Janub agro invest group


Download 87 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2023
Hajmi87 Kb.
#1080346
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fermer Ustavi







JANUB AGRO INVEST GROUP”
fermer xo’jaligi boshlig’i


______________ Kabilov I.Y.
_____ _________ 2022 yil


«TASDIQLANGAN»















JANUB AGRO INVEST GROUP”
FERMER XO’JALIGINING
USTAVI


TOSHKENT – 2022 YIL
I. Umumiy qoidalar
1. “JANUB AGRO INVEST GROUP” fermer xo‘jaligi (bundan buyon matnda “fermer xo’jaligi” deb yuritiladi) mazkur ustavi O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi Qonuni va boshqa qonun xujjatlari asosida tashkil etilgan.
Fermer xo‘jaligi o‘ziga ochiq tanlov asosida ijara shartnomasiga ko‘ra uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
2. Fermer xo‘jaligi tuman Davlat xizmatlari markazidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va o‘z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda bo‘lmagan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish, shuningdek bank muassasasida hisob raqami ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo‘lish huquqini oladi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
3. Fermer xo‘jaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xo‘jaligi majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Fermer xo‘jaligi o‘z majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida haq to‘lash yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xo‘jaligi rahbari fermer xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha fermer xo‘jaligining mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga tegishli mol-mulki bilan subsidiar javob beradi.
4. Fermer xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Fermer xo‘jaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
5. Fermer xo‘jaligi haqida asosiy ma’lumotlar:
fermer xo‘jaligining nomi: “JANUB AGRO INVEST GROUP” fermer xo‘jaligi;
fermer xo‘jaligi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi: Kabilov Ilhom Yuldashevich. Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Olmazor 7/77 uy. (passport ma’lumotlari: AA 6984102, 15.09.2014 yilda Termiz tuman IIB tomonidan berilgan);
fermer xo‘jaligi joylashgan joy va uning pochta manzili: Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Sherobod MFY
fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari: paxta-g’allachilik;
fermer xo‘jaligining ustav fondining miqdori – 5 000 000 (besh million) so’m.
6. Fermer xo‘jaligining ustavi qonunda belgilangan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.


Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling