Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi


Download 181.38 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi181.38 Kb.
#161933
Bog'liq
Slayd (1)

JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI

Fuqarolik jamiyatida jamoatchilik nazorati jamiyatning alohida fuqarolar timsolida hamda fuqarolik jamiyati institutlari vositasida davlat organlarining qonunlarni qabul qilish va o‘z qarorlarini amalga oshirish, shuningdek bu jarayonlar natijalarini baholash mexanizmi tushuniladi. Shu jihatdan jamoatchilik nazorati – bu fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari – jamoat va nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalarining davlat va mahalliy hokimiyati organlarini qonunlarga amal qilishga majbur etish, o‘z vazifasini bajarishida mas’uliyatni his etishi, o‘z majburiyatlarini sifatli bajarishi kabi faoliyatlari ustidan turli shakldagi tekshiruvlarni amalga oshirishidir. Bunday nazorat alohida fuqaro yoki jamiyatning qonuniy manfaatlarini davlat organlari oldida himoya qilishni nazarda tutadi.

  • Fuqarolik jamiyatida jamoatchilik nazorati jamiyatning alohida fuqarolar timsolida hamda fuqarolik jamiyati institutlari vositasida davlat organlarining qonunlarni qabul qilish va o‘z qarorlarini amalga oshirish, shuningdek bu jarayonlar natijalarini baholash mexanizmi tushuniladi. Shu jihatdan jamoatchilik nazorati – bu fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari – jamoat va nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalarining davlat va mahalliy hokimiyati organlarini qonunlarga amal qilishga majbur etish, o‘z vazifasini bajarishida mas’uliyatni his etishi, o‘z majburiyatlarini sifatli bajarishi kabi faoliyatlari ustidan turli shakldagi tekshiruvlarni amalga oshirishidir. Bunday nazorat alohida fuqaro yoki jamiyatning qonuniy manfaatlarini davlat organlari oldida himoya qilishni nazarda tutadi.

Hozirgi davrda jamoatchilik nazorati ijroiya va boshqa hokimiyat tarmoqlarini qonunga amal qilishni, o‘z huquq va vakolatlarini malakali tarzda bajarishga undaydi. Jamoatchilik nazorati kuchsiz bo‘lgan holatlar ko‘pincha o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan davlatlarda uchraydi.

  • Hozirgi davrda jamoatchilik nazorati ijroiya va boshqa hokimiyat tarmoqlarini qonunga amal qilishni, o‘z huquq va vakolatlarini malakali tarzda bajarishga undaydi. Jamoatchilik nazorati kuchsiz bo‘lgan holatlar ko‘pincha o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan davlatlarda uchraydi.

Tadqiqotlarda bu kabi holatning asosan uchta sababi ko‘rsatiladi:

  • – hokimiyat faoliyatini shaffoflik (ochiqlik) bilan ro‘y berishini ta’minlaydigan mexanizmlarning yetishmasligi;
  • – o‘rta sinf hali jamoatchilik nazoratining bosh ijtimoiy bazasini tashkil etishga ulgurmaganligi;
  • – davlat hokimiyati organlari mansabdorlarida va fuqarolarida jamoatchilik nazoratining moxiyati, usullari, shakllari va mexanizmlari to‘g‘risida zarur bilimlar va tasavvurlar yetishmasligi.

Jamoatchilik nazorati jamiyatga ham, davlat hokimiyatiga ham foydali bo‘ladi. U davlat hokimiyati organlarining ma’sul bilan faoliyat yuritishiga - qonunning ishlashini ta’minlashga, inson huquqi va erkinliklarini xurmat qilishga va himoyalashga, umumiy farovonlikka samarali va ijobiy ta’sir ko‘rsatishga undaydi. Jamoatchilik nazorati davlat hokimiyati organlarini doimiy va muttasil ravishda takomillashib borishini rag‘batlantiradi.

  • Jamoatchilik nazorati jamiyatga ham, davlat hokimiyatiga ham foydali bo‘ladi. U davlat hokimiyati organlarining ma’sul bilan faoliyat yuritishiga - qonunning ishlashini ta’minlashga, inson huquqi va erkinliklarini xurmat qilishga va himoyalashga, umumiy farovonlikka samarali va ijobiy ta’sir ko‘rsatishga undaydi. Jamoatchilik nazorati davlat hokimiyati organlarini doimiy va muttasil ravishda takomillashib borishini rag‘batlantiradi.

Jamoatchilik nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
  • davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash;
  • jamiyat manfaatlarini himoya qilish.
  • Jamoatchilik nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat:
  • davlat organlari va jamiyatning o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlash;
  • davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning ta’minlanishi ahvoli to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish;
  • davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya qilmaslik holatlarini aniqlash va keng jamoatchilikni xabardor qilish, ularni jamoatchilik yordamida bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
  • fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining hamkorligi.

Jahon amaliyotidan ma’lumki, jamoatchilik nazoratining bevosita usulida fuqarolar irodasining namoyon bo‘lishi quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • - fuqarolarning hokimiyat faoliyatiga oid axborotlardan voqif bo‘la olishi;
  • - jurnalistik tekshiruv;
  • - arznomalar – fuqarolarning davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yakka tartibdagi yoki jamoaviy murojaatlari;
  • - fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar yig‘inlari, ommaviy tarzda tinglashlari vositasida jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroklari;
  • - jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi va boshqaruvchi eng yuqori doiradagi rahbarlarga ta’sir ko‘rsatadigan ilmiy-tadqiqotlar, publisistik va badiiy asarlar;
  • - qonun loyihalari va davlat hayotiga oid boshqa muhim masalalarni ommaviy muhokama qilish;
  • - xalqning qonunchilik tashabbuslari;
  • - qonun loyihalarining jamoatchilik tomonidan ekspertiza qilinishi;
  • - sudlar maslahatchilari.

Jamoatchilik nazorati quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

  • - u jamiyat va uning alohida institutlarini boshqarish, jamiyatning barcha a’zolari ehtiyojlari va manfaatlarini uyg‘unlashtirish shakli sifatida namoyon bo‘ladi;
  • - mamlakatdagi turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini uyg‘unlashtirishda va bu manfaatlar o‘rtasida nizolar kelib chiqishining oldini olishda muhim vosita hisoblanadi.
  • - jamiyatdagi tezkor hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni bajarishda jamiyatning kuch-g‘ayratini birlashtirish va muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi.
  • - jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy me’yorlarning bajarilishini kafolatlaydigan vosita hisoblanadi.

Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • - mamlakatdagi turli ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy guruhlarning manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy partiyalar. Saylovchilar saylov jarayonida u yoki bu partiyaga ovoz berar ekan, ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini bilvosita nazorat qiladi;
  • - mehnatkashlarning manfaatlarini taqdim va himoya qilish maqsadida tuzilgan kasaba uyushmalari;
  • - notijorat xarakterga ega bo‘lgan jamoat tashkilotlari va uyushmalarining turli-tumanligi. Mazkur uyushma va tashkilotlar davlat hokimiyati organlari oldida fuqarolarning huquq va manfaatlarini taqdim qilish va himoya qilish maqsadida tuziladi;
  • - mamlakatda jamoat-davlat tuzilmalarining mavjudligi. Bunday tuzilmalar qatoriga turli vazirliklar va idoralar qoshida tashkil etilgan jamoatchilik kengashlari va uyushmalarini kiritish mumkin;
  • - mamlakat hududida jamoatchilik hokimiyatining quyi bo‘g‘ini hisoblanadigan o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavjudligi. O‘zbekistonda mahalla institutining faoliyati aholini o‘z ehtiyoj va manfaatlarini qondirish va himoya qilish maqsadida uyushtirishga qaratilgan bo‘ladi.

2014 yil 16 aprelda Konstitutsiyaning 32-moddasiga fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish yo‘li (xalq hokimiyatchiligining eng muhim elementi) sifatida “davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi” prinsipi kiritildi.

  • 2014 yil 16 aprelda Konstitutsiyaning 32-moddasiga fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish yo‘li (xalq hokimiyatchiligining eng muhim elementi) sifatida “davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi” prinsipi kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasiga muvofiq “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasiga muvofiq “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin

Mustaqillik davrida mamlakatda "Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining asoslari haqida"gi, "Siyosiy partiyalar to‘g‘risida"gi qonunlarda davlat hokimiyati organlarining fuqarolik jamiyati institutlari oldidagi mas’uliyatlari huquqiy jihatlardan mustahkamlab qo‘yildi.

  • Mustaqillik davrida mamlakatda "Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining asoslari haqida"gi, "Siyosiy partiyalar to‘g‘risida"gi qonunlarda davlat hokimiyati organlarining fuqarolik jamiyati institutlari oldidagi mas’uliyatlari huquqiy jihatlardan mustahkamlab qo‘yildi.

2013 yil 22 aprelda yangi tahririda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasida mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan jamoatchilik nazoratining quyidagi shakllari belgilab qo‘yildi:

  • – qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek o‘z qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
  • – yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish;
  • – atrof muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan o‘z vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish”.

1991-2015 yillarda mamlakatmizda jamoatchilik nazoratining shakllanishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Jamoatchilik nazorati fuqarolar huquqiy madaniyatining bir unsuri sifatida namoyon bo‘la boshladi. 2017 yildan jamiyatni isloh etishda tub burilish davri boshlandi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili asosida mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishi yangi sifat bosqichiga chiqdi.

  • 1991-2015 yillarda mamlakatmizda jamoatchilik nazoratining shakllanishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Jamoatchilik nazorati fuqarolar huquqiy madaniyatining bir unsuri sifatida namoyon bo‘la boshladi. 2017 yildan jamiyatni isloh etishda tub burilish davri boshlandi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili asosida mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishi yangi sifat bosqichiga chiqdi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Harakatlar strategiyasida jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi vazifalar qo‘yildi:

  • - xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;
  • - jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
  • - fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;
  • - mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish;
  • - ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish

Download 181.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling