Professional ta’lim tizimida malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish xamda innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlari. Rasulova Tabassumxon Dilshod qizi


Download 15.52 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi15.52 Kb.
#1706118
Bog'liq
Rasulova T 1-21 Xojiqurbonov Q


Professional ta’lim tizimida malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish xamda innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlari.
Rasulova Tabassumxon Dilshod qizi - Farg’ona soliq texnikumi 1-21 guruh
o’quvchisi
Ilmiy raxbar: Hojiqurbonov Qobiljon- Farg’ona soliq texnikumi
o‘qituvchisi

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, taʼlim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda taʼlim tizimini isloh qilish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.


Shu bilan birga, professional taʼlim dasturlari YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uygʻunlashmaganligi, oʻquv jarayoniga Oʻzbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi toʻlaqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib oʻrin egallashlariga toʻsqinlik qilmoqda.
Kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam boʻlmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshirildi.
Oʻrta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-kursdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻldi.
Amaliyotga joriy etiladigan innovatsiyalar jamiyat tomonidan e'tirof etilishi oqibat natijada vujudga keladi. Bu xususda quyidagi global tendentsiyalarni alohida ko'rsatib o’tamiz:
1.Ta'lim tizimini demokratlashtirish, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida uzluksizlik va uzviylikni ta'minlash, ta'lim muassasalari mustaqilligini mustahkamlash.
2.Aholining barcha qatlamlari uchun ta'lim olishga teng imkoniyatlar yaratish. 3.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ta'lim oldiga yangi vazifalar qo'yishi. Kasb
o'rganish uchun ta'lim olish bilan birga kelajakda ishlash uchun emas, balki o'z shaxsiy ehtiyoji uchun ta'lim olishning rivojlanib borishi va boshqalar.
Ularni amalga oshirishda innovatsion ta'limning quyidagi rivojlanish prinsiplari asosida ish olib borilishi lozim deb o’ylayman.
• Ta'lim va amaliyotning o'zaro uzviy bog'liqligini ta'minlash, kadrlarni amaliyotda ishlashga tayyorlash;
• Ilm-fan yutuqlarini ta'limga keng joriy qilib borish:
• Ta'limning uzluksizligi va uzviyligini ta'minlash, hayot mobaynida uzluksiz ta'lim;
• Bitiruvchilarning korporativ hamkorligini ta'minlash, ta'lim muassasalari an'analarini shakllantirish va rivojlantirib borish;
• Ta'lim va tarbiyani qo'shib olib borish, yuksak ahloqiy fazilatlarni tarbiyalash;
• Yuksak ma'naviy fazilatlarga ega bo'lgan intelligentsiyani tarbiyalash. Innovatsiyalarni ta'lim jarayonlariga tatbiq etishning istiqbollari:
• Ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan ta'lim jarayonida samarali
foydalanish, masofaviy ta'limni joriy etish.
• Ta'lim muassasalarining mintaqaviy va xalqaro miqyosda integratsiyalashuvi, ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning rivojlanib borishi;
• Ta'lim muassasalarini moliyalashtirish manbalarining ko'payib borishi, byudjetdan tashqari moliyalashtirish;
• Ta'lim sifatini boshqarishga xalqaro standartlar talablarini joriy etishni tashkil etadi.
Uzoqni ko'zlagan har qanday rejaning asosini sifatli ta'lim tashkil etadi. Ko'hna Xitoy mutafakkiri Konfutsiy: "Agar rejangiz bir yillik bo'lsa, sholi eking, o'n yillik bo'lsa, daraxt eking, yuz yillik bo'lsa - bolalaringizga ta'lim bering", deya bejiz ta'kidlamagan. Kelajakda kutilgan "hosil"ni yig'ish uchun O'zbekistonimizda hozirdan keng imkoniyatlar yaratilyapti, yoshlarni ilm-u ma'rifatga rag'batlantirish, ilm egalarini qadrlashga qaratilgan tizim shakllantirilyapti.
O'z navbatida, yoshlar ham shaxsiy rivojlanishi uchun motivatsiya manbalarini o'zlari topa bilishi kerak - u kitob yoki kinoasar, sport va sayohat bo'lsin. Imkoniyat yaratilsa o'qiyman, deydigan emas, har qanday vaziyatda ham bilim olish va rivojlanishga harakat qilaman deydigan yigit-qizlarimiz safi kengayishi uchun butun bir boshli millat mas'ul bo'lishi lozim.
Professional standart — ish beruvchining har bir ish o'rni yoki unga da'vogar bajaradigan mehnat vazifalari tafsiloti, tajriba, kasbiy mahorati tavsifi, tasnifi (mehnat faoliyati natijasida etishtirayotgan, ishlab chiqarayotgan mahsulot hamda ko'rsatayotgan xizmatlarining sifati) belgilangan me'yoriy hujjat. U o'zida xodimning bilim, ko'nikma va imkoniyatlarini aks ettiradi.
Yana bir muhim jihati shundaki, professional ta'lim standartida xodimning malaka darajasi aniq belgilangan bo'ladi. eng asosiysi, ana shu malaka darajasi xodimning o'sishi va keyingi ixtisoslashuv darajasi yuksalishiga pillapoya bo'lib xizmat qiladi.
Rivojlangan davlatlar, jahonga mashhur gigant kompaniyalarda bu juda kuchli motivatsiya, to'g'ri yo'naltiruvchi va rag'bat beruvchi omil hisoblanadi. Chunki bunda xodimning nufuzi bosqichma-bosqich yuqorilab borishi uchun zarur tizim va moliyaviy rag'batlar ko'zda tutilgan. Bu tizim, o'z navbatida, xodimning raqobatga doim tayyor turishini, malakasini oshirib borishini va kelajakda muvaffaqiyatga erishishini kafolatlaydi. Masalan, elektr ustasi kasbining bir nechta malaka darajasi mavjud. Lekin shu paytgacha ularning barchasiga bir xil hujjat berilgan, unda bugungi mehnat bozori talablari shakllantirilmagan va baholanmagan. Bu esa shu diplomga ega shaxsning chet elda o'ziga mos ish topishiga imkon bermagan. Chunki uning malaka darajasini tartibga soladigan tizim mavjud emas edi.
Bugun professional ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning istiqboli, samara va natijasi ish beruvchi va ta'lim muassasasining o'zaro hamkorligiga, ishlab chiqarish va o'quv jarayonining uzviyligi, milliy malaka tizimining muvaffaqiyatli joriy etilishi, mukammal professional standart va sifatli ta'limga bog'liq. Bu tizimning muvaffaqiyatli joriy etilishi yaqin istiqboldagi taraqqiyotimiz jadallashuvini ham belgilaydi.
Download 15.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling