Jamoachilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy sifatni takomillashtirish mavzusida


Download 112.07 Kb.
bet1/12
Sana10.07.2023
Hajmi112.07 Kb.
#1659511
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jamoachilikni tarbiyalash jarayonida axloqiy sifatni takomillashtirish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI



OSIYO XALQARO UNIVERSITETI MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI SIRTQI SHAKLI S14-MT22 GURUH TALABASI
_______________________________________NING

______________________________________________FANIDAN
JAMOACHILIKNI TARBIYALASH JARAYONIDA AXLOQIY SIFATNI TAKOMILLASHTIRISH MAVZUSIDA
KURS ISHI
TEKSHIRDI: _____________________


BUXORO-2023


REJA



KIRISH
I bob. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASHDA XALQ OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISH METODIKASI
1.1Xalq og’zaki ijodining tarixiy shakllanish taraqqiyoti va janrlarining bola tarbiyasidagi ahamiyati
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda xalq og’zaki ijodining ertak janridan foydalanish zaruriyati
1.3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og’zaki ijodi asosida axloqiy tarbiyalashning amaldagi ahvoli
II BOB. XALQ OG’ZAKI IJODI NAMUNALARI VOSITASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY TARBIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI
2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida milliy xalq ertaklarin
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

0



KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Dunyoda ilm-fan, tеxnika, ishlab chiqarish va tеxnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini bеlgilab bеrmoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xaraktеrli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko’zga tashlanayotganligidir. Globallashuv o’z - o’zidan tеzkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo’lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o’z sohasining bilimdoni bo’lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlargina ega bo’ladilar.
Mustaqil fikrlay oladigan, dunyoqarashi va tafakkuri keng barkamol insonlar yurtimiz taqdirini hal qiladilar. Shuning uchun ham kelajakka munosib bo’lgan ma'naviy jihatdan yetuk yoshlarm tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. “Ma'naviyat sohasidagi ishlarimizning pirovard maqsadi, -deydi birinchi Prezidenti I.A.Karimov, - iymon-e'tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirishdir. Ya'ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat”1.Har qaysi millatning ,xalqning azaliy tarixi va madanyati eng avvalo uning og`aki ijodi–folklor san’atlarida, ertaklarida, doston va eposlarida mujassam bo’ladi. Ular millatning ,xalqning o`zligini anglash, uning o’ziga xos milliy qadriyatlari va an’analarini xis qilish,saqlash va rivojlantirishda muhim manba xisoblanadi.O’zbek milliy folklor namunalarini asrab –avaylash va rivojlantirish ,uni keng targ’ib qilish , yosh avlod qalbida xalq og’zaki ijodi namunalariga hurmat va e’tibor tuyg’ularini kuchaytirish , bolalarning milliy ruhda tarbiyalanishi uchun sharoit yaratish eng avvalo uzluksiz ta’limning boshlang’ich bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ulkan vazifa yuklaydi.Bolalarni maktabgacha ta’limga sifatli tayyorlash maqsadida “Ilk qadam” davlat dasturi joriy qilingan bo’lib, bu dasturning davlat talablari asosida beshta soxasi bo’yicha ta’lim–tarbiya berish jarayonida bolalarning ongiga xalqnng milliy qadriyatlarini , urf-odatlarini singdirish xam talab etiladi.
Bu kabi vazifalarni bajarishda maktabgacha ta’lim muassasasida xalq og’zaki ijodi vositalaridan foydalanishning samarali shakllari va yo’llaridan zamonaviy yondashuv asosida foydalanish samarali natija beradi. Shuning uchun mustaqillik davri folklorshunosligi tamomila yangi folklorshunoslikdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-sonli qarorida yoshlarni ma’naviy yuksaltirish masalasiga alohida e’tibor qaratganlar. “ Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishda tegishli huquqiy-me’yoriy bazani mustahkamlash, tashkiliy-amaliy ishlarni zamon talablari asosida olib borish, bu masalaga keng jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha keyingi paytda birmuncha ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim.
Ayni vaqtda o‘tkazilgan kuzatish va tahlillar bu sohada o‘z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammolar borligi va ularni keng ko‘lamda hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Xususan, xalqimiz, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, joylarga, ta’lim muassasalariga vaqtida va maqbul narxlarda yetkazish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, farzandlarimizda bolalikdan boshlab kitob, jumladan, elektron kitob o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish, jamiyatimizda mutolaa madaniyatini yuksaltirish bilan bog‘liq muhim masalalarni hal etish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.” Zero, ma’naviyat masalalari ham davrda eng dolzarb mavzulardan biri bo'lib kelgan.

Download 112.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling