Jamoat axborot ta’lim tarmog‘larining huquqiy asosi Jamoat axborot ta’lim tarmog‘larining tarkibi Qonunning sharhlari


Download 40.16 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi40.16 Kb.
#1383855
1   2   3
Bog'liq
E hukumat

Oldingi tahrirga qarang.
“ZiyoNET” tarmog‘i resurs markazining faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash, shuningdek, uning texnologik maydonchasini yaratish va rivojlantirishni, axborot resurslari shakllantirilishini moliyalashtirish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“ZiyoNET” tarmog‘ining Resurs markazi va uning bo‘limlari Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va ko‘llab-quvvatlash yagona integratori markazi, shuningdek Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tashkilotlari hamda korxonalari shtatidagi xodimlar hisobiga mutaxassislar bilan ta’minlanadi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3415-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 07/17/3415/0345-son)
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov) va Xalq ta’limi vazirligi (T. Jo‘rayev), O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Aripov) bilan kelishilgan holda “ZiyoNET” tarmog‘i Resurs markazi bo‘limlarini joylashtirish, foydalanayotgan xonalar hamda ko‘rsatilayotgan texnik, kommunal va boshqa xizmatlar uchun haq undirmasdan ularni zarur tashkiliy-texnika, anjomlar, aloqa vositalari bilan jihozlashni ta’minlasinlar.
9. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasiga (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga (M. Xazratqulov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov) bilan birgalikda “ZiyoNET” axborot tarmog‘i faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A. Aripov va R. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari

  1. Lex.uz – O’zbekiston qonun hujjatlari ma’lumotlari ba’zasi.

  2. my.gov.uz – yagona interaktiv davlat xizmatlari portal.

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Jamoat Ta’lim Axborot Tarmog‘Ini Tashkil Etish To‘G‘Risida” gi qarori

  4. Google.co.uz

Download 40.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling