Kurs ishi mavzu: Bayramlar jismoniy tarbiya vositasi sifatida
Bayramlar o‘tkazish dasturi
Download 42.88 Kb.
|
Olmos
Bayramlar o‘tkazish dasturi kommunistik tuzim davriga kelib ayrim diniy, bayramlar, bir kishi amaldor yoki yurt kattasi o‘z mablag‘idan o‘tkazadigan bayramlar chegaralangan, lekin, jismoniy tarbiya, sport bayramlari reja asosida tizimli o‘tkazilgan. Xar bir viloyat o‘zining sport qo‘mitasi tashabbusi, uni yillik rejasi asosida Spartakiadalar, chempionatlar, Respublika, mamlakat doirasida musobaqalarga eotibor kuchli bo‘lgan. Bunday sport bayramlarining eng salmoqlisi sobiq Ittifoq xalqlari spartakiadasi xisoblangan va bu spartakiada Olimpiada dasturiga kiritilgan barcha sport turlarini o‘z dasturida takrorlagan. Xar ikki yilda o‘tkaziladigan bu sport forumi o‘zining salmog‘i bilan ajralib turgan va unga tayyorgarlik, uni g‘olibi yoki sovrindori bo‘lish nufuzli sanalgan. Qolaversa, mamlakat chempionatlari, mamlakat birinchiliklarida g‘oliblarni aniqlash kichik maktab yoshidan boshlab, 60 yoshgacha bo‘lgan kattalar orasida o‘tkazilgan. O‘quvchi yoshlar spartakiadasi, kasb - xunar bilim yurtlari, oliy o‘quv yurtlari talabalari spartakiadasi, maxkamalar, zavod va fabrikalarining, kolxoz va sovxoz ishchi xodimlari spartakiadalari tizimli o‘tkazilgan va bayramga aylantirilgan. Mustaqilligimiz davrida sport bayramlari o‘z o‘rni, o‘z mavqesiga ega bo‘lib, u tizimga solindi.
Xalq sayllari, bayramlari (Reja asosida, rejasiz) ni o‘tkazilib kelinayotganligiga guvoxmiz. Xozirgi kunda anoanaga kirgan "Respublika Milliy xalq o‘yinlari festivali" (1991, Forish), milliy sport va xalq o‘yinlarining birinchi Olimpiadasi (1994), Xalq Milliy o‘yinlari festivali (1998, Termiz), To‘maris festivali (1999), Alpomish va milliy xalq o‘yinlari respublika festivali (2000, Farg‘ona) mazmuni va tarkibi bo‘yicha sport musobaqalari, kuch sinashuvlar tarzida tashkillanayotganligi bulajak mutaxasisdan Sport bayramlariga oid bilimlarni talab qiladi.Jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport ishlari, aktiv dam olish, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tayyorgarlik, xarbiy tayyorgarlik va boshqalarning asosiy ko‘rigi xisoblangan yoki qayd qilingan ishlarning sarxisobini namoyon qilish niyatida o‘tkaziladigan bu bayramlar jamiyatni mavqei, millatni qadriyatlarini asrash avaylash, avloddan avlodga o‘tkazish vositasi sifatida o‘zining tarbiyaviy, maonaviy- maorifiy o‘rniga ega va millat ravnaqi uchun xizmat kiladi. Masalan, mustaqilligimizdan so‘ngi o‘tkazilayotgan "Mustaqillik kuni" misolida taxlil qiladigan bo‘lsak, bu bayram mamlakatimizda xizmat qilayotgan ko‘plab chet el ishbilarmonlari, chet el elchixonalari, ko‘plab mexmonxonalarni samimiy maqtovlariga sabab bo‘lmoqda. Bunday masshtabdagi bag‘ri keng millat qalbiga sig‘ishi, joy olishi mumkinligini xar yili shu bayramni ko‘rish uchun maxsus mexmon sifatida taklif qilingan va ayniqsa taklif qilinmay o‘zlari bayramni ko‘rish uchun kelgan mexmonlar taokidlamoqdalar. Bayramni qatnashchilari soni, ularni bayram saxnasida kiyiladigan kiyimidan tortib, saxnani yoritib beruvchilar, okustika, (ovoz), sinxronlik, xar bir viloyat, millat, elatni saxnada 5-6 minutli vaqt davomida ko‘rinishi uchun sarflanadigan mexnat, sarmoya, ayniqsa bayram dasturi va uni o‘tkazish ssenariysi aloxida fan, bilimlar zaxirasi ekanligi fikrimizga dalildir. Bayram dasturiga o‘quvchilarni ommaviy musobaqalarini kiritish maqsadga to‘g‘ri kelmaydi, chunki bu vaqtni bexuda sarf bo‘lishiga olib keladi. Bayramlar maktabda 1,5-2 soatdan oshmasligi kerak. Download 42.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling