Janub agro invest group
IV. Fermer xo‘jaligining ustav fondi, mol-mulki va uni shakllantirish manbalari
Download 87 Kb.
|
Fermer Ustavi
IV. Fermer xo‘jaligining ustav fondi, mol-mulki va uni shakllantirish manbalari
13. Fermer xo‘jaligining ustav fondining miqdori – 5 000 000 (besh million) so’m bo’lib, ustav fondining 100 % ulushi fermer xo’jaligi boshlig’i KABILOV ILHOM YULDASHEVICHGA tegishli. Ustavda fermer xo‘jaligining pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bahosidagi mulkiy huquqlardan hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan ustav fondi miqdori ko‘rsatiladi. Bunda fermer xo‘jaligining ustav fondiga fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha tanlovda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan berilgan arizada ko‘rsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari majburiy tartibda kiritiladi. Agar fermer xo‘jaligi rahbari fermer xo‘jaligining ustav fondini shakllantirishda uning oilasining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mol-mulkini fermer xo‘jaligiga bergan taqdirda, ushbu mulk barcha egalarining notarial tasdiqlangan roziligini olish talab qilinadi. Fermer xo‘jaligining ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish fermer xo‘jaligi rahbarining qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi ustaviga o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 14. Fermer xo‘jaligi: o‘ziga qarashli xo‘jalik imoratlari, qishloq xo‘jaligi ekinzorlari va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan boshqa mol-mulkning; ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotning; olingan daromad (foyda)ning; qonunda taqiqlanmagan asoslarda olingan boshqa mol-mulkning egasi hisoblanadi. 15. Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining pul mablag‘lari va moddiy vositalari, tovarlarni sotishdan (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatishdan) olingan daromad (foyda), qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xo‘jaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari bo‘lishi mumkin. 16. Fermer xo‘jaligining mol-mulki fermerga tegishlidir, u qonunga muvofiq ushbu mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling