Жанубий ўзбекистон табиий ресурслари ва шаҳарлар ривожланиши


Download 117 Kb.
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi117 Kb.
#1064789
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`ZBEKISTON SHAHARLARI


O`ZBEKISTON SHAHARLARI
MUNDARIJA
KIRISH

1. O`zbekistondagi diqqatga sazovor tarixiy qadamjolar
2. O`zbekistonda turizm salohiyatini rivojlantirish
3.O`zbekiston shaharlari rivojlantirish ahamiyati
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI




KIRISH
Hozirgi vaqtda mamlakatlarning milliy va mintaqaviy iqtisodiyotini rivojlantirishda shahar joylarning ta`siri sezilarli darajada ortib bormoqda. Zamonaviy shaharlar qishloq xo`jaligi bilan bog`liq bo`lmagan aholining yashash joyi bo`lib, ilm-fan, madaniyat, bank-moliya, savdo, sanoat, malakali ishchi kuchi, yaxshi rivojlangan infratuzilma markazlari sifatida nomoyon bo`ladi.
Ma`lumki, shaharlarning ikki asosiy shahar hosil qiluvchi va shaharga xizmat qiluvchi (ichki yo`lovchi transporti, shahar aholisiga xizmat qiluvchi tarmoqlar) funksiyalari mavjud. Shahar hosil qiluvchi omillarga transport, ilmu-fan, dam olish maskanlari, bank-moliya, har xil foydali qazilmalari konlari, turizm kabilar kiradi. Ular orasida tabiiy sharoit va resurslar omili eng muhimi bo`lib, ushbu omil asosida shakllangan shaharlar “resurs shaharlar” deb ataladi.
O`zbekiston hududlari turlicha tabiiy-resurs sharoitga ega. Ulardan foydalanish ham mintaqalar doirasida bir-biridan farq qiladi. Jumladan, respublika janubida joylashgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan tarkib topgan Janubiy iqtisodiy rayon o`zining tabiiy resurslari bo`yicha mamlakat iqtisodiyotida o`ziga xos mavqega ega. Ushbu mintaqa O`zbekistonda yoqilg`i mahsulotlari (neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, ko`mir), oltingugurt, turli tuzlar, qurilish materiallari, farmatsevtika xom ashyosi va shifobaxsh mineral suvlarga boyligi bilan ajralib turadi.
Iqtisodiy rayon doirasida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tabiiy resurslar bilan ta`minlanganlik hamda ulardan foydalanish darajasiga ko`ra bir biridan keskin farqlanadi. Binobarin bunda ustunlik Qashqadaryo viloyati foydasiga bo`lib, voha ayrim tabiiy xom ashyo resurslarini qazib olish (asosan uglevodorodli birikmalar) bo`yicha nafaqat mintaqada, respublikada ham asosiy o`ziga xos “lokomotiv” hisoblanadi. Masalan, mamlakatda qazib olinayotgan neftning 80 foizi, tabiiy gazning 92 foizi, gaz kondensatining 95 foizi, oltingugurtning deyarli 100 foizi ushbu hudud zimmasiga to`g`ri keladi. Toshg`uzor – Boysun – Qumqo`rg`on temir yo`lining foydalanishga topshirilishi natijasida Dehqonobod tumanidagi kaliy tuz konlarini o`zlashtirish imkoniyati tug`ildi. Ushbu bo‘limda biz sizni O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi qadimiy shaharlari bilan tanishtiramiz. Bir vaqtlar Buyuk Ipak yo‘lining bir qismi bo‘lgan mamlakatimizning gullab-yashnagan shaharlari ming yildan oshadi. Bunday tarixiy gigantlar tirik afsonalar bo‘lib, zamonaviy dunyoda sayohatlarini davom ettirishlari xayolga ham sig‘maydi. Bu yerda siz ularning ayanchli tarixi, noyob go‘zallikning meʼmoriy yodgorliklari, milliy taomlari, har bir shaharning sirli joylari haqida bilib olasiz. Bundan tashqari, siz virtual sayohatlarga borishingiz, suvenirlar va sovg‘alarni onlayn xarid qilishingiz, fotogalereyadagi eng qiziqarli narsalarni tomosha qilishingiz mumkin.
Eng yaxshi diqqatga sazovor joylar
Toshkentda tashrif uchun bir necha kun kerak bo‘ladigan diqqatga sazovor joylarning ro‘yxati juda katta.
✔️ sayr qilish uchun keng va yashil xiyobonlar, favvoralar va ekologik bog‘lar;
✔️ Shahardagi ko‘plab muzeylarda O‘rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyati haqidagi noyob asarlar;
✔️Buyuk me'moriy ansambllar, masjidlar va minoralar;
✔️ Har didga mos teatr va galereyalar.
Bu yerda har kim shaharning eng diqqatga sazovor joylarini ko‘rish uchun o‘z yo‘nalishini yaratishi mumkin!
O’zbekiston 12 viloyatga (Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg’ona, Xorazm) ga bo’linadi va Qoraqalpog’istonning bir avtonom respublikasini o’z ichiga oladi.
O’zbekiston Respublikasida 162 ta tuman va 118 ta shahar mavjud. Mamlakat aholisining 42% dan ko’prog’i shaharlarda yashaydi. O’zbekistonning eng yirik shahri mamlakatning poytaxti bo’lib, Toshkent aholisi 2,3 million kishini tashkil qiladi. O’zbekistonning rus aholisining yarmidan ko’pi Toshkentda yashaydi va ularning qariyb 30 foizini tashkil qiladi. Ikkinchi yirik shahar – Namangan (398 ming kishi). Keyingi o’rinda – Samarqand (366 ming kishi). Samarqand 1930 yilgacha O’zbekiston SSRning poytaxti edi. Farg’ona vodiysida bir qator yirik shaharlar joylashgan: Andijon (356 ming); Farg’ona (320 ming); Qo’qon (200 ming). Asrlar davomida o’zbek xalqining eng yirik madaniy va siyosiy markazi bo’lgan qadim Buxoroni (271 ming kishi) eslatib o’tish zarur. Nukus (260 ming kishi) – Qoraqalpoq avtonom respublikasining poytaxtidir.
Dunyo yalpi ichki mahsulotining qariyb uchdan bir qismi dunyo aholisining yarmidan sal ko‘prog‘i istiqomat qiluvchi shaharlarda to‘plangan. Shaharlarning obodligi qishloq aholisini o‘ziga jalb qiladi. Odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda ular o‘rtasida ko‘proq g‘oyalar va aloqalar, ko‘proq xizmatlar va pullar mavjud. Qolaversa, shaharlarda ta’lim, tibbiyot, jamoat transporti, ko‘ngilochar xizmatlar darajasi yaxshi rivojlangan, asosiy infratuzilmalar — elektr, suv, issiqlik va kanalizatsiya bilan yaxshi ta’minlangan bo‘ladi.
Bu imtiyozlar qishloq aholisini shaharlarga yaqinlashishga undaydi. Biroq, BMTning 2018 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston shaharlarida mamlakat aholisining yarmidan bir oz ko‘prog‘i istiqomat qiladi. Jahon bankining «Vaqt keldi: O‘zbekiston urbanizatsiyadan qanday qilib barqaror rivojlanish mexanizmi sifatida foydalanishi mumkin?» hisobotiga ko‘ra, xuddi shunday rivojlanish darajasiga ega mamlakatlarga qaraganda bu nisbatan past ko‘rsatkichdir.
2018 yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning urbanizatsiya darajasi bundan ham past ekani va 35,5 foizni tashkil etishini ta’kidlagan edi. Bu 2014 yildagi ko‘rsatkich bo‘lib, BMT hisobotiga ko‘ra, Osiyo (48 foiz) va hatto Afrika (40 foiz) uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘rsatkichdan past hisoblanadi.
Urbanizatsiya O‘zbekiston taraqqiyoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Shaharlarning o‘sishi butun mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishi va aholi turmush sharoitini yaxshilashi mumkin. Iqtisodchilar Behzod Hoshimov va Nuriddin Ikromov har qanday mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini oshirish orqali samaraliroq bo‘lishini ta’kidlagan edi. Aholi zich joylashgan hududlarda ish joylarini egallashi mumkin bo‘lgan potensial ishchilar mavjudligi tufayli ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish osonroq. Shaharlar korxonalarga mutaxassislarni yollash, logistika, kelishuvlarni amalga oshirish va biznes yuritishni osonlashtiradi. Ba’zi faoliyatlar faqat katta shaharlarda foyda keltiradi. Konsert zallari, ko‘rgazma majmualari aholi zichligi yuqori joylardagina samarasini beradi. Qaynayotgan shahar hayoti budjetga ko‘proq soliq tushumlarini olib keladi va uning fuqarolari uchun gart-sharoitlarni oshirishga imkon yaratadi.
Global tajriba shuni ko‘rsatsoqdaki, urbanizatsiya darajasining pastligi qishloq aholisi shaharlarga ko‘chib o‘tishni istamasligini anglatmaydi, axir odamlar yaxshiroq va farovon yashashga intiladi-ku. Aksincha, bu odamlarning iqtisodiy rivojlanish markazlariga boradigan yo‘lidagi to‘siqlar haqidagi signaldir.
Jahon banki mutaxassislari O‘zbekistondagi samarasiz urbanizatsiya sabablari va barqaror shahar iqtisodiy o‘sishiga to‘siqlar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. «Gazeta.uz» «Vaqt keldi: O‘zbekiston urbanizatsiyadan qanday qilib barqaror rivojlanish mexanizmi sifatida foydalanishi mumkin?» hisobotining qisqacha sharhini taqdim etadi.

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling