Jamoat axborot ta’lim tarmog‘larining huquqiy asosi Jamoat axborot ta’lim tarmog‘larining tarkibi Qonunning sharhlari


Download 40.16 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi40.16 Kb.
#1383855
  1   2   3
Bog'liq
E hukumat


Mavzu:Jamoat axborot ta’lim tarmog‘lari


Reja:

  1. Jamoat axborot ta’lim tarmog‘larining huquqiy asosi

  2. Jamoat axborot ta’lim tarmog‘larining tarkibi

  3. Qonunning sharhlari

  4. Qonunning tahrirlari

  5. Foydalanilgan adabiyotlar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JAMOAT TA’LIM AXBOROT TARMOG‘INI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston vazirliklari va idoralari, jamoat birlashmalari tomonidan ta’lim va yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xizmatlarini rivojlantirish borasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda.
LexUZ sharhi
muqaddimaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Rus tili matnga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan Milliy axborot-izlash tizimini yaratish, ijtimoiy-madaniy yo‘nalishdagi axborot resurslarini shakllantirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
(preambulaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan mamlakatning barcha oliy ta’lim muassasalarini yagona axborot tizimiga birlashtirgan korporativ kompyuter tarmog‘i tashkil etilib, rivojlantirilmoqda.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarida o‘quv kompyuter sinflarini tashkil qilish Dasturi amalga oshirilmoqda.
Keyingi uch yil ichida umumta’lim maktablaridagi shaxsiy kompyuterlar soni 1,11 baravar ko‘payib, 59,4 mingtaga yetdi, kollejlar va litseylarda ularning soni deyarli ikki baravar oshdi. Ta’lim muassasalarini ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘iga, shu jumladan Internetga ulash ishlari amalga oshirilmoqda.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan respublikada Internet tarmog‘iga jamoa bo‘lib ulanish punktlarini tashkil etish dasturi amalga oshirilmoqda. Mamlakatda internet-kafelar soni keyingi uch yil mobaynida 20 baravardan ortiqroq ko‘paydi va 493 taga yetdi.
Shu bilan birga respublikada ta’lim va yoshlar yo‘nalishidagi axborot resurslarini tizimga soluvchi yagona axborot tarmog‘i mavjud emas.
Milliy ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ta’lim va madaniy-ma’rifiy axborot resurslarining yetarlicha boyitilmaganligi, ularning ishlashini ta’minlashda tizimlilikning yo‘qligi yoshlar o‘rtasida xorijiy axborot internet-saytlari tarqalishiga imkoniyat yaratmoqda.
Mana shularning hammasi milliy telekommunikatsiya tizimida o‘quv-ta’lim, ilmiy, yoshlar hamda bolalar muassasalari va tashkilotlari uchun mo‘ljallangan axborot materiallarini birlashtiruvchi yagona axborot-resurs maydonchaga ega bo‘lgan jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini shakllantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Mamlakat maktablari, litseylari, kollejlari o‘quvchilarining, oliy ta’lim muassasalari talabalarining axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, Internet tarmog‘ining milliy segmentida ta’lim va bilim beradigan axborot resurslarini rivojlantirish maqsadida:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklarining hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining respublikadagi turli tuzilmalar tomonidan ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida tashkil etilayotgan ta’lim va yoshlarga mo‘ljallangan axborot resurslarini yagona “ZiyoNET” axborot tarmog‘iga birlashtirish va tizimlashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar “ZiyoNET” tarmog‘ining asosiy vazifalari etib belgilansin:
yoshlar uchun: ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirishga; o‘sib kelayotgan yosh avlodning Vatanga muhabbat tuyg‘usini, O‘zbekistonning boy tarixi, xalqning milliy an’analari va ma’naviy qadriyatlarini bilishga asoslangan yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini mustahkamlashga; faol hayotiy mavqega ega bo‘lgan barkamol shaxsiy voyaga yetkazishga qaratilgan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish;
O‘zbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, yoshlarning ma’naviy, aqliy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashadigan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tahliliy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ta’lim hamda boshqa axborotdan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlash;
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, har xil sport turlarini ommalashtirish;
respublika o‘quvchilari va yoshlari uchun masofaviy ta’lim usullarini, boshqa axborot-kommunikatsiya xizmatlarining keng kompleksini ta’lim tizimiga joriy etishda ko‘maklashish.

Download 40.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling