Jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish texnologiyalari
Download 10.75 Kb.
|
TAQRIZ 1
Musurmonqulov Oybek Uralovichning “Jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish texnologiyalari” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferatiga TAQRIZ Jamoat tashkilotlarining ijtimoiy pedagogik hamkorligi har bir o‘zbekistonlikni ijtimoiy faollikka, islohotlarga daxldorlikka, hayotdan rozi bo‘lib, baxtli yashash uchun ilm-fan yutuqlarini, kasb-hunar sirlarini egallashga, tadbirkorlikka chorlaydi. Taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsadlarini amalga oshirishga ma’naviy kuch-qudrat beradi, tarbiya orqali fuqarolarning birlashuvini, faolligini, Vatanga sadoqatini, mas’uliyat va madaniyatini oshiradi va ularni ulug‘ maqsadlarga safarbar qiladi. Jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish zamon talablaridan kelib chiqib yondashish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchi Musurmonqulov Oybek Uralovichning Jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish texnologiyalari mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy tadqiqot ishlari rejasi va A-OT-2021-64 raqamli «Oilalarga sifatli va tezkor ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun mobil ilova yaratish» muammosi nomli loyiha doirasida bajarilgan. Dissertatsiya ishining maqsad, vazifalari hamda joriy qilingan yangiliklari, ishning o’rganilganlik darajalari va tajriba-sinov ishlari aniq va batafsil yoritilgan. Dissertatsiyadagi olingan natija, ularning tahlili tushunarli, ravon tilda yozilganligi, chiqarilgan xulosalar va takliflar ishonarliligi, ilmiy asoslanganligi hamda tadqiqotchi o’z oldiga qo’ygan barcha ilmiy muammolarni to’la holda bajarilganligini alohida ta’kidlash lozim. Musurmonqulov Oybek Uralovichning “Jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish texnologiyalari” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi huzuridagi OAK ning Nizom talablariga to’la mos keladi. Dissertantni pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq deb hisoblayman. Download 10.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling