Jamoani shakllantirish yo'llari
Download 23.95 Kb.
|
JAMOANI SHAKLLANTIRISH YO\'LLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari
- Jamoa a’zolariga
- Sinf jamoasini jipslashtirish yo‘llari
- Sinfdagi faollami aniqlash.
- 3.O‘quvchilar jamoasining shakllanish bosqichlari.
JAMOANI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI Reja
2. O‘quvchilаr jаmоаsini shаkllаntirishning mоhiyati vа tаshkiliy аsоslаri. 3. O‘quvchilar jаmоаsining rivоjlаnish dаrаjаsi vа bоsqichlаri. 4. O‘quvchilar jаmоаsi rivоjining аsоsiy shаrt-shаrоitlаri. 1. Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari Har bir tashkilotda rasmiy va norasmiy guruhlar mavjud. Ular tashkilot rivojlanishi va saqmaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Guruh- ikki yoki undan ortiq kishilarning biror maqsad yoki vazifasini amalga oshirish yo’lida birlashishi yoki o’zaro kelishuv, bir-birini tushunish. Biz guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo’lamiz. Rasmiy guruhlar tashkilot rahbarlari tomonidan ma’lum bir maqsadni amalga oshirish yo’lida tuziladi. Ular rasmiy tashkilotning bir qismi sifatida namoyon bo’ladi. Rasmioy guruhlarda vazifalar ishtirokchilar orasida taqsimlanadi. Rasmiy guruhlarning 3 ko’rinishi mavjud: Vertikal guruh menejer va uning bo’y sunuvchilari tomonidan tuziladi. Bu guruh ko’rinishi ba’zan funksional guruh deb ham nomlanadi. Gorizontal guruh ishchilar tomonidan tashkilotning faqat bir bo’g’inida tuziladi. Bunday guruhlar tashkilotning turli bo’lim ishchilar tomonidan ma’lum maqsadni amalga oshirish uchun tuziladi. Vazifa bajarilgandan so’ng bu guruh tarqatib yuborilishi ham mumkin. Ishchi guruh yangi mahsulot yaratish yoki institutda yangi kitob yozish uchun tuziladigan guruhdir. Biz bularga misol qilib Yaponiya sifat to’garaklarini aytishimiz mumkin. Bunday guruhlar tashkilotda bir nechta bo’lishi ham mumkin. Qo’mita- ba’zi bir tashkilotlarda bu maslahat kengashi, maqsadli guruh ham, deb nomlanadi. Jamoa va unga qo'yilgan talablar haqida so'z ketar ekan, turli yoshdagi sinflarda jamoa tashkil etishning farqli tomonlari bormi? Ularning o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat, degan savol tug'ilishi tabiiy. Jamoa a’zolariga: • ixtiyoriylik; • demokratik faoliyat; • so'z erkinligi; • tashabbuskorlik; • mustaqillik; • faollik; • ijodiy faoliyat ko'rsatishlari uchun imkoniyat yaratilishi kerak 2. O‘quvchilаr jаmоаsini shаkllаntirishning mоhiyati vа tаshkiliy аsоslаri. O'quvchilar jamoalarini tuzish guruhlarda, sinflarda turli farq- lar bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha sinflar uchun bir xildagi yo'l-yo'riqlami belgilab bo'lmaydi. Ayniqsa, boshlang'ich, V va IX sinflarda o'quvchilar jamoasini tashkil etish va jipslashtirish katta qiyinchiliklar tug'diradi. Bu sinflarda ko'pincha o'quvchilar tarkibi mutloq yangi yoki qisman o'zgaradi. Shunday ekan, o'quvchilar jamoasini yangidan tuzishga to'g'ri keladi. VI-VII sinflarda o'quvchilar faollari kengayib boradi. Ular ko'proq jamoatchilik ishlarida qatnashadilar, o'zlarining axloqiy tajribalarini boyitadilar, mehnat qilish malakalari va ko'nikmalarini rivojlantiradilar. Sinf rahbari quyi va o'rta sinflarda bu ishlami amalga oshi- rishda bolalar va o'smirlar uyushmasiga, yuqori sinflarda ≪Yoshlar ittifoqi yetakchisi≫ yordamiga tayanadi. Sinf jamoasini jipslashtirish yo‘llari: 1. Jamoatchilik topshirig'i berish. 2. Sinf faollarini to'g'ri tanlash. 3. O'quvchilami istiqbolga chorlash. 4. Sinfda ijobiy an’analami qaror toptirish. 5. O'quvchilarga yagona talablar qo'yish. Jamoatchilik topshirig'i. Jamoa bo'lib ishlash, amaliy fao-liyat ko'rsatish sinf jamoasini jipslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu faoliyat sinf jamoasi hayotini mazmundor va qiziqarli qiladi. Sinfdagi barcha o'quvchilarga, hatto qoloq, inti-zomi bo'sh o'quvchilarga ham jamoat topshirig'i berish kerak.Bu bolalami mehnatsevarlik, tejamkorlik va tartib-intizomga o'igatadi. Sinfdagi faollami aniqlash. Sinf rahbari dastlabki kunlarda-noq o'quvchilami jamoat topshiriqlari orqali kuzatib boradi. Ular ichidan faol bolalami tanlab oladi. Shunday ongli, tashabbuskor, tashkilotchi, a’lochi o'quvchilardan sinf faollarini saylaydi. Jamoat ishini faqat faollar zimmasiga emas, balki barcha o'quvchilar orasida taqsimlash maqsadga muvofiqdir. O'quvchilami istiqbolga chorlash. Istiqbol - bu yorqin, qiziqarli va quvonchli voqealar manzilidir. Sinfda yorqin va jozibador istiqbollaming bo'lmasligi, bu jamoada bir xillik va zerikarli holat- lami keltirib chiqaradi. 3.O‘quvchilar jamoasining shakllanish bosqichlari. Jamoaning vujudga kelish uchun to’rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab o’qituvchi butun guruhga talab qo’yadi hamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni qo’yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. So’nggi (to’rtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi o’z oldiga mustaqil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo’yish layoqatiga ega bo’ladi. Ushbu jarayon mohiyatini qo’yidagicha bayon etish mumkin: Download 23.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling