Jamoat axborot ta’lim tarmog‘larining huquqiy asosi Jamoat axborot ta’lim tarmog‘larining tarkibi Qonunning sharhlari
Download 40.16 Kb.
|
E hukumat
Oldingi tahrirga qarang.
3. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (A. Aripov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov) va Xalq ta’limi vazirligi (T. Jo‘rayev): (3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda) bir oy muddatda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Kompyuter hamda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish “O‘zinfokom” markazi tarkibida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi bo‘limlari bilan ilovaga* muvofiq “ZiyoNET” tarmog‘ining Resurs markazini tashkil etsinlar; * Ilova rus tilidagi matnda berilgan. shu yilning oxirigacha “ZiyoNET” tarmog‘ining Resurs markazini tegishli ixtisosdagi yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlasinlar; “ZiyoNET” tarmog‘ini shakllantirish va rivojlantirishni, shuningdek, Resurs markazi va bo‘limlarining tarmoq axborot resurslarini muntazam suratda jamlash va yangilash borasida samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasinlar. Oldingi tahrirga qarang. Belgilansinki, “ZiyoNET”ning kommunikatsiya tarmog‘ini hamda texnik bazasini rivojlantirish uchun javobgarlik Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi zimmasiga, “ZiyoNET” tarmog‘i axborot resurslarining mazmunini shakllantirish uchun javobgarlik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklari zimmalariga yuklanadi. (3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda) LexUZ sharhi 3-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Rus tili matnga qarang. 4. Quyidagilar belgilansin: mamlakat maktablari, akademik litseylari, kollejlari, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar hamda boshqa ilmiy-ta’lim va madaniy-ma’rifiy muassasalarini xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan Internet tarmog‘iga ulash faqat “ZiyoNET” tarmog‘i orqali amalga oshiriladi; Oldingi tahrirga qarang. “ZiyoNET” tarmog‘i axborot resurslarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi; (4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son) Oldingi tahrirga qarang. “ZiyoNET” tarmog‘idan foydalanuvchilarning xalqaro axborot tarmoqlari, shu jumladan Internet tarmog‘ining axborot resurslariga kirishi ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi tomonidan belgilanadigan reyting ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi; (4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son) LexUZ sharhi 4-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Rus tili matnga qarang. shaxsiy domen nomlarni ro‘yxatga olish, axborot resurslarini “ZiyoNET” tarmog‘i Resurs markazining texnologik maydonchasida joylashtirish, saqlash va qo‘llab-quvvatlash, elektron pochta xizmatlari maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar hamda boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalardagi foydalanuvchilarga bepul ko‘rsatiladi. 5. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Aripov): uch hafta muddatda Milliy axborot-izlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish Dasturini hisobga olgan holda, agressiv internet-kontentdan muhofaza qilish vositalarini o‘z ichiga olgan zarur dasturiy ta’minot bilan “ZiyoNET” tarmog‘i Resurs markazining yagona texnologik maydonchasini yaratish chora-tadbirlarining kompleks rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; bir oy muddatda “ZiyoNET” tarmog‘ining Resurs markazi to‘g‘risidagi nizomni, axborot resurslarini tasniflash Milliy reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni, jamoa va yakka tartibda foydalanuvchilarni “ZiyoNET” tarmog‘iga ulash bo‘yicha operatorlar hamda provaydyerlarga nisbatan texnik talablar va shartlarni, shuningdek, balog‘atga yetmagan farzandlari bo‘lgan yakka tartibdagi foydalanuvchilarni tarmoqqa ulashning imtiyozli paketini joriy etish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; ikki oy muddatda ilmiy-ta’lim va madaniy-ma’rifiy muassasalarga Internet xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning litsenziya bitimlariga xalqaro axborot tarmoqlari, shu jumladan Internet tarmog‘iga faqat “ZiyoNET” tarmog‘i orqali chiqish tashkil etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha shartlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin. 6. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Aripov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov), Xalq ta’limi vazirligi (T. Jo‘rayev), Madaniyat va sport ishlari vazirligi (A. Azizxo‘jayev), “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati (B. Ubaydullayev), boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: “ZiyoNET” tarmog‘ining o‘zbek va rus tillarida yoshlarga mo‘ljallangan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ta’lim, madaniy-ma’rifiy va ma’lumot-tahliliy materiallardan iborat axborot resurslarini yaratish, rivojlantirish va jamlash dasturini; mamlakat maktablari, akademik litseylari, kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar va boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalarni “ZiyoNET” tarmog‘iga ulash reja-jadvalini; axborot resurslarini yaratish, ekspertizadan o‘tkazish va “ZiyoNET” tarmog‘ining texnologik maydonchasida joylashtirish tartibini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar. 7. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: Download 40.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling