Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi


Download 74.34 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi74.34 Kb.
#1273988
Bog'liq
Slayd

JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI

R e j a:

1. Jamoatchilik nazoratining mohiyati

2.Jamoatchilik nazorati tizimi

3.Jamoatchilik nazoratining subyektlari

4.Jamoatchilik nazoratining shakllari


2018 yil 12 aprel kuni O’z bekiston Respublikasi Prezidenti “Jamoatchilik nazorati tog’risida” gi qonunni imzoladi.
Mazkur qonundan ko’zlangan asosiy maqsad davlat organlari va muassasalari foliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkillashtirish va amalga oshirish sohasidagi munosbatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda fuqarolar va OAV vakillarining davlat organlari faoliyatini tekshirish va monitoring qilishdagi ishtiroki nazarda tutilgan. Qonunga ko’ra jamoatchilik nazorati subyektlariga fuqarolar, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, OAV kiradi. Jamoatchilik nazorati obyektlari sifatida esa davlat organlari, xususan, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, ularning mansabdor shaxslari foliyati belgilangan.

Jamoatchilik nazorati ― jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo‘yicha yuritadigan faoliyat”.

  • “Jamoatchilik nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
 

davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash;
 

jamiyat manfaatlarini himoya qilish”.
 

“Jamoatchilik nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat organlari va jamiyatning o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlash;
 

davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning ta’minlanishi ahvoli to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish;

davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya qilmaslik holatlarini aniqlash va keng jamoatchilikni xabardor qilish, ularni jamoatchilik yordamida bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining hamkorligi.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda.

Birinchidan, davlat o‘zining bosh boshqaruv subyekti maqomini saqlagan holda jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni yangi asosga o‘tkazmoqda. Endi, davlat o‘zining muayyan funksiyalarini jamoat tashkilotlariga o‘tkazmoqda, bir qator vakolatlarini, huquq va resurslarni ularga bermoqda. Shu yo‘l bilan davlat jamoat tashkilotlarining o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Ikkinchi tomondan, jamiyat jamoat tashkilotlarini rivojlantirish orqali ularningulkan salohiyatlarini mamlakatni boshqarish yo‘nalishida faollashtirmoqda.

Download 74.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling