Janubiy amerika materigiga umumiy tavsif. Geologik tuzilishi va relyefi, iqlimi va iqlim mintaqalari, ichki suvlari, tuprog‘lari, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Reja
Download 416.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Onlayn 1-maruza. Janubiy Amerika materigiga umumiy tavsif
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amazonka pasttekisligi.
- Prekordilera va Pampa Serralari.
- Patagoniya yassi tog`‘ligi.
- Foydali qazilmalari.
- Subekvatorial mintaqalar.
Orinoko pasttekisligi. Bu morfostruktura oblasti Karib Andi tog`‘lari bilan Gviana yassi tog`‘ligi oralig`‘idagi mezozoyning oxirida vujudga kelgan tektonik bukilmada tarkib topgan. Uning shimoli-sharqiy qismi payeogen va neogen davrlarining dengiz yotqiziklari bilan, g‘arbiy qismi And tog`‘laridan va Gviana yassi tog`‘ligidan keltirilgan kontinental yotqiziqlar bilan to‘ldirilgan. Orinoko pasttekisligi Lyanos Orinoko pasttekisligi deb ham ataladi. Lyanos Orinoko yer yuzasining tuzilishiga va nishabligiga ko‘ra ikkita geomorfologik rayonga bo‘linadi. G‘arbiy rayoni Past Lyanos va sharqiy rayoni Baland Lyanos deb ataladi. Past Lyanos pasttekislikning g‘arbiy qismini ishg‘ol etib, Guariko va Meta daryolarining oralig`‘ida joylashgan. Uning yuzasi pastqam tekislik bo‘lib, gilli-balchiq allyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan. Hududining aksariyat qismi okean sathidan atigi 40 m baland ko‘tarilgan xolos. Faqat Karib Andi etaklari yaqinida yer yuzasi 150-200 m balandlikkacha ko‘tarilgan. Bu yerda daryo vodiylari yaxshi ishlanmagan va chuqurlashmagan. Tog`‘ etagidagi yoyilma konuslargina vodiylar bilan kuchli kesilgan. Baland Lyanos pasttekislikning Guariko daryosidan sharqda joylashgan qismini egallab olgan. U g‘arbiy rayonga nisbatan balandroq bo‘lib, dengaz yotqiziqlari bilan qoplangan. Yuza qismi denudatsion tekislikdan iborat. Baland Lyanos daryo vodiylari bilan kesilgan va balandligi 200-300 m keladigan platolarga bo‘linib ketgan. Bu platolarni mahalliy xalq "mesas" deb ataydi. Orinoko daryosi Atlantika okeaniga qo‘shilish joyida pastqam, tekis va botqoqlangan delta hosil qilgan. Bu yerda yangi tektonik harakatlar natijasida sodir bo‘lgan cho‘kish jarayonining izlari yaxshi saqlangan. Amazonka pasttekisligi. Amazonka pasttekisligi Janubiy Amerika platformasining eng yirik va qadimiy sineklizasida tarkib topgan. Uning g‘arbiy qismi And geosinklinal oblastining chekka bukilgan tektonik stukturasi bilan tutashgan. Shimolda Gviana va janubda Braziliya yassi tog`‘liklari bilan chegaralangan. Pasttekislikning burmalangan poydevori bir necha ming metr chuqurlikda yotadi. Sinekliza paleozoyning dengiz yotqiziqlari hamda mezozoy va kaynozoyning kontinental yotqiziqlari bilan to‘lgan. Yuqori qatlamini issiq va nam iqlim sharoitida vujudga kelgan qalin lateritli nurash po`sti tashkil etadi. Amazonkaning g‘arbiy va sharqiy qismlarini relyef xususiyatlari Lyanos Oriniko pasttekisliganing relyef xususiyatlariga o‘xshab ketadi. Uning g‘arbiy qismi ancha past, tekis, Amazonka daryosining o‘rta oqimida, Manaus shahri yaqinida pasttekislikning yuzasi okean sathidan atiga 26 m baland. And tog`‘ etaklarida yaqinida balandlik zo‘rg‘a 150 m gacha yotadi. Bu regaonda daryo vodiylari chuqur kesilmagan. Amazonka pastttekisligining sharqiy qismi, g‘arbiy qismiga nisbatan daryo vodiylari bilan chuqur kesilgan, daryo oraliqlari 150-300 m gacha ko‘tarilib tekis yuzali platolar hosil qiladi. Pasttekislikning shimoliy va janubiy chekka qanotlarida kristall jinsli qalqonlar asta-sekin yuzaga ko‘tarilib yassi tog`‘liklar bilan tutashib ketadi. Amazonka irmoqlarining yuqori oqimlari chuqur kesgan vodiylarida qadimiy kristall jinslar ochilib, yuzaga chiqib qolgan va ostonalar hosil qilgan. Pasttekislikning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismlari uchun relyefning ko‘tarilish tendensiyasi harakterli. Bu And tog`‘laridan oqizib kelinadigan daryo yotqiziqlarining to‘planishi va yoyilma konuslarning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Markaziy tekisliklar. Paragvay, Parana va Urugvay daryo havzalarida, Janubiy Amerika platformasining bukilgan qismida, And tog`‘lari bilan Braziliya yassi tog`‘ligi oralig`‘ida Markaziy tekisliklar joylashgan. Bu tekislik meridional ravishda shimoldan janubga qarab katta masofaga cho‘zilgan. Uning morfostrukturasi Gran-Chako, Mamore-Boni tekisliklaridan hamda La-Plata pasttekisligidan tarkib topgan. Markaziy tekisliklarning shimoli-g‘arbidagi Gran-Chako tog`‘oldi tekisligi o‘zining relyef xususiyatlariga ko‘ra Shimoliy Amerikaning Buyo`q tekisliklariga o‘xshaydi. Uning yer yuzasi okean sathidan 600-800 m baland ko‘tarilgan, daryo vodiylari bilan chuqur kesilgan. Yuza qismi tog`‘lardan keltirilgan kontinentel yotqizikdardan iborat. Janubiy pasaygan qismi to‘rtlamchi davr allyuvial, flyuvioglyatsial va lyossimon jinslar bilan qoplangan. Shimolda Mamore-Paragvay daryolari oralig`‘ida joylashgan baland tekislik platformali zaminning ko‘tarilgan bir qismi bo‘lib, And sturukturasiga yaqin. Uning relyef shakllari orasida baland nuqtasi 1400 m dan oshadigan balandliklar uchrab turadi. La-Plata pasttekisligi Markaziy tekisliklarning eng pastqam, botqoqlangan regaoni bo‘lib, u struktura jihatdan Janubiy Amerika platformasiga qarashli sineklizaning katta qismi hisoblanadi. Past-tekislik Braziliya yassi tog`‘ligi, And tog`‘lari va Pampa Serralarida yemirilgan tog`‘ jinslarini daryo suvlari yordamida oqizib kelib yotkizishi tufayli hosil bo‘lgan. Keltirilgan kontinental yotqiziqlarning qalinligi Pampada ming metrdan, boshqa uchastkalarda bir necha ming metrgacha boradi. Pampaning janubi-sharqiy qismida qoldiqli tog`‘ massivlari - Pampa Serralari joylashgan bo‘lib, ular Buenos-Ayres Seralari deb ham ataladi. Prekordilera va Pampa Serralari. Argentinaning shimoli-g‘arbiy qismida balandligi 2000 m dan 6000 m. gacha ko‘tarilgan Prekordilera tog`‘lari va Pampa Serralari platformaning chekka qismida neogendagi vertikal harakatlar natijasida vujudga kelgan. Ularning hosil bo‘lishida And geosinklinal zonasida sodir bo‘lgan alp burmalanishining roli katta. Tog`‘ tizmalari oralig`‘ida kontinental yotqiziqlar bilan to‘lgan cho‘kmalar mavjud. Pampa Serralari va Prekordilera deb ataluvchi bu tog`‘larning bir qismi And tizimi tarkibiga qaraydi. Patagoniya yassi tog`‘ligi. Materikning eng janubi-sharkiy qismida joylashgan va gersin burmalanishida vujudga kelgan platforma Patagoniya Yassi tog`‘ligining asosiy strukturasini tashkil etadi. Yassi tog`likning shimolidagi gersin strukturasi yer yo`ziga chiqib yotgan bo‘lsa, janubida u bo‘r davri cho‘kindilari va vulkaniq jinslar bilan qoplangan. Iqlimi quruq va yer usti suvlari kam bo‘lganligi sababli yassi tog`‘likning yuzasi kam parchalangan. Relyef shakllarida zinapoyasimon platolar hukmronlik qiladi. Yassi tog`‘likning g‘arbiy qismi And geosinklinali ta’sirida bo‘lganligi uchun 2000m balandlikkacha ko‘tarilgan. Qolgan qismining o‘rtacha balandligi 1000-1500 m atrofida bo‘lib, Atlantika okeani qirg‘oqlarida tik yon bag‘rli jarliklar hosil qilgan. Janubiy Amerikaning shimoliy va g‘arbiy qismida joylashgan Andli G‘arb Andsiz Sharqqa nisbatan tektonik va morfologik jihatdan juda murakkab tuzilgan tog`‘ tizimi bir-biriga paralel ravishda joylashgan orografik zonalardan, ichki platformadan va tektonik cho‘kmalardan tarkib topgan. Ular Tinch okeanu sohillaridan materik ichkarisi tomon birin-ketin almashinib boradi.
Tinch okeanu sohillarida uncha baland bo‘lmagan platosimon Qirg‘oq Kordilera tizmalari joylashgan. Ular bo‘ylama tektonik qirg‘oq hosil qilib, okean tomon tik tushgan. Qirg‘oq Kordilerasi uzluksiz polosa hosil qilmasdan materikning shimoliy chekka qismi va 20° j.k. dan janubda uchraydi. Ular daryo vodiylari bilan kuchli kesilgan, qumtosh, ohaktosh, mergel va intuziv jinslardan tarkib topgan. And tog`‘ tizimining asosiy qismi mezozoy va kaynozoyda yuz bergai burmalanishlar jarayonida shakllangan. Tog`‘larning tuzilishida so‘ngan va harakatdagi vulkanlarning vulkaniq jinslari ham katta rol o‘ynaydi. And tog`‘larida so‘ngan va harakatdagi vulkanlar keng tarqalgan, B.P. Jernakovning ma’lumotiga ko`ra bu yerda 49 ta harakatdagi va 35 ta so‘ngan vulkanlar mavjud. Vulkanlarning asosiy qismi tektonik yoriqlar bo‘ylab joylashgan. Tektonik yoriqlar va uzilmalar natijasida And tog`‘ tizimida tik yon bag‘rli qoyalar hosil bo‘lgan. Vulkanlarning geografik tarqalishi And tizimi bo‘ylab bir xil emas. Ularning keng tarqalgan regionlari Ekvador Andi, Markaziy And (13° va 29° j.k. oralig`‘i) hamda 32° j.k dan to materikning janubigacha bo‘lgan qismi, ya’ni Chili-Argentina Andi va Patagoniya Andi hisoblanadi.
Kordileralar deb ataluvchi And tog`‘lari bir-biriga parallel joylashgan va uzoq masofaga cho‘zilgan tog`‘ zanjirlarini, ular tutashgan joylarda eng baland tog`‘ cho‘qqilarini va tog`‘ tugunlarini hosil qiladi. Tog`‘ cho‘qqilari orasida so‘ngan va harakatdagi vulkanlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Janubiy Amerika Andida na faqat materikning eng baland nuqtasi, balki butun g‘arbiy yarim sharning ham eng baland nuqtasi hisoblangan Akonkagua tog`‘i 6960 m balandlikkacha ko`tarilib turibdi. Katta masofaga kengaygan And tog`‘ tizmalari oralig`‘ida baland yassi tog`‘liklar yastanib yotibdi. Ular And yassi tog`‘liklari yoki Punalar deb ataladi. Punalarning yuzasi okean sathidan 3500-4500 m balandlikda joylashgan. And tog`‘ tizimidagi ko‘pchilik cho‘qqilarning va vulkanlarning balandligi 6000 m dan oshadi va hatto 7000 m gacha yetadi. Tog`‘larning eng baland qismlari uchun alp tipidagi relyef shakllari harakterli. Ye.N.Lukashova And tog`‘ tizimi tarkibida 7 ta morfostruktura oblastini ajratadi: 1. Karib Andi. 2. Shimoli-G‘arbiy And. 3. Ekvador Andi. 4. Peru Andi. 5. Markaziy And. 6. Chili-Argentina Andi. 7. Patagoniya Andi. Foydali qazilmalari. Janubiy Amerikaning ma’danli resurslari uning barcha hududlari bo‘ylab bir tekisda tekshirilgan emas. Tadqiq etish natijasida aniqlangan va qazib chiqarilayotgan foydali qazilmalarning geografik tarqalishi va joylashishi materikning geologik strukturasi bilan bevosita bog‘liq. Binobarin, Janubiy Amerikaning qadimiy kristalli qalqonlarida, vulkaniq va tektonik jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan magmatik intruziv va effuziv jinslarda asosan rudali, rangli va nodir metallar keng tarqalgan. Platformaning botiq va bukilmalarida, qirg‘oqbo‘yi pasttekisliklarida to‘plangan cho‘kindi jinslar qatlamida rudasiz foydali qazilmalar-neft, tabiiy gaz, toshko‘mir, selitra konlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Braziliya yassi tog`‘ligining janubi-sharqiy qismida va Gviana yakki tog`‘ligining shimolida juda katta temir va marganes ruda konlari bor. Shuningdek Braziliya yassi tog`‘ligining janubi-sharqiy chekkasida va Gviana yassi tog`‘ligining shimoli-sharqida hosil bo‘lishi qadimiy magmatik intruziv jinslar bilan bog‘liq bo‘lgan oltin, olmos, radioktiv elementlar, boksit va nikel konlari keng tarqalgan. Hozirgi kunda bu yassi tog`‘liklardan boksit konlarining juda katta zahiralari topilgan. Rudali konlarning va rangli metallarning asosiy zahiralari And tog`‘ tizimida joylashgan. Venesuelada oltin, marganes, olmos, temir rudasi.va neft konlari bor. Kolumbiyaning shimoli- g‘arbiy qismidagi And tog`‘larida va tog`‘ oralig`‘i botiqlarida mis, platina, oltin, neft va toshko‘mir konlari joylashgan. Ekvadorning Tinch okean sohilidan neft, tog`‘laridan oltin va kumush qazib olinadi. Peru Andida oltin, simob, vanadiy, vismut, mis, toshko‘mir konlari va polimetallar keng tarqalgan. Janubiy Amerikada foydali qazilmalarga eng boy region. Chili hisoblanadi. Uning hududida temir, marganes rudalari, radioaktiv elementlar, simob, oltin, molibden va boshqa qazilma boyliklar ko‘plab uchraydi. Chilida dunyodagi eng yirik mis konlaridan biri joylashgan. Hatto tog`‘ tizimining nomi ham "anta" so‘zidan kelib chiqqan. Anta inklar tilida mis degan ma’noni anglatadi. Chilining Tinch okean soxillarida va Atakama cho‘lida dunyoda yagona bo‘lgan tabiiy selitra konlari uchraydi. Amazonka pasttekisligi, Braziliya yassi tog`‘ligi va Patagoniya platformasi hududlaridan neft konlari topilgan. Bu foydali qazilmalar Jano‘biy Amerika davlatlarining xalq xo‘jaligini rivojlanishida asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Iqlimi. Janubiy Amerikaning ayrim iqlim xususiyatlari Afrikaning iqlim xususiyatlariga o‘xshab ketadi. Bunga sabab har ikkala materik ekvatorning ikki tomonida joylashgan. Biroq Janubiy Amerikaning asosiy qismi ekvatordan janubda, kamroq qismi esa shimolda joylashgan. Afrikaning hududi esa ekvatorning har ikkala tomonida simmetrik joylashgan. Materiknng kengaygan katta qismi ekvatorial va tropik kengliklarga toraygan janubiy qismi subtropik va mo‘’tadil kengliklarga qaraydi. Janubiy tropik chiziq materikning Rio-de- Janeyro shahrining janubrog‘idan o‘tadi. Janubiy Amerikaning asosiy qismi Afrikaga o‘xshash juda katta miqdorda quyosh radiatsiyasini qabul qiladi. Bu yerda quyoshdan keladigan umumiy radiatsiya miqdori har 1 sm 2
maydonda 140-160 kilo kaloriyami tashkil etadi. Materikning janubiy qismida, 40° j.k. dan janubroqda bu ko‘rsatkichlar har 1 sm 2 maydonda 120-80 kilo kaloriyagacha kamayadi. Bu jihatdan har ikkala materikning bir xil kengliklardagi iqlim sharoiti bir-biriga o‘xshashroq. Lekin Janubiy Amerika bilan Afrika iqlimi o‘rtasida o‘xshashliklardan tashqari keskin farqlar ham bor. Janubiy Amerikaning katta qismi ekvator atrofida joylashgan bo‘lishiga qaramasdan bu yerda Afrikadagiga o‘xshash jazirama issiq, bo‘lmaydi va juda keng maydonlarni egallab yotgan arid iqlimli cho‘l landshaftlari ham yo‘q. Janubiy Amerika iqlimini shakllanishida Atlantika va Tinch okeanlarining roli katta. Ammo materikning g‘arbiy qismi bilan sharqiy qismini iqlimini hosil bo‘lishida okeanlardan keladigan havo massalarining ta’sir doirasi yer yuzasining orografik tuzilishiga ko`ra-ma’lum darajada cheklangan. Atlantika okeanidan keladigan havo massalari materik ichkarisiga-kirib borib, And tog`‘ tizimini sharqiy yon bag‘rigacha ta’sir etadi. Janubiy Amerikaning g‘arbiy chekka qismida And tog`‘ tizimi butun matermk bo‘ylab cho‘zilib, to‘siq vazifasini bajarganligi sababli Tinch okeanidan keladigan havo massalarining ta’sir darajasi Atlantika okeanidan keladigan havo massalarining ta’sir doirasiga nisbatan g‘arbiy tor polosa bilan chegaralanadi. G‘arbiy sohilni faqat iqlimini emas, balki xilma-xil tabiat komplekslarini shakllanishida Peru sovuq oqimining roli katta. Jumladan okean sohiliga yaqin joylashgan Atakama cho‘l landshaftlarining vujudga kelishi Peru sovuq oqimi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bevosita uning hosilasi hisoblanadi. Janubiy Amerikaning asosiy iqlim xususiyatlarini materik ustida shakllanib, yil davomida hukmronlik qiladigan ekvatorial havo massalari belgilaydi. Ekvatorial havo massalari o‘zining sernamligi va doimyn iliqligi bilan mo‘’tadil kenglik havo massalaridan farq qiladi. Shuning uchun ekvatorial va subekvatorial qengliklarda havoning harorati yil davomida deyarli o‘zgarmaydi. Ekvatorial havo massalari bir yarim shardan ikkinchi yarim sharga shimoliy va janubiy ekvatorial passatlar yordamida almashinib, atmosfera yog‘inlarini tez-tez takrorlanib turishiga imkoniyat yaratadi. Materik iqlimining shakllanishida okeanlar ustida hosil bo‘lgan tropik havo massalari ham ishtirok etadi. Okeanlar ustidagi tropik antitsiklonlardan hosil bo‘lgan tropik havo massalari materikka passat shamollari yordamida olib kelinadi. Bu havo massalari o‘zining xususiyatlariga ko‘ra ekvatorial havo massalariga ancha o‘xshash. Materikning tropik kengliklarida dengiz havo massalarining transformatsiyalanish natijasida kontinental havo massasi shakllanadi. U nisbatan quruk va haroratining o‘zgarishi fasllarga qarab sezilib turadi. Materikning eng janubiy qismini iqlimiga mo‘’tadil kenglik havo massalari ta’sir etadi. Janubiy Amerikaning geografik joylashishi uning hududida faqat subekvatorial iqlim mintaqasining ikki marta ekvatordan ham shimolda ham janubda takrorlanishiga imkon beradi. Boshqa iqlim mintaqalari esa ekvatordan faqat janubga tomon almashinib boradi. Materikning g‘arbiy qismidagi And tog`‘ tizimi uchun balandlik iqlim mintaqalari harakterli. Materik yer yuzasining tuzilishi atmosfera sirkulyatsiyasiga hamda harorat va yog‘inlarning notekis taqsimlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, eng ko‘p yog‘ingarchilik g‘arbiy Amazoniyada, Janubiy Chilida va shimoli- g‘arbiy And tog`‘larining g‘arbiy qismida bo‘ladi bu yerlarda yillik yog‘in miqdori 5000-6000 mm ga yetadi. Hatto shimoli-g‘arbiy And tog`‘larining g‘arbiy qismidagi pasttekisliklarda 7000 mm gacha, Qirg‘oq Kordilerasining g‘arbiy yon bag‘rida 10000 mm gacha yomg‘ir yog‘adi. Bu regionda yil davomida yogingarchilik bo‘lmaydigan kunlar sanoqli. Gviana
va Braziliya yassi tog`‘liklarining sharqiy yon bag‘rlarida ham yog‘in juda ko‘p yog‘adi va uning o‘rtacha yillik miqdori 2000-3000 mm ni tashkil etadi, Patagoniya bilan And tog`‘lari o‘rtasidagi zinapoyasimon platolar kontinental tropik havo massalari ta’sirida bo‘lganligi sababli qurg‘oqchil va bu yerga tushadigan yog‘in miqdori 150-250 mm dan oshmaydi. Tinch okeanning And tog`‘lariga tutashgan sohilida, Chilining shimoliy-qismidagi Atakama cho‘lida bir necha yillab muttasil yog‘in yog‘maydi. Janubiy Amerikaning katta qismida haroratning yuqori bo‘lishi namlikning yetarli darajada bo‘lishi o‘simliklarning yil bo‘yi vegetatsiyasini davom etishiga qulay sharoit yaratib beradi Materikda barcha madaniy tropik o‘simliklarni yetishtirish va har yili bir necha marta hosil olish uchun qulay sharoit mavjud. Iqlim mintaqalari. Janubiy Amerikada oltita iqlim mintaqasi mavjud. Bular ekvatorial, shimoliy va janubiy subekvatorial, tropik, subtropik hamda mo‘’tadil mintaqalar. Har qaysi mintaqa bir-biridan havo harorati, yog‘in miqdori va atmosfera sirkulyatsiyasi tafovutlari bilan ajralib turadi. Ekvatorial mintaqa. Bu mintaqaga Amazonka pasttekistliganing o‘rta va g‘arbiy qsimlari, Gviana yassi tog`‘ligi hamda Orinoko pasttekis ligining Amazonkaga tutashgan joylari va Tinch okean qirg‘og‘ining ekvatordan shimolroqdagi qismi kiradi. Ekvatorial mintaqada doimiy nam va issiq harorat 26°, 28°S ni tashkil etadi. Yillik yog‘in miqdori 2000 mm dan ortadi.
iqlim mintaqalari joylashgan. Shimolii subekvatorial iqdim mintaqasiga Karib dengizi sohillari, Orinako pasttekisligi, Gviana pasttekisligi va Gviana yassi tog`‘ligining katta qismi qaraydi. Janubiy subekvatorial iqlim mintaqasiga Braziliya yassi tog`‘ligining shimoliy qismi, Amazonka pasttekisligining janubiy qismi va Tinch okean sohilining ekvatordan to 5° j.k. gacha bo‘lgan qismi kiradi. Shimoliy va janubiy yarim sharlarning subekvatorial mintaqalari materikning sharqiy qismida o‘zaro tutashadi. Subekvatorial iqlim mintaqalarida yozda ekvator havo massalari, qishda tropik havo massalari barqaror bo‘ladi. Shu sababli subekvatorial iqlim uchun sernam yoz va qurg‘oqchil issiq kish fasllari harakterlidir. O‘rtacha oylik harorat 25°, 30° S ni tashkil etadi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori mintaqaning aksariyat qismida 1500-2000 mm dan ortadi. Faqat Braziliya yassi tog`‘ligining shimoli-sharqiy qismiga yiliga 1000 mm dan kamroq yog‘in tushadi. Janubiy yarim sharda, Braziliya yassi tog`‘ligida, Amazonka pasttekisligining janubida ekvatorial musson bilan bog‘liq bo‘lgan yomg‘ir davri dekabrdan maygacha davom etadi. Shimoliy yarim sharda aksincha, yomg‘ir davri maydan dekabrgacha davom etadi. Qishda tropik passatlar hukmronlik qilgan davrda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
tog`‘ligining sharkiy va janubi-sharqiy qismlari, Gran-Chako tekisligi va Tinch okean sohilining 5° va 30° j.k. lar oralig`‘i kiradi. Tropik mintaqaning iqlimi xilma-xil va sharkdan g‘arbga qarab o‘zgarib boradi. Braziliya yassi tog`‘ligining sharqiy va janubi-sharqiy qismlari uchun yil davomida Atlantika okeanidan keladigan tropik havo massalari ta’sirida hosil bo‘lgan nam iqlim harakterli. Atlantika okeanidan keladigan janubi-sharqiy passat shamollari o‘zi bilan nam havo massalarini keltirib, Braziliya yassi tog`‘ligining yon bagirlarini materikning chekka qismlarini yilning aksariyat davrida atmosfera yog‘inlari bilan ta’minlaydi. Bu yerga yil davomida 2000-3000 mm atrofida yog‘in yog‘adi. Tropik mintaqali materikning ichki tekislik qismida, Gran-Chako tekisligida yil bo‘yi yog‘ingarchilik sharqiy regionga nisbatan kam bo‘ladi. (500-1000 mm). Materik ichkarisidagi tropik iqlimda atmosfera yogin rejimi subekvatorial mintaqadagiga o‘xshash bo‘lib, bu yerda ham yogangarchilik asosan yozda, qurg‘oqchilik qishda bo‘ladi. Lekin undan yillik yogin miqdorining kamligi va haroratning keskin o‘zgaruvchanligi bilan farq qiladi. O‘rtacha oylik harorat 20°-28°S ni tashkil etadi. Maksimal harorat (47°S) Gran-Chako tekisligida kuzatilgan. Braziliya yassi tog`‘ligida kishning o‘rtacha harorati 12°-16°S. Tropik mintaqaning Tinch okean qirg‘oqbo‘yi tekisliklari va tog` etaklari uchun cho‘l va chalacho‘l iqlim tiplari harakterli. Bu tipdagi iqlim ayniqsa Atakama cho‘lida yaqqol ifodalangan. Kirg‘oqbo‘yi cho‘l va chalacho‘llarida havoning nisbiy namligi 80% bo‘lishiga qaramasdan yog‘in juda kam yog‘adi. Issiq oyning harorati o‘rtacha bo‘lib, ahyon-ahyonda 20°S"dan oshadi. Tinch okean sohilidagi tekisliklarda Peru sovuq oqimi yomg‘irli bulut emas, balki tuman hosil bo‘lishiga yordam beradi. Tuman tarkibidagi mayda nam zarrachalari qurg‘oqchil tropik cho‘lni namlab turadi. Bu tropik cho‘llarning yagona nam manbai hisoblanadi. Atakama cho‘li yagona namlikni
ana shu tumanlardan oladi. Download 416.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling