Jamoa tadbirkorligi Reja: Tadbirkorlik shakllari va ularning xususiyatlari


Download 131 Kb.
bet10/13
Sana24.12.2022
Hajmi131 Kb.
#1054207
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Biznes rejalashtirish

Aksiyalarning turlari va xillari:
Aksiyalar xillari va turlari (toifalari) bo`yicha farqlanadi. Aksiyalarning xillari: egasi yozilgan, egasi yozilmagan. Aksiyalarning turlari (toifalari): imtiyozli, oddiy. (O`zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahriridagi qism)
Aksiyada ko`rsatilgan va jamiyat aksiyadorlarining reestriga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsgina egasi yozilgan aksiyaning sohibi bo`lmish aksiyador deb e’tirof etiladi. (O`zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahriridagi qism)
Egasi yozilmagan aksiyani saqlovchi shu aksiyaning egasidir. Egasi yozilmagan aksiyalar jamiyat aksiyadorlarining reestriga kiritilmagan holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriladi. (O`zR 29.08.1998 y. 681-I-son Qonuni tahriridagi qism)
Oddiy (odatdagi) aksiyalar ovoz beruvchi bo`lib, ularning egalariga dividendlar olish, jamiyatning umumiy yig`ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish xuquqini beradi.
Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek aksiyadorlik jamiyati tugatilganda aksiyalarga qo`yilgan mablag`larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalar hisoblanadi. Imtiyozli aksiyalar ularning egalariga, korxona foyda ko`rish-ko`rmasligidan qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Yopiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi yoziladigan aksiyalar bo`lishi mumkin, ularni boshqa shaxsga o`tkazish tartibi ustavda belgilab qo`yiladi.
Yopiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarga aksiyalar o`rniga ularning nominal qiymatiga teng summada sertifikatlar berishi mumkin.
Chiqariladigan aksiyalarning xillari, ularni tarqatish va joylashtirish, ular bo`yicha dividendlar to`lash tartibi aksiyadorlik jamiyatining ustavida qonun hujjatlariga muvofiq belgilab qo`yiladi.
Aksiyalarning nominal qiymati:
Aksiyalarning nominal qiymati yuz so`mdan kam bo`lishi mumkin emas.
Aksiya bo`linmasdir.
Oddiy aksiyalar - xissadorlar yigilishida ovozga egalik huquqini beradi, unga olinadigan dividend miqdori esa, xo`jalik jamiyatlarining yil davomidagi ish natijalariga bog`lik bo`lib, boshqa xech nima bilan kafolatlanmagan.

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling