Kurs ishi mavzu: Bayramlar jismoniy tarbiya vositasi sifatida


Download 42.88 Kb.
bet1/10
Sana20.12.2022
Hajmi42.88 Kb.
#1034452
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Olmos


O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Jismoniy madaniyat fakulteti
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
«Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» fanidan

KURS ISHI

Mavzu: Bayramlar jismoniy tarbiya vositasi sifatida

Bajaruvchi: 912-20 guruh talabasi O. Muxammatov



Ilmiy raxbar: E. Xo’jmatov
Jizzax- 2022 yil
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………….. 3

  1. Sport bayramlarini tashkil qilish va utkazish…………………………….…5

  2. Sport bayramlari, xalq sayllari va milliy xalq bayramlarida kasbiy va milliy xalq o‘yinlari………………………………………………………..……..10

  3. Jismoniy tarbiya va sport kunlarini, sport konkurslarini uyushtirish va o‘tkazish……………………………………………………………………16

Xulosa………………………………………………………………………..22
Foydalanilgan adabiyotlat ro’yxat………………………………….………..23


Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan Taraqqiyot strategiyasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish muhim bosqichlardan biri sifatida e’tirof etilgan.
Shuningdek kelajak yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma‘naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan edilar.
Jismoniy tarbiya va sport – bu sog‘liq, yoshlik, shahdu shijoat, barkamollik va yetuklik demakdir. Sport sog‘lom muhitni yaratishda, yosh avlodni har tomonlama jismonan va ma’nan kamol toptirishda hal qiluvchi kuchga ega. Shuning uchun ham mamlakatimizda sport ravnaqiga, xalqimizni sportga ommaviy tarzda keng jalb etishga, ayniqsa, kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni har jihatdan yetuk va komil insonlar sifatida ulg‘aytirishga yuksak darajada e’tibor qaratilmoqda.
Azal-azaldan milliy xalq o’yinlari vositalari orqali yosh avlodning qimmatli xususiyatlari: vatanparvarlik, mehnatsevarlik, moslashuvchanlik, tezlik, kuch-quvvat, sabrtoqat, bardoshlilikni tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratilgan. Bu xususiyatlar yoshlarni shavqatsiz tabiiy va hayotiy sharoitlarda qat‘iyatli va bardoshli bo’lishlarini ta‘minlagan. O’zbek xalqi milliy o’yin va bellashuvlar orqali farzandlarini o’z xalqining milliy urf-odatlari, an‘anaviy mehnat va kasb-hunarning asosiy turlari bilan yaqindan tanishtirib kelganlar, milliy harakatli o’yinlari va bellashuvlari ajdodlar tamonidan asrlar davomida hayotning tabiat bilan uyg’unligidagi to’plangan qimmatli tajribalarni yosh avlodga etkazishlariga imkon beruvchi vosita hisoblanadi.
Byramlar Xalqaro sport xayotiga oid voqealarga, mamlakatimizda Bnishonlanadigan taniqli sanalarga, maktab xayotidagi muxim xodisalarga bag‘ishlab o‘tkaziladi (Maktab spartakiadasini ochilish yoki musobaqa boshlanishidan oldin). Bayramlar Mazmunga boy tadbirlar asosida sog‘lomlashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak, unda barcha tomoshabinlar xam faol ishtirok etishlari zarur. (Sodda xarakatli o‘yinlar, fizkulptura, padzasiga uxshash mashqni eng yaxshi bajarish konkursi). Xaqiqatdan xam tomosha, xis - xayajon va sport kurashining dratizimini xar qanday sport musobaqasida uchratishimiz, unga duch kelishimiz mumkin. Lekin anoanaviy, o‘zining ommaviyligi bilan ajralib turadigan sport bayramlari borki ular o‘zining tarixi bilan ajralib turadi.
Kurs ishini maqsadi: Sport bayramlarini tashkil qilish va utkazish, Sport bayramlari, xalq sayllari va milliy xalq bayramlarida kasbiy va milliy xalq o‘yinlari, Jismoniy tarbiya va sport kunlarini, sport konkurslarini uyushtirish va o‘tkazish haqida yoritib berish.

Download 42.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling