Janiri: Manzara Tasviriy san'atning rangtasvir


Download 32.65 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi32.65 Kb.
#1583011

2 023-yil 30-may
Tasviriy san'at bo'limi 5-sinf
o'quvchisi: Rahimov Sheralining
"Hatar" nomli ishi.
Janiri: Manzara
Tasviriy san'atning rangtasvir
turi: Impressiyonizm yo'nalishi, Akvarel texnikasida ishlangan

Bu ishimda: Niqoblangan komflyajda poylayotgan askarni tasvirladim.


Bu ishni tasvirlashda men qora, qizil, oq, jigarrang va sariq ranglardan foydalandim.
Askarning orqa qismida o'rmon tasvirlangan. Askar o'rmonga biriktirib yuborilgan.
Bu askarni o'rmonga biriktirib bir qaraganda askarni ilg'ab bo'lmaydigan darajaga olib kelingan.
Askarni asosan o'rtaga emas, balki asosiy personaj kampanovkani chap tomonga surilgan ya'ni o'rtaga emas. Nigohi tushib turgan tomonga ko'proq joy ajratilgan.
Bu tasviyriy san'atning asosiy qonuni hisoblanadi.
O'qituvchi: Muxriddin Xoliqov
2 023 yil 30-may
Tasviri san'at boʻlimi 5-sinf oʻquvchisi Boltaboyev Shohruhning
"Boʻrilar" nomli ishi.
janir: animalistik
Tasviri san'atning rangtasvir yoʻnalishida ishlandi.

Bu ishimda boʻrilarning hayotidan qisqacha lavha aks ettirishga harakat qildim.


Ov usulining bir pragmentini va boʻrilarning qamrab olib ov qilish usulidan foydalandim va oʻljadagi qoʻrquvni nigohlar orqali aks ettirishga harakat qildim.
Bugʻuga toʻhtalsak bugʻu hayotda boʻrilardan qochishda orqaga qaramaydi.
Lekin men oʻljani nigohini ovchiga qaratdim ovchining nigohini bugʻuga qaratdim.
Va shu orqali bir-biriga bogʻliqnikni koʻrsatib oʻtdim.
Bugʻu tirik qolish uchun qochyapti boʻrilar esa yashash uchun bug’uni yemiqchi.
Bu ishimda yovvoyi tabi’at qonunlari ikki-xil hayvonda aks etirdim.
O'qituvchi: Xoliqov Muxriddin

2 023-yil 30-may


Tasviriy san'at bo'limi
5-sinf o'quvchisi Ilxomova Lobarning
"Zulmat aro raqs " nomli ishi.
Bu ishimda men raqsga tushayotgan qizni tasvirladim. Shu qizni Wednesday ismli qizga o'xshatishga harakat qildim. Qizaloq raqsga tusharkan uning ustidan tushayotgan yorug'lik uning raqsini yanada maftunkor ko'rsatadi.
Ikkala chetidagi ranglarni zulmatga qiyosladim. Zulmatni ko'k, siyohrang va qora ranglarda aks ettirdim.
Mana shu ishni gimnastika ko'rinishida tasvirlaganimning sababi men gimnastika sport turini yoqtiraman hamda ishimni qo'rqinichliroq ko'rsatishga harakat qildim.
Men bu ishimdagi qizni "gotik" uslubda kiyintirdim.
Janri: Maishiy
Tasviriy san'atning grafika turi illustratsiya yo'nalishi, akvarel texnikasi.
O'qituvchi: Xoliqov Muxriddin


2023-yil 30-may


Tasviriy san'at bolimi
5-sinf o'quvchisi Ilhomova Sarvinozning
"Mening xonam" nomli ishi.
Bu ishimda men o'zim tassavurimdagi xonani aks ettirishga harakat qildim.
Menga yumaloq shakl yoqqanligi sababli bu ishimda yumaloq shakldagi jihoz va detallarni ishladim. Shu jumladan yumaloq stol, akvarium, globus, basketboll koptoki va yumaloq gilam tasvirladim. Derazani ham yumaloq shaklda ishladim va fasllardan kuz fasli yoqqanligi sababli, deraza ortida kuz faslini chizdim.
Uy hayvonlaridan mushukni yoqtirganim uchun bu ishimda mushukning dam olayotgan holatini aks ettirdim.
Janri: Maishiy
Tasviriy san'atning grafika turi illustratsiya yo'nalishi akvarel texnikasi
O'qituvchi: Xoliqov Muxriddin

2023-yil 30-may


Tasviriy san'at bo'limi
5-sinf o'quvchisi Olimboyeva Marjonaning
"Qish" nomli ishi.
Bu ishimda men qish faslini aks ettirdim. Hamma yoq qorga burkangan. Uzoqdan tog'lar ko'ringan va tomlari qorga qoplangan uylarni chizdim. Ishimda ko'k rangidan qorni bildirish uchun foydalandim.
Janri: Manzara
Rang tasvir yo'nalishi, akvarel texnikasi
O'qituvchi: Xoliqov Muxriddin
2 023-yil 30-may
Tasviriy san'at bo'limi
5-sinf o'quvchisi
Anvarova Altinayning
"Концерт Егора Крида" nomli ishi.

Bu ishimda Egor Kreedning qo’shiqlarini yoqtirganim uchun portretini aks etirdim.


Men "Отпускаю" qo’shig’ini yoqtirib tinglaganim uchun osmon va yulduzlar rasmidan foydalandim. Uning muxlislari ko’p bo’lganligi sababli ularning rasmini ishlatdim.

Janri: Portret


Aplikatsiya texnikasida ishlangan.
O’qituvchi: Xoliqov Muxriddin.

2 023-yil 30-may


Tasviriy san'at bo'limi
5-sinf o'quvchisi
Xayitboyev Adhambekning
"Daryo bo’yidagi shahar" nomli ishi.

Bu ishimda Shahar ko'rinishini tepadan aks ettirdim. Menga yevropa arxitekturasi yoqganligi sababli, shahar manzarasini tasvirlashda, shu arxitekturalardan foydalandim.


Bu kompazitsiyada qora, kulrang va sariq ranglar ishlatiladi.

Janri: Manzara


Tasviriy san’atning grafika turi akvarel texnikasida ishlangan.
O’qituvchi: Xoliqov Muxriddin.
t
Download 32.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling