkazadi;
Masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga oʻtish huquqidan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.
Xodimning xohishiga koʻra va Ish beruvchining roziligi bilan xodim vaqtinchalik uyda ishlashi uchun uy mehnati sharotiga oʻtkazilishi mumkin.
Xodim mavofaviy ishga, uyda ishlashga yoki moslashuvchan ish grafigiga oʻtkazilganda uning taʼtillar jadvaliga muvofiq mehnat taʼtili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlarida va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlanib qolinadi.
Masofaviy ishga oʻtkazish yuzasidan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritiladigan oʻzgartirishlarda Mehnat kodeksining 73-moddasida nazarda tutilgan shartlar bilan bir qatorda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ish beruvchi va xodim oʻrtasida elektron hujjat almashinuvi boʻyicha oʻzaro aloqalar tartibi;
xodimning mehnat majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish tartibi, agar tomonlar tarafidan xodimga tegishli jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuv mavjud boʻlsa;
Ish beruvchi bilan doimiy aloqalarini taʼminlash maqsadida xodimni aloqa vositalari bilan taʼminlash, shu jumladan Internet tarmogʻidan foydalanish;
Ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalarning xodimning aybi bilan buzilganda, yetkazilgan zararni xodim tomonidan Ish beruvchiga qoplab berish bilan bogʻliq shartlar;
xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarish uchun shaxsiy jihozlar yoki texnika vositalaridan, shuningdek aloqa vositalari, shu jumladan Internet tarmogʻidan foydalangan taqdirda xarajatlarni qoplash tartibi va shartlari (agar buyruq asosida biriktirilgan boʻlsa);
xodim va Ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlariga amal qilish boʻyicha majburiyatlari;
xodimni ishlab chiqarish zaruriyati tugʻilganda doimiy ish joyiga oʻtkazish shartlari.
9.14.2. pandemiya munosabati bilan kasallik yuqtirgan xodimlarning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi yoki ularning ogʻir ahvolga tushishi va sogʻligʻi tiklanmaganligi munosabati bilan Meliorativ ekspeditsiyasining moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
9.14.3. xodimlarni ish faoliyatlari bilan bogʻliq turli yuqumli kasalliklarga chalinishlari mumkin boʻlgan holatlar haqida ogohlantiruvchi maʼlumotlar bilan taʼminlaydi, stendlar, tarqatma materiallarni chop ettiradi;

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling