Janubiy amerika materigiga umumiy tavsif. Geologik tuzilishi va relyefi, iqlimi va iqlim mintaqalari, ichki suvlari, tuprog‘lari, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Reja


Download 416.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.05.2020
Hajmi416.23 Kb.
#109151
1   2   3
Bog'liq
Onlayn 1-maruza. Janubiy Amerika materigiga umumiy tavsif


Orinoko pasttekisligi. Bu morfostruktura oblasti Karib Andi tog`‘lari bilan Gviana yassi 

tog`‘ligi  oralig`‘idagi  mezozoyning  oxirida  vujudga  kelgan  tektonik  bukilmada  tarkib  topgan. 

Uning shimoli-sharqiy qismi payeogen va neogen davrlarining dengiz yotqiziklari bilan, g‘arbiy 

qismi  And  tog`‘laridan  va  Gviana  yassi  tog`‘ligidan  keltirilgan  kontinental  yotqiziqlar  bilan 

to‘ldirilgan. Orinoko pasttekisligi Lyanos Orinoko pasttekisligi deb ham ataladi. 

Lyanos  Orinoko  yer  yuzasining  tuzilishiga  va  nishabligiga  ko‘ra  ikkita  geomorfologik 

rayonga bo‘linadi. G‘arbiy rayoni Past Lyanos va sharqiy rayoni Baland Lyanos deb ataladi. 

Past Lyanos pasttekislikning g‘arbiy qismini ishg‘ol etib, Guariko va Meta daryolarining 

oralig`‘ida  joylashgan.  Uning  yuzasi  pastqam  tekislik  bo‘lib,  gilli-balchiq  allyuvial  yotqiziqlar 

bilan qoplangan. Hududining aksariyat qismi okean sathidan atigi 40 m baland ko‘tarilgan xolos. 

Faqat Karib Andi etaklari yaqinida  yer  yuzasi 150-200 m balandlikkacha  ko‘tarilgan. Bu  yerda 

daryo vodiylari yaxshi ishlanmagan va chuqurlashmagan. Tog`‘ etagidagi yoyilma konuslargina 

vodiylar bilan kuchli kesilgan.  

Baland  Lyanos  pasttekislikning  Guariko  daryosidan  sharqda  joylashgan  qismini  egallab 

olgan.  U  g‘arbiy  rayonga  nisbatan  balandroq  bo‘lib,  dengaz  yotqiziqlari  bilan  qoplangan.  Yuza 

qismi denudatsion tekislikdan iborat. Baland Lyanos daryo vodiylari bilan kesilgan va balandligi 

200-300 m keladigan platolarga bo‘linib ketgan. Bu platolarni mahalliy xalq "mesas" deb ataydi. 

Orinoko daryosi Atlantika okeaniga qo‘shilish joyida pastqam, tekis va botqoqlangan delta hosil 

qilgan.  Bu  yerda  yangi  tektonik  harakatlar  natijasida  sodir  bo‘lgan  cho‘kish  jarayonining  izlari 

yaxshi saqlangan. 



Amazonka  pasttekisligi.  Amazonka  pasttekisligi  Janubiy  Amerika  platformasining  eng 

yirik  va qadimiy  sineklizasida  tarkib  topgan. Uning  g‘arbiy  qismi  And geosinklinal  oblastining 

chekka bukilgan tektonik stukturasi bilan tutashgan. Shimolda Gviana va janubda Braziliya yassi 

tog`‘liklari  bilan  chegaralangan.  Pasttekislikning  burmalangan  poydevori  bir  necha  ming  metr 

chuqurlikda  yotadi.  Sinekliza  paleozoyning  dengiz  yotqiziqlari  hamda  mezozoy  va 

kaynozoyning  kontinental  yotqiziqlari  bilan  to‘lgan.  Yuqori  qatlamini  issiq  va  nam  iqlim 

sharoitida vujudga kelgan qalin lateritli nurash po`sti tashkil etadi. 

Amazonkaning  g‘arbiy  va  sharqiy  qismlarini  relyef  xususiyatlari  Lyanos  Oriniko 

pasttekisliganing  relyef  xususiyatlariga  o‘xshab  ketadi.  Uning  g‘arbiy  qismi  ancha  past,  tekis, 

Amazonka  daryosining  o‘rta  oqimida,  Manaus  shahri  yaqinida  pasttekislikning  yuzasi  okean 

sathidan atiga 26 m baland. And tog`‘ etaklarida yaqinida balandlik zo‘rg‘a 150 m gacha yotadi. 

Bu regaonda daryo vodiylari chuqur kesilmagan. 



Amazonka  pastttekisligining  sharqiy  qismi,  g‘arbiy  qismiga  nisbatan  daryo  vodiylari 

bilan  chuqur  kesilgan,  daryo  oraliqlari  150-300  m  gacha  ko‘tarilib  tekis  yuzali  platolar  hosil 

qiladi. Pasttekislikning shimoliy va janubiy chekka qanotlarida kristall jinsli qalqonlar asta-sekin 

yuzaga ko‘tarilib yassi tog`‘liklar bilan tutashib ketadi. Amazonka irmoqlarining yuqori oqimlari 

chuqur  kesgan  vodiylarida  qadimiy  kristall  jinslar  ochilib,  yuzaga  chiqib  qolgan  va  ostonalar 

hosil  qilgan.  Pasttekislikning  g‘arbiy  va  janubi-g‘arbiy  qismlari  uchun  relyefning  ko‘tarilish 

tendensiyasi  harakterli.  Bu  And  tog`‘laridan  oqizib  kelinadigan  daryo  yotqiziqlarining 

to‘planishi va yoyilma konuslarning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. 



Markaziy tekisliklar. Paragvay, Parana va Urugvay daryo havzalarida, Janubiy Amerika 

platformasining  bukilgan  qismida,  And  tog`‘lari  bilan  Braziliya  yassi  tog`‘ligi  oralig`‘ida 

Markaziy tekisliklar joylashgan. Bu tekislik meridional ravishda shimoldan janubga qarab katta 

masofaga cho‘zilgan. Uning morfostrukturasi Gran-Chako, Mamore-Boni tekisliklaridan hamda 

La-Plata pasttekisligidan tarkib topgan. 

Markaziy  tekisliklarning  shimoli-g‘arbidagi  Gran-Chako  tog`‘oldi  tekisligi  o‘zining 

relyef  xususiyatlariga  ko‘ra  Shimoliy  Amerikaning  Buyo`q  tekisliklariga  o‘xshaydi.  Uning  yer 

yuzasi  okean  sathidan  600-800  m  baland  ko‘tarilgan,  daryo  vodiylari  bilan  chuqur  kesilgan. 

Yuza  qismi  tog`‘lardan  keltirilgan  kontinentel  yotqizikdardan  iborat.  Janubiy  pasaygan  qismi 

to‘rtlamchi davr allyuvial, flyuvioglyatsial va lyossimon jinslar bilan qoplangan. 

Shimolda  Mamore-Paragvay  daryolari  oralig`‘ida  joylashgan  baland  tekislik  platformali 

zaminning ko‘tarilgan bir qismi bo‘lib, And sturukturasiga yaqin. Uning relyef shakllari orasida 

baland nuqtasi 1400 m dan oshadigan balandliklar uchrab turadi. 

La-Plata pasttekisligi Markaziy tekisliklarning eng pastqam, botqoqlangan regaoni bo‘lib, 

u  struktura  jihatdan  Janubiy  Amerika  platformasiga  qarashli  sineklizaning  katta  qismi 

hisoblanadi. Past-tekislik Braziliya yassi tog`‘ligi, And tog`‘lari va Pampa Serralarida yemirilgan 

tog`‘ jinslarini daryo suvlari  yordamida oqizib kelib yotkizishi tufayli hosil bo‘lgan. Keltirilgan 

kontinental  yotqiziqlarning  qalinligi  Pampada  ming  metrdan,  boshqa  uchastkalarda  bir  necha 

ming  metrgacha  boradi.  Pampaning  janubi-sharqiy  qismida  qoldiqli  tog`‘  massivlari  -  Pampa 

Serralari joylashgan bo‘lib, ular Buenos-Ayres Seralari deb ham ataladi. 



Prekordilera  va  Pampa  Serralari.  Argentinaning  shimoli-g‘arbiy  qismida  balandligi 

2000 m dan 6000 m. gacha ko‘tarilgan Prekordilera tog`‘lari va Pampa Serralari platformaning 

chekka  qismida  neogendagi  vertikal  harakatlar  natijasida  vujudga  kelgan.  Ularning  hosil 

bo‘lishida  And  geosinklinal  zonasida  sodir  bo‘lgan  alp  burmalanishining  roli  katta.  Tog`‘ 

tizmalari oralig`‘ida kontinental yotqiziqlar bilan to‘lgan cho‘kmalar mavjud. Pampa Serralari va 

Prekordilera deb ataluvchi bu tog`‘larning bir qismi And tizimi tarkibiga qaraydi. 



Patagoniya yassi tog`‘ligi. Materikning eng janubi-sharkiy qismida joylashgan va gersin 

burmalanishida  vujudga  kelgan  platforma  Patagoniya  Yassi  tog`‘ligining  asosiy  strukturasini 

tashkil  etadi.  Yassi  tog`likning  shimolidagi  gersin  strukturasi  yer  yo`ziga  chiqib  yotgan  bo‘lsa, 

janubida u bo‘r davri cho‘kindilari va vulkaniq jinslar bilan qoplangan. Iqlimi quruq va yer usti 

suvlari  kam  bo‘lganligi  sababli  yassi  tog`‘likning  yuzasi  kam  parchalangan.  Relyef  shakllarida 

zinapoyasimon  platolar  hukmronlik  qiladi.  Yassi  tog`‘likning  g‘arbiy  qismi  And  geosinklinali 

ta’sirida  bo‘lganligi  uchun  2000m  balandlikkacha  ko‘tarilgan.  Qolgan  qismining  o‘rtacha 

balandligi  1000-1500  m  atrofida  bo‘lib,  Atlantika  okeani  qirg‘oqlarida  tik  yon  bag‘rli  jarliklar 

hosil qilgan. 

Janubiy  Amerikaning  shimoliy  va  g‘arbiy  qismida  joylashgan  Andli  G‘arb  Andsiz 

Sharqqa nisbatan tektonik va morfologik jihatdan juda murakkab tuzilgan tog`‘ tizimi bir-biriga 

paralel ravishda joylashgan orografik zonalardan, ichki platformadan va tektonik cho‘kmalardan 



tarkib  topgan.  Ular  Tinch  okeanu  sohillaridan  materik  ichkarisi  tomon  birin-ketin  almashinib 

boradi. 


Tinch okeanu sohillarida uncha baland bo‘lmagan platosimon Qirg‘oq Kordilera tizmalari 

joylashgan.  Ular  bo‘ylama  tektonik  qirg‘oq  hosil  qilib,  okean  tomon  tik  tushgan.  Qirg‘oq 

Kordilerasi  uzluksiz polosa  hosil  qilmasdan  materikning shimoliy  chekka  qismi va  20° j.k.  dan 

janubda  uchraydi.  Ular  daryo  vodiylari  bilan  kuchli  kesilgan,  qumtosh,  ohaktosh,  mergel  va 

intuziv jinslardan tarkib topgan. 

And  tog`‘  tizimining  asosiy  qismi  mezozoy  va  kaynozoyda  yuz  bergai  burmalanishlar 

jarayonida shakllangan. Tog`‘larning tuzilishida so‘ngan va harakatdagi vulkanlarning vulkaniq 

jinslari ham katta rol o‘ynaydi. 

And  tog`‘larida  so‘ngan  va  harakatdagi  vulkanlar  keng  tarqalgan,  B.P.  Jernakovning 

ma’lumotiga ko`ra bu yerda 49 ta harakatdagi va 35 ta so‘ngan vulkanlar mavjud. Vulkanlarning 

asosiy qismi tektonik yoriqlar bo‘ylab joylashgan. Tektonik yoriqlar va uzilmalar natijasida And 

tog`‘  tizimida  tik  yon  bag‘rli  qoyalar  hosil  bo‘lgan.  Vulkanlarning  geografik  tarqalishi  And 

tizimi  bo‘ylab  bir  xil  emas.  Ularning  keng  tarqalgan  regionlari  Ekvador  Andi,  Markaziy  And 

(13°  va  29°  j.k.  oralig`‘i)  hamda  32°  j.k  dan  to  materikning  janubigacha  bo‘lgan  qismi,  ya’ni 

Chili-Argentina Andi va Patagoniya Andi hisoblanadi. 

 

Kordileralar deb ataluvchi And tog`‘lari bir-biriga parallel joylashgan va uzoq masofaga 



cho‘zilgan  tog`‘  zanjirlarini,  ular  tutashgan  joylarda  eng  baland  tog`‘  cho‘qqilarini  va  tog`‘ 

tugunlarini hosil qiladi. Tog`‘ cho‘qqilari orasida so‘ngan va harakatdagi vulkanlar ko‘pchilikni 

tashkil  etadi.  Janubiy  Amerika  Andida  na  faqat  materikning  eng  baland  nuqtasi,  balki  butun 

g‘arbiy  yarim  sharning  ham  eng  baland  nuqtasi  hisoblangan  Akonkagua  tog`‘i  6960  m 

balandlikkacha  ko`tarilib  turibdi.  Katta  masofaga  kengaygan  And  tog`‘  tizmalari  oralig`‘ida 

baland  yassi  tog`‘liklar  yastanib  yotibdi.  Ular  And  yassi  tog`‘liklari  yoki  Punalar  deb  ataladi. 

Punalarning  yuzasi  okean  sathidan  3500-4500  m  balandlikda  joylashgan.  And  tog`‘  tizimidagi 

ko‘pchilik cho‘qqilarning va vulkanlarning balandligi 6000 m dan oshadi va hatto 7000 m gacha 

yetadi.  Tog`‘larning  eng  baland  qismlari  uchun  alp  tipidagi  relyef  shakllari  harakterli. 

Ye.N.Lukashova And tog`‘ tizimi tarkibida 7 ta morfostruktura oblastini ajratadi: 1. Karib Andi. 

2.  Shimoli-G‘arbiy  And.  3.  Ekvador  Andi.  4.  Peru  Andi.  5.  Markaziy  And.  6.  Chili-Argentina 

Andi. 7. Patagoniya Andi. 



 Foydali  qazilmalari.  Janubiy  Amerikaning  ma’danli  resurslari  uning  barcha  hududlari 

bo‘ylab  bir  tekisda  tekshirilgan  emas.  Tadqiq  etish  natijasida  aniqlangan  va  qazib 

chiqarilayotgan  foydali  qazilmalarning  geografik  tarqalishi  va  joylashishi  materikning  geologik 

strukturasi  bilan  bevosita  bog‘liq.  Binobarin,  Janubiy  Amerikaning  qadimiy  kristalli 

qalqonlarida,  vulkaniq  va  tektonik  jarayonlar  natijasida  hosil  bo‘lgan  magmatik  intruziv  va 

effuziv  jinslarda  asosan  rudali,  rangli  va  nodir  metallar  keng  tarqalgan.  Platformaning  botiq  va 

bukilmalarida,  qirg‘oqbo‘yi  pasttekisliklarida  to‘plangan  cho‘kindi  jinslar  qatlamida  rudasiz 

foydali qazilmalar-neft, tabiiy gaz, toshko‘mir, selitra konlari ko‘pchilikni tashkil etadi.  

Braziliya  yassi  tog`‘ligining  janubi-sharqiy  qismida  va  Gviana  yakki  tog`‘ligining 

shimolida  juda  katta  temir  va  marganes  ruda  konlari  bor.  Shuningdek  Braziliya  yassi 

tog`‘ligining  janubi-sharqiy  chekkasida  va  Gviana  yassi  tog`‘ligining  shimoli-sharqida  hosil 

bo‘lishi  qadimiy  magmatik  intruziv  jinslar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  oltin,  olmos,  radioktiv 

elementlar, boksit va nikel konlari keng tarqalgan. Hozirgi kunda bu yassi tog`‘liklardan boksit 

konlarining juda katta zahiralari topilgan.  

Rudali konlarning va rangli metallarning asosiy zahiralari And tog`‘ tizimida joylashgan. 

Venesuelada  oltin,  marganes,  olmos,  temir  rudasi.va  neft  konlari  bor.  Kolumbiyaning  shimoli-



g‘arbiy  qismidagi  And  tog`‘larida  va  tog`‘  oralig`‘i  botiqlarida  mis,  platina,  oltin,  neft  va 

toshko‘mir  konlari  joylashgan.  Ekvadorning  Tinch  okean  sohilidan  neft,  tog`‘laridan  oltin  va 

kumush  qazib  olinadi.  Peru  Andida  oltin,  simob,  vanadiy,  vismut,  mis,  toshko‘mir  konlari  va 

polimetallar keng tarqalgan. 

Janubiy  Amerikada  foydali  qazilmalarga  eng  boy  region.  Chili  hisoblanadi.  Uning 

hududida  temir,  marganes  rudalari,  radioaktiv  elementlar,  simob,  oltin,  molibden  va  boshqa 

qazilma boyliklar ko‘plab uchraydi. Chilida dunyodagi eng yirik mis konlaridan biri joylashgan. 

Hatto  tog`‘  tizimining  nomi  ham  "anta"  so‘zidan  kelib  chiqqan.  Anta  inklar  tilida  mis  degan 

ma’noni  anglatadi.  Chilining  Tinch  okean  soxillarida  va  Atakama  cho‘lida  dunyoda  yagona 

bo‘lgan  tabiiy  selitra  konlari  uchraydi.  Amazonka  pasttekisligi,  Braziliya  yassi  tog`‘ligi  va 

Patagoniya  platformasi  hududlaridan  neft  konlari  topilgan.  Bu  foydali  qazilmalar  Jano‘biy 

Amerika davlatlarining xalq xo‘jaligini rivojlanishida asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.  



 Iqlimi. Janubiy Amerikaning ayrim iqlim xususiyatlari Afrikaning iqlim xususiyatlariga 

o‘xshab  ketadi.  Bunga  sabab  har  ikkala  materik  ekvatorning  ikki  tomonida  joylashgan.  Biroq 

Janubiy Amerikaning asosiy qismi ekvatordan janubda, kamroq qismi esa shimolda joylashgan. 

Afrikaning hududi esa ekvatorning har ikkala tomonida simmetrik joylashgan. 

Materiknng  kengaygan  katta  qismi  ekvatorial  va  tropik  kengliklarga  toraygan  janubiy 

qismi  subtropik  va  mo‘’tadil  kengliklarga  qaraydi.  Janubiy  tropik  chiziq  materikning  Rio-de-

Janeyro shahrining janubrog‘idan o‘tadi. 

Janubiy  Amerikaning  asosiy  qismi  Afrikaga  o‘xshash  juda  katta  miqdorda  quyosh 

radiatsiyasini qabul qiladi. Bu yerda quyoshdan keladigan umumiy radiatsiya miqdori har 1 sm

2

 



maydonda  140-160  kilo  kaloriyami  tashkil  etadi.  Materikning  janubiy  qismida,  40°  j.k.  dan 

janubroqda  bu  ko‘rsatkichlar  har  1  sm

2

  maydonda  120-80  kilo  kaloriyagacha  kamayadi.  Bu 



jihatdan har ikkala materikning bir xil kengliklardagi iqlim sharoiti bir-biriga o‘xshashroq. Lekin 

Janubiy Amerika bilan Afrika iqlimi o‘rtasida o‘xshashliklardan tashqari keskin farqlar ham bor. 

Janubiy  Amerikaning  katta  qismi  ekvator  atrofida  joylashgan  bo‘lishiga  qaramasdan  bu 

yerda Afrikadagiga o‘xshash jazirama issiq, bo‘lmaydi va juda keng maydonlarni egallab yotgan 

arid iqlimli cho‘l landshaftlari ham yo‘q. 

Janubiy  Amerika  iqlimini  shakllanishida  Atlantika  va  Tinch  okeanlarining  roli  katta. 

Ammo  materikning  g‘arbiy  qismi  bilan  sharqiy  qismini  iqlimini  hosil  bo‘lishida  okeanlardan 

keladigan  havo  massalarining  ta’sir  doirasi  yer  yuzasining  orografik  tuzilishiga  ko`ra-ma’lum 

darajada cheklangan. 

Atlantika okeanidan keladigan havo massalari materik ichkarisiga-kirib borib, And tog`‘ 

tizimini sharqiy yon bag‘rigacha ta’sir etadi. Janubiy Amerikaning g‘arbiy chekka qismida And 

tog`‘  tizimi  butun  matermk  bo‘ylab  cho‘zilib,  to‘siq  vazifasini  bajarganligi  sababli  Tinch 

okeanidan  keladigan  havo  massalarining  ta’sir  darajasi  Atlantika  okeanidan  keladigan  havo 

massalarining  ta’sir  doirasiga  nisbatan  g‘arbiy  tor  polosa  bilan  chegaralanadi.  G‘arbiy  sohilni 

faqat  iqlimini  emas,  balki  xilma-xil  tabiat  komplekslarini  shakllanishida  Peru  sovuq  oqimining 

roli  katta.  Jumladan  okean  sohiliga  yaqin  joylashgan  Atakama  cho‘l  landshaftlarining  vujudga 

kelishi Peru sovuq oqimi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bevosita uning hosilasi hisoblanadi.  

Janubiy Amerikaning asosiy iqlim xususiyatlarini materik ustida shakllanib, yil davomida 

hukmronlik  qiladigan  ekvatorial  havo  massalari  belgilaydi.  Ekvatorial  havo  massalari  o‘zining 

sernamligi  va  doimyn  iliqligi  bilan  mo‘’tadil  kenglik  havo  massalaridan  farq  qiladi.  Shuning 

uchun  ekvatorial  va  subekvatorial  qengliklarda  havoning  harorati  yil  davomida  deyarli 

o‘zgarmaydi.  Ekvatorial  havo  massalari  bir  yarim  shardan  ikkinchi  yarim  sharga  shimoliy  va 



janubiy  ekvatorial  passatlar  yordamida  almashinib,  atmosfera  yog‘inlarini  tez-tez  takrorlanib 

turishiga imkoniyat yaratadi. 

Materik  iqlimining  shakllanishida  okeanlar  ustida  hosil  bo‘lgan  tropik  havo  massalari 

ham ishtirok etadi. Okeanlar ustidagi tropik antitsiklonlardan hosil bo‘lgan tropik havo massalari 

materikka passat shamollari yordamida olib kelinadi. Bu havo massalari o‘zining xususiyatlariga 

ko‘ra ekvatorial havo massalariga ancha o‘xshash. Materikning tropik kengliklarida dengiz havo 

massalarining transformatsiyalanish natijasida kontinental havo massasi shakllanadi. U nisbatan 

quruk va haroratining o‘zgarishi fasllarga qarab sezilib turadi. Materikning eng janubiy qismini 

iqlimiga mo‘’tadil kenglik havo massalari ta’sir etadi. 

Janubiy  Amerikaning  geografik  joylashishi  uning  hududida  faqat  subekvatorial  iqlim 

mintaqasining  ikki  marta  ekvatordan  ham  shimolda  ham  janubda  takrorlanishiga  imkon  beradi. 

Boshqa  iqlim  mintaqalari  esa  ekvatordan  faqat  janubga  tomon  almashinib  boradi.  Materikning 

g‘arbiy qismidagi And tog`‘ tizimi uchun balandlik iqlim mintaqalari harakterli. 

Materik  yer  yuzasining  tuzilishi  atmosfera  sirkulyatsiyasiga  hamda  harorat  va 

yog‘inlarning notekis taqsimlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 

Masalan,  eng  ko‘p  yog‘ingarchilik  g‘arbiy  Amazoniyada,  Janubiy  Chilida  va  shimoli-

g‘arbiy And tog`‘larining  g‘arbiy qismida bo‘ladi  bu  yerlarda  yillik  yog‘in miqdori 5000-6000 

mm ga  yetadi. Hatto shimoli-g‘arbiy And tog`‘larining g‘arbiy qismidagi pasttekisliklarda 7000 

mm gacha, Qirg‘oq Kordilerasining g‘arbiy yon bag‘rida 10000 mm gacha yomg‘ir yog‘adi. Bu 

regionda  yil  davomida  yogingarchilik  bo‘lmaydigan  kunlar  sanoqli.  Gviana

 

va  Braziliya  yassi 



tog`‘liklarining  sharqiy  yon  bag‘rlarida  ham  yog‘in  juda  ko‘p  yog‘adi  va  uning  o‘rtacha  yillik 

miqdori  2000-3000  mm  ni  tashkil  etadi,  Patagoniya  bilan  And  tog`‘lari  o‘rtasidagi 

zinapoyasimon  platolar  kontinental  tropik  havo  massalari  ta’sirida  bo‘lganligi  sababli 

qurg‘oqchil va bu yerga tushadigan yog‘in miqdori 150-250 mm dan oshmaydi. Tinch okeanning 

And  tog`‘lariga  tutashgan  sohilida,  Chilining  shimoliy-qismidagi  Atakama  cho‘lida  bir  necha 

yillab muttasil yog‘in yog‘maydi. 

Janubiy  Amerikaning  katta  qismida  haroratning  yuqori  bo‘lishi  namlikning  yetarli 

darajada  bo‘lishi  o‘simliklarning  yil  bo‘yi  vegetatsiyasini  davom  etishiga  qulay  sharoit  yaratib 

beradi  Materikda  barcha  madaniy  tropik  o‘simliklarni  yetishtirish  va  har  yili  bir  necha  marta 

hosil olish uchun qulay sharoit mavjud. 



 Iqlim mintaqalari. Janubiy Amerikada oltita iqlim mintaqasi mavjud. Bular ekvatorial, 

shimoliy  va  janubiy  subekvatorial,  tropik,  subtropik  hamda  mo‘’tadil  mintaqalar.  Har  qaysi 

mintaqa  bir-biridan  havo  harorati,  yog‘in  miqdori  va  atmosfera  sirkulyatsiyasi  tafovutlari  bilan 

ajralib turadi. 



Ekvatorial  mintaqa.  Bu  mintaqaga  Amazonka  pasttekistliganing  o‘rta  va  g‘arbiy 

qsimlari, Gviana yassi tog`‘ligi hamda Orinoko pasttekis ligining Amazonkaga tutashgan joylari 

va  Tinch  okean  qirg‘og‘ining  ekvatordan  shimolroqdagi  qismi  kiradi.  Ekvatorial  mintaqada 

doimiy  nam  va  issiq  harorat  26°,  28°S  ni  tashkil  etadi.  Yillik  yog‘in  miqdori  2000  mm  dan 

ortadi.

 

Subekvatorial  mintaqalar.  Ekvatorial  mintaqadan  shimol,  va  janubda  subekvatorial 



iqlim mintaqalari joylashgan. Shimolii subekvatorial iqdim mintaqasiga Karib dengizi sohillari, 

Orinako  pasttekisligi,  Gviana  pasttekisligi  va  Gviana  yassi  tog`‘ligining  katta  qismi  qaraydi. 

Janubiy subekvatorial iqlim mintaqasiga Braziliya yassi tog`‘ligining shimoliy qismi, Amazonka 

pasttekisligining  janubiy  qismi  va  Tinch  okean  sohilining  ekvatordan  to  5°  j.k.  gacha  bo‘lgan 

qismi  kiradi.  Shimoliy  va  janubiy  yarim  sharlarning  subekvatorial  mintaqalari  materikning 

sharqiy qismida o‘zaro tutashadi. 



Subekvatorial  iqlim  mintaqalarida  yozda  ekvator  havo  massalari,  qishda  tropik  havo 

massalari  barqaror  bo‘ladi.  Shu  sababli  subekvatorial  iqlim  uchun  sernam  yoz  va  qurg‘oqchil 

issiq kish fasllari harakterlidir. O‘rtacha oylik harorat 25°, 30° S ni tashkil etadi. O‘rtacha yillik 

yog‘in miqdori mintaqaning aksariyat qismida 1500-2000 mm dan ortadi. Faqat Braziliya yassi 

tog`‘ligining shimoli-sharqiy qismiga yiliga 1000 mm dan kamroq yog‘in tushadi. 

Janubiy  yarim  sharda,  Braziliya  yassi  tog`‘ligida,  Amazonka  pasttekisligining  janubida 

ekvatorial  musson  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  yomg‘ir  davri  dekabrdan  maygacha  davom  etadi. 

Shimoliy yarim sharda aksincha, yomg‘ir davri maydan dekabrgacha davom etadi. Qishda tropik 

passatlar hukmronlik qilgan davrda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 

Tropik  mintaqa.  Janubiy  Amerikaning  tropik  iqlim  mintaqasiga  Braziliya  yassi 

tog`‘ligining sharkiy va janubi-sharqiy qismlari, Gran-Chako tekisligi va Tinch okean sohilining 

5° va 30° j.k. lar oralig`‘i kiradi. Tropik mintaqaning iqlimi xilma-xil va sharkdan g‘arbga qarab 

o‘zgarib boradi.  

Braziliya  yassi  tog`‘ligining  sharqiy  va  janubi-sharqiy  qismlari  uchun  yil  davomida 

Atlantika okeanidan keladigan tropik havo massalari ta’sirida hosil bo‘lgan nam iqlim harakterli. 

Atlantika okeanidan keladigan janubi-sharqiy passat shamollari o‘zi bilan nam havo massalarini 

keltirib,  Braziliya  yassi  tog`‘ligining  yon  bagirlarini  materikning  chekka  qismlarini  yilning 

aksariyat davrida atmosfera yog‘inlari bilan ta’minlaydi. Bu yerga yil davomida 2000-3000 mm 

atrofida yog‘in yog‘adi.  

Tropik  mintaqali  materikning  ichki  tekislik  qismida,  Gran-Chako  tekisligida  yil  bo‘yi 

yog‘ingarchilik  sharqiy  regionga  nisbatan  kam  bo‘ladi.  (500-1000  mm).  Materik  ichkarisidagi 

tropik  iqlimda  atmosfera  yogin  rejimi  subekvatorial  mintaqadagiga  o‘xshash  bo‘lib,  bu  yerda 

ham  yogangarchilik  asosan  yozda,  qurg‘oqchilik  qishda  bo‘ladi.  Lekin  undan  yillik  yogin 

miqdorining  kamligi  va  haroratning  keskin  o‘zgaruvchanligi  bilan  farq  qiladi.  O‘rtacha  oylik 

harorat  20°-28°S  ni  tashkil  etadi.  Maksimal  harorat  (47°S)  Gran-Chako  tekisligida  kuzatilgan. 

Braziliya yassi tog`‘ligida kishning o‘rtacha harorati 12°-16°S. 

Tropik mintaqaning Tinch okean qirg‘oqbo‘yi tekisliklari va tog` etaklari uchun cho‘l va 

chalacho‘l  iqlim  tiplari  harakterli.  Bu  tipdagi  iqlim  ayniqsa  Atakama  cho‘lida  yaqqol 

ifodalangan.  Kirg‘oqbo‘yi  cho‘l  va  chalacho‘llarida  havoning  nisbiy  namligi  80%  bo‘lishiga 

qaramasdan  yog‘in  juda  kam  yog‘adi.  Issiq  oyning  harorati  o‘rtacha  bo‘lib,  ahyon-ahyonda 

20°S"dan oshadi. Tinch  okean sohilidagi tekisliklarda Peru sovuq oqimi  yomg‘irli bulut  emas, 

balki  tuman  hosil  bo‘lishiga  yordam  beradi.  Tuman  tarkibidagi  mayda  nam  zarrachalari 

qurg‘oqchil  tropik  cho‘lni  namlab  turadi.  Bu  tropik  cho‘llarning  yagona  nam  manbai 

hisoblanadi. Atakama cho‘li yagona namlikni

 

ana shu tumanlardan oladi.  



Download 416.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling