Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab o’ting


Download 34.35 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi34.35 Kb.
#1600941
Bog'liq
DXN Ismoiljon


4-kazus
Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 maygacha davom etadigan ,,Toza havo’’ oyligi doirasida barcha vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar, Qoraqalpog’iston Vazirlar Kengashi, shuningdek, shahar va viloyatlar hokimliklarini barcha xodimlarini chaqirdi. 10-may, har juma kuni ,,Avtomobilsiz kun’’ o’tkazilishini e’lon qilindi.
,,Uhsbu aksiyadan ko’zlangan maqsad transport vositalarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish, shuningdek, sog’lom turmush tarsi uchun velosipeddan foydalanishdan iborat’’,­­­ - deyiladi xabarda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi 28-aprel kuni ,,Avtomobilsiz kun’’ o’tkazilishi haqida xabar bergan edi. Shaxsiy avtomobillarda sayohat qilishni qisqartirish, jamoat transporti, velosiped va piyoda yurish afzalliklarini aholi o’rtasida targ’ib qilishga qaratilgan ko’p tadbirlar e’lon qilindi.
Savollar:

  1. Bir oy muddatga chaqiriq e’lon qilishga vazirlikning shu kabi vakolatlari qaysi huquqiy hujjatda mavjudligini mamlakat qonunchiligidan aniqlashga harakat qiling.

  2. Vazirlik xabari yuridik faktmi? Ha bo’lsa, unda bu faktni nazariy jihatlariga ko’ra tasniflashga harakat qiling.

  3. Buni huquqning tartibga solish funksiyasi deb hisoblash mumkinmi? Ushbu holatdan foydalanib, huquqning funksiyalari haqida qisqacha fikr yuriting.

  4. Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab o’ting.

Javob

  1. Bir oy muddatga chaqiriq e’lon qilishga vazirlikning shu kabi vakolatlari qaysi huquqiy hujjatda mavjudligini mamlakat qonunchiligidan aniqlashga harakat qiling.

Ushbu kazusimizga javob berar ekanmiz avvalo bu ,,Avtomobilsiz kun’’ tadbiri o’tkazilishi butun dunyo miqyosida 1995 yildan buyon amalga oshirib kelinishini ta’kidlab o’tamiz1 Ushbu tadbirlarni o’tkazishdan avvalo bir necha maqsadlar bor. Birinchi o’rinda O’zbekiston aholisi, ya’ni yoshlar, qariyalar va aholizmining barcha qatlamlari orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish. Ikkinchidan atrof-muhit barqarorligini saqlash, tabiatga zaharli gazlar, moddalar chiqishini imkon qadar kamaytirishdir. Shunday ekan bunday tadbirlar avvalo insonlar sog’ligi va atrof muhitni saqlash maqsadida o’tkazilayotganligini inobatga olishimiz darkor.


Kazusning birinchi savoliga to’xtaladigan bo’lsam, avvalo Tabiiy resurslar vazirligi Vazirlar mahkamasi tarkibiga kiradi va shu o’rinda Vazirlar mahkamasinining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bevosita amalga oshirishga ko’maklashadi va ushbu vazirlik zimmasiga ham o’zining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bir necha vazifalar yuklatilgan. ,,Vazirlar mahkamasi to’g’risidagi’’ qonunning 14-moddasiga binoan2:
Vazirlar mahkamasi:
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo’lgan huquqlarini amalga oshirish, ekologik osoyishtalikni ta’minlash choralarini ko’radi;
Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda tabiatdan foydalanishni tartibga solish bo’yicha faoliyatni tashkil etadi;
-Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o’tkazish hamda respublika va xalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni ro’yobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Yuqorida keltirilgan moddamizdan ko’rinib turibdiki Vazirlar mahkamasi atrof-muhitni asrash yo’nalishida davlat siyosatini olib boradi va aholiga sof, toza muhitda yashash imkoniyatlarini yaratib beradi.
Endilikda bevosita Tabiiy resurslar vazirligining ushbu chaqiriqni amalga oshirish yuzasidan vakolatlarini O’zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlariga tayangan holda sharhlab berishga harakat qilamiz. O’zbekiston Respublikasi ,,Atmosfera havosini muhofaza qilish’’ to’g’risida qonuniga ko’ra3:
O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi:
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlaydi;
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Yuqorida keltirgan ma’lumotlarimizdan ko’rinib turibdiki Tabiat resurslari vazirligi butun mamlakat bo’yicha yagona atrof-muhitni muhofaza qilish siyosatini amalga oshiradi va fuqarolarga toza atrof-muhitda yashashni ta’minlab beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, vazirlikning ushbu bir oylik muddat davomida ,,Toza havo’’ oyligi tadbirini o’tkazishi normativ-huquqiy hujjatlarda keltirilgan vakolatlar doirasida amalga oshirilgin hamda birinchi navbatda ushbu tadbirdan maqsad aholi sog’lig’ini himoya qilish va ular uchun toza bo’lgan atrof-muhitni yaratib berishdir.

  1. Vazirlik xabari yuridik faktmi? Ha bo’lsa, unda bu faktni nazariy jihatlariga ko’ra tasniflashga harakat qiling.

Avvalo ushbu savolga javob berishdan avval yuridik fakt nima ekanligiga qisqacha to’xtalib o’tamiz. SH.A.Saydullayevning fikriga ko’ra yuridik fakt-bu huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi holatlardir.4 Yana qo’shimcha tarzda Odilqoriyev X.T ning firklarini ham keltirib o’tamiz: Yuridik fakt-huquqiy normalar asosida huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi va barham toptiruvchi hayotiy hodisalardir.5 Ustozimiz Z.M.Islomovning fikriga ko’ra: Yuridik faktlar-muayyan hayotiy shart-sharoitlar bo’lib, huquq normalari ularni huquqiy munosabatlarning paydo bo’lishi, o’zgarib turishi va barham topishi bilan bog’laydi.6 Mana ushbu olimlarimizning ham fikrlarini keltirib o’tdik, demak yuridik fakt bo’lishligi uchun ma’lum bir huquqiy munosabatni vujudga keltirishi, o’zgartirishi va bekor qilishi kerak bo’ladi. Shuningdek huquqiy munosabatlarning mavjudligi ham aynan shu yuridik fakt bilan bog’liq hisoblanadi. Ammo har qanday voqea-hodisa yuz bersa bu yuridik fakt hisoblanavermaydi. Chunki yuridik fakt deb e’tirof etish bu ko’proq davlatning hohish irodasiga bog’liq va yuridik fakt huquq normalarida nazarda tutilishi kerak. Shu o’rinda yana bir ma’lumotni keltirib o’tamiz yuridik faktlar ikki guruhga – hodisa va harakatlarga bo’linadi. Huquq subyektlarining hohish irodasiga bog’liq bo’lmagan vaziyatlar hodisa deb ataladi. Bularga misol tariqasida turli xil yog’ingarchiliklar, zilzila va h.k. harakatlar esa kishilar xohish irodasiga bog’liq bo’lgan, ularning o’zi sodir qiladigan faktlardir. Misol tariqasida ishga kirish, nigohni ro’yhatdan o’tkazish va h.k.


Ushbu yuqorida keltirilgan kazusimizda esa Tabiat resurslari vazirligining ushbu tadbirni o’tkazish uchun bergan xabarining o’zi yuridik fakt hisoblanadi. Buni izohlash uchun birinchi navbatda misollar keltirib o’tishni lozim topdik. Misollar: fuqaroning oliy o’quv yurtiga kirib o’qish huquqini amalga oshirish holatini olaylik, bunda fuqaroga oliy o’quv yurtiga kirish yoshiga yetkanligi, muomala layoqatiga egaligidan tashqari aynan shu munosabatlarni vujudga keltiradigan yuridik fakt zarur hisoblanadi. Bunda aynan shu holatni vujudga keltiradigan yuridik fakt bu – o’quvchining davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishi, buyruq bilan o’qishga qabul qilinishi hisoblanadi. Yana bir misol keltiramiz ishchi ishga topshirish davomida shu ishga layoqatli bo’lishligi, oliy ma’lumotga ega bo’lishi yoki boshqa holatlar muhim hisoblanadi, ammo aynan shu munosabatlarni vujudga keltiradigan holat bu yuridik fakt, ya’ni ishchi va korxona egasi o’rtasidagi huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi holat bu yuridik fakt hisoblanadi. Bundan ko’rinadiki, Tabiat resurslari vazirligi ushbu tadbirni o’tkazish uchun tegishli idoralar bilan hamkorlikni amalga oshirishi darkor va ushbu hamkorlikni amalga oshirish uchun, ya’ni Tabiat resurslari vazirligi va tegishli tashkilotlar o’rtasidagi huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi holat bu yuridik fakt hisoblanadi. yuridik fakt esa Vazirlikning tegishli chaqiriq bilan xabar berishidir.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Tabiat resurslarining ushbu xabari yuridik fakt hisoblanadi. Tabiat resurslari vazirligining xabariga binoan tashkilot, muassasa, Qoraqalpog’iston Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tuman hokimliklarining hizmatchilari chaqirishi bu huquqiy munosabat aynan shu huquqiy munosabatni vujudga keltirayotgan holat esa bu Vazirlikning xabarnomasi hisoblanadi. Ushbu holatni nazariy va amaliy jihatdan izohlashga harakat qildik.

  1. Buni huquqning tartibga solish funksiyasi deb hisoblash mumkinmi? Ushbu holatdan foydalanib, huquqning funksiyalari haqida qisqacha fikr yuriting.

Bevosita uchinchi savolimizga to’xtalar ekanmiz, birinchi navbatda biz huquqning tartibga solish funksiyasi nima ekanligiga qisqacha izoh berib o’tib ketamiz. Huquqning tartibga solish funksiyasi - bu shunday huquqiy ta’sir qilish yo’nalishi bo’lib, unda jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlariga mos keladigan ijtimoiy munosabatlar amalda bo’lishi ta’minlanadi va rivojlantiriladi.7 Ushbu nazariyamizdan shuni anglashimiz mumkin Tabiat resurslari vazirligi jamiyat ehtiyoji uchun zarur bo’lgan, ya’ni atrof-muhitni asrash va uni muhofaza qilish, shartni amalda bo’lisini ta’minlamoqda va rivojlantirishga harakat qilmoqda. Shu o’rinda davlat funksiyalarini ham shu o’rinda keltirib o’tamiz. Davlat funksiyalari 2 ga bo’linadi: ichki funksiyalar va tashqi funksiyalar. Davlat ichki funksiyasining asosiy maqsadi bu fuqarolarning munosib turmush tarzi kechirishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishdir. O’z navbatida fuqarolarda ham toza atrof-muhitga ega bo’lish degan konstitutsiyaviy huquqlari bor. Amaldagi Konstitutsiyaning 49-moddasi 1 qismiga binoan: ,,Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to’g’risidagi ishonchli axborotga ega bo’lish huquqiga ega”8 Aynan shu munosib turmush tarzi kechirish jarayonlariga ularga sof tabiiy atrof-muhini, ya’ni fuqarolar erkin nafas ola oladigan, ularni erkin yashashlariga va erkin nafas olishlariga to’sqinlik qiladigan har qanday holatlarga barham berish vazifalari ham kiradi. Davlat ushbu funksiyalarni amalga oshirish mobaynida tegishli funksiyalarini o’z mexanizmi doirasida vakolatli organlar, tashkilotlar orasida taqsimlaydi. Aynan shu ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish mexanizmi, ya’ni atrof-muhit himoyasi va uning yomonlashish holatlariga qarshi chora-tadbirlar ko’rish vakolati (o’z o’rnida huquqlari) Vazirlar mahkamasi zimmasiga, yanada aniqlashtirib aytadigan bo’lsak aynan shu atrof-muhit holatlariga javob beradigan Tabiat resurslari vazirligiga yuklatilgan. Aynan yuqorida keltirilgan holatimizni inobatga olsak bunda Tabiat resurslari vazirligi o’z huquqlaridan foydalangan holda atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasida o’z huquqlarini amalga oshirgan holda ma’lum bir ijtimoiy munosabatni tartibga solmoqda va shu yo’l bilan ijtimoiy munosabatni rivojlantirishga harakat qilmoqda.


Savolimizning birinchi qismiga xulosa beradigan bo’lsak, Tabiat resurslari vazirligi ushbu harakatlari orqali huquqni tartibga solish va umumijtimoiy funksiyalarni amalga oshirmoqda va jamiyatda toza atrof-muhitni barpo etishga o’z hissasini qo’shmoqda.
Savolimizning ikkinchi qismiga, ya’ni huquqning funksiyalari haqida qisqacha fikr yuritamiz. Avvalo huquq funksiyalari nima ekanligiga to’xtalib o’tamiz. Odil Qoriyevning ta’kidlashicha huquq funksiyalari – ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta’sir etishning asosiy yo’nalishlari bo’lib, ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan belgilanadi.9 Bu o’rinda e’tiborga oladigan holat bu ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda yuridik ta’sir etish holatlaridan foydalanish asosiy o’rin egallaydi. Ijtimoiy munosabat tushunchasiga ham ta’rif berib o’tib ketamiz. Ijtimoiy munosabat – bu jamiyatda kishilar o’rtasida yuzaga keladigan ongli, maqsadga yo’naltirilgan aloqalar tushuniladi.10 Demak ijtimoiy munosabat bo’lishligi uchun u avvalo kishilar o’rtasida yuzaga kelishi kerak va albatta ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Yuqoridagi kazusimizdagi holatda ham ijtimoiy munosabat paydo bo’lmoqda, ya’ni tabiat resurslari vazirligining tegishli mutasaddilari va boshqa vazirlik, tashkilot va hokimlar bilan ijtimoiy munosabat paydo bo’lmoqda va bu ijtimoiy munosabat ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan. Ushbu maqsad esa fuqarolar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurashish. Aynan shu yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatni tartibga solib uni amalga oshirayotgan funksiya bu Tabiat resurslarining shu sohada bo’lgan huquqlaridir. Ya’ni vazirlik ushbu harakatlari orqali huquqni tartibga solish funksiyasini namoyon qilmoqda.
Endilikda huquqni tartibga solish funksiyasini ham 2 qismga ajratib olamiz. Birinchisi statik tartibga solish, ikkinchisi dinamik tartibga solishdir. Statik tartibga solish – ijtimoiy munosabatlarni muayyan huquqiy institutda mustahkamlash yo’li bilan ta’sir o’tkazish. Dinamik tartibga solish esa – huquqning ijtimoiy munosbatlar harakatini, ya’ni dinamikasini rasmiylashtirish yo’li bilan ularga ta’sir o’tkazishdir.11 Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarimizni tahlil qiladigan bo’lsak ularning ikkisi ham huquqni tartibga solish funksiyasi hisoblanadi, ammo ikkisi bir-biridan qat’iy farq qiladi. Misol uchun statik tartibga solish funksiyasi vakolat beruvchi va man etuvchi normalar asosida amalga oshiriladi, dinamik tartibga solish funksiyasi majburiyat yuklovchi normalar asosida amalga oshiriladi. Bundan anglashimiz mumkin ikki holat ham huquqni tartibga solidi, ammo birinchisi vakolat berib, ikkinchisi majburiyat yuklash orqali amalga oshiriladi.
Endilikda huquq funksiyalaridan yana biri qo’riqlash funksiyasiga to’xtalib o’tamiz. Ushbu funksiya muhofaza funksiyasi deb ham ataladi. Z.M. Islomovning fikricha – huquqning muhofaza funksiyasi bu umumahamiyatga molik eng iqtisodiy, siyosiy, milliy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni, ularning daxlsizligini muhofaza qilish, shuningdek, mazkur jamiyatga yod bo’lgan munosabatlarni siqib chiqarishni maqsad qilib olgan huquqning ijtimoiy vazifasi bilan bog’liq huquqiy ta’sir yo’nalishidir.12 Demak ko’rinib turibdiki huquqning qo’riqlash funksiyasi juda ham e’tiborga molik holat hisoblanadi. Chunki yuqorida keltirib o’tdik huquq yaratilishidan oldin u qanday munosabatlarni tartibga solidi, yana huquq bu munosabatlarni tartibga solish bilan birgalikda uni qo’riqlay oladi hammi degan o’rinli savollar juda ham muhim hisoblanadi. Shu o’rinda aytib o’tishimiz darkor yot g’oyalardan himoya qilish huquqni qo’riqlash funksiyasining asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi.
Yuqorida biz keltirgan funksiyalar huquqning maxsus yuridik turiga kiradi. Ya’ni maxsus yuridik turda tartibga solish funksiyasi va qo’riqlash funksiyasi mujassamlashgan. Endilikda huquqning umumijtimoiy turini tasniflaymiz. Umumijtimoiy funksiya – jamiyat hayotining turli hil yo’nalishlarida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir o’tkazadi.13 Umuijtimoiy funksiyalar ham o’z navbatida bir qancha sohalarga ajraladi: ular iqtisodiy, siyosiy, tarbiyaviy va ekologik funksiyalardir. Bu holatlarni o’zaro bir-biri bilan qiyosiy tahlil qilar ekanmiz Tabiat resurslari vazirligining chaqirig’i huquqning umuijtimoiy funksiyalari qatoriga ham kira oladi. Negaki umumijtimoiy funksiyalar sirasiga ekologiya funksiyasi ham kiradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Tabiat resurslari vazirligining ushbu chaqirig’i bevosita huquq funksiyalarini amalga oshirish sirasiga kiradi. Buni yuqorida keltirib o’tilgan ma’lumotlarimiz bilan izohlashga harakat qildik va bevosita O’zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarida ham bu o’z aksini topganligini ham ko’rishimiz mumkin.

  1. Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab o’ting.

Jamoat transportidan foydalanish – bu hozirda bizni jamiyatda keng targ’ib qilinayotgan holatlardan biri hisoblanadi. Negaki hozirgi globallashgan va iqtisodiy kurashlar avj olgan davrda bu juda ham muhim hisoblanadi. Bilamiz dunyodagi barcha mamlakatlar o’z iqtisodiy qudratini namoyish qilish maqsadida ishlab chiqarish omillariga juda katta e’tibor qaratmoqda va kundan-kunga biz yashayotgan hududlarda zamonaviy korxonalar, avtotransport mashinalari soni ko’payib bormoqda. Lekin shuni ham inobatga olishimiz kerak bu qurilayotgan korxonalar va ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalari biz yashab nafas olayotgan atmosferaga juda katta zarar keltirmoqda. Olimlarning xabar berishicha azon qatlamining yemirilishi yil sayin ortib bormoqda. Shuning uchun hozirda barcha malakatlar birlashgan holda shu azon qatlami yemirilishi oldini olish ishlarini yo’lga qo’ymoqda. Bu uchun eng asosiy qilinadigan ishlardan biri bu atmosferaga zaharli moddalar chiqishini oldini olishdir. Buning uchun hozirda barcha mamlakatlar yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek 1995-yildan buyon ,,Avtomobilsiz kun’’ shiori ostida tadbirlar o’tkazib kelishmoqda. Bu tadbirlardan asosiy maqsad insonlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishdir. Endi o’z navbatida savolimizga yuzlanib jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini aniqlashga harakat qilamiz.
Birinchi o’rinda aytishimiz kerak bo’lgan afzallik bu – jamoat transporti barchani yaqinlashtiradi, jipslashtiradi, insonlar bir-biri bilan ko’p vaqt davomida aloqada bo’ladi, har qanday huquqiy yoki boshqa yangiliklarni o’zaro muhokama qilishadi va bir-biri baham ko’rishadi. Bularning barchasi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy ma’daniyatni rivojlanishiga oz bo’lsa hamo’z hissasini qo’shadi. Negaki hozirda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy ma’daniyatni rivojlantirish uchun asosiy e’tibor bu insonlar o’rtasida targ’ibot ishlarini olib boorish hisonlanadi. Ha o’z o’zidan insonlar qayerda ko’p bo’lsa va birgalikda aloqa qilish holatlari yaxshi rivojlansa usha joyda biz qo’llamoqchi bo’lgan tizim juda tezlik bilan tarqalishi mumkin. Jamoat transportidan foydalanish yana aholining barcha qatlamlarini birlashtiradi va jamiyatda yuz berishi mumkin bo’lgan ijtimoiy tengsizliklarni oldini oladi.
Mana hozirda bizni davlat ishsizlarni ijtimoiy jihatdan himoyalash, ularga ish topish uchun yordam berish va xatto ish topib berish uchun qanchadan qancha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqmoqda. Biz hozirda jamoat transportidan foydalanishni ko’paytirishga erisha olsak o’z o’zidan yuqoridagi muammoni ham hal qilgan bo’lamiz. Negaki qancha ko’p inson jamoat transportidan foydalansa, shuncha ko’p ish o’rni yaratilishiga zamin yaratilgan bo’ladi. Bu esa o’z o’rnida davlat mexanizmi ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi, davlat endilikda shu sohani rivojlantirish uchun sarflagan kuch, mablag’ va vaqtini endilikda jamiyat uchun muhim bo’lgan boshqa sohaga qaratadi.
Ushbu huquqiy afzalliklar qismiga xulosa beradigan bo’lsam, jamoat transportidan foydalanish qanday huquqiy afzalliklarga olib kelishini qisman yoritib berishga harakat qildim. Ammo meni shaxsiy fikrimga ko’ra jamoat transporti bevosita huquqiy afzalliklar keltiradigan holatlar biz o’ylagan darajada ko’p emas, ammo u bevosita huquqiy islohotlar, huquqni amalga oshirish, huquqni qo’llash jarayonlariga daxldordir. Chunki jamoat transportidan foydalanish davlatimiz oldida turgan global muammolarga barham berishda ko’maklashishi mumkin, misol uchun hozirda Toshkent shahrining havosi ifloslanish darajasi hali ham yuqori davlatimiz shu muammoni hal qilish maqsadida turli xil harakatlar, qonunlar ishlab chiqmoqda. Shu o’rinda biz o’zimiz fuqarolar birlashib hammamiz birgalikda jamot transportidan foydalanishga o’tadigan bo’lsak bu muammo birinchi o’rinda tezlik bilan hal bo’ladi, ikkinchi o’rinda esa iqtisodiy jihatdan foyda olishimiz mumkin.
Endilikda jamoat transportidan foydalanishning boshqa afzalliklari haqida ma’lumot keltiramiz. Jamoatb transportidan foydalanish birinchi o’rinda atmosferaga juda katta foydasi bor, chunki eng katta atmosferaga zarar chiqarish hozirda yengil avtomoshinalar orqali amalga oshirilmoqda. Ikkinchidan jamoat transportidan foydalanish juda arzon va xavfsiz hisoblanadi. agarda siz avtohalokatga uchragan taqdiringizda ham jarohat unchalik darajdada yuqori bo’lmaydi.


1 Aniq.uz yangiliklar rasmiy saytidan.24.04.2023 sanasidagi xabaridan.

2 ,,Vazirlar mahkamasi to’g’risidagi’’ qonunning 14-moddasi

3 ,,Atmosferani muhofaza qilish’’ to’g’risida O’zbekiston Respublikasining qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasidan olingan. http://lex.uz//docs/-55561

4 Davlat va huquq nazariyasi: darslik. – Toshkent: TDYU, 2021. – 248 bet.

5 Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Toshkent. ,,Adolat’’, n2021. – 544 bet.

6 Теория государства и права. Учебник для вузов. М., изд. НОРМА, 2001, 364 Бет.

7 Davlat va huquq nazariyasi: darslik. – Toshkent: TDYU. 2021. – 248 bet.

8 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 49-modda. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. http://lex.uz//docs/6445145

9 Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Toshkent. ,,Adolat’’, n2021. – 544 bet.

10 Davlat va huquq nazariyasi: darslik. – Toshkent: TDYU. 2021. – 248 bet. Ushbu ma’lumot 91 sahifadan olingan.

11 Davlat va huquq nazariyasi: darslik. – Toshkent: TDYU. 2021. – 248 bet. Ushbu ma’lumot 100 sahifadan olingan.

12 Теория государства права. / Под ред. В.К.Бабаева. М 1999, 259-бет.

13 Davlat va huquq nazariyasi: darslik. – Toshkent: TDYU. 2021. – 248 bet. Ushbu ma’lumot 101-betdan olingan.

Download 34.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling