Janubiy-garbi Turkmanistonning bronza davri arxeologiyasi


Download 31.16 Kb.
bet1/4
Sana04.10.2023
Hajmi31.16 Kb.
#1691386
  1   2   3   4
Bog'liq
Тарих


Reja:
1. Janubiy turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi haqida
2. Namozgoh, Oltintepa, Marvdagi arxeologik tadqiqotlar tarixi
3. Arxeologik kompleks ekspeditsiya a’zolari haqida ma’lumotlar

Janubiy-garbi Turkmanistonning bronza davri arxeologiyasi. Janubiy Turkmaniston bronza boshqa davrlar kabi 1904 yilda R.Pampelli va G.Shmidtlarning Anovtepa yodgorligida amalga oshirgan arxeologik qazishmalaridan ma'lum bo'lib, Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyasining tashkil etilishi arxeologik tadqiqot ishlari, xususan bronza davrini o'rganish ko'lami kengayadi. Turli yillarda rossiyalik olimlardan B.A.Kuftin, V.M.Masson, I.N.Xlopin, V.I.Sarianidi, A.F.Ganiyalin, turkmanistonlik arxeologiklardan D.D.Durdiyev, Е.Atagariyev O.K.Berdiyevlar tamonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar davomida bronza davriga oid qatlamlar qisman yoki toliq o'rganilgan. Mazkur tadqiqot ishlarida paleogeograf olima N.G.Lisitsina va peleozoolog N.M.Еrmolovalarning ham tadqiqotlarini ta'kidlab o'tish zarur.
Janubi-garbiy Turkmanistonning ilk va rivojlangan bronza davri V.M.Massonning 80-yillarga qadar amalga oshirgan arxeologik tadqiqotlari asosida quyidagi (Anov 3) bosqichlar doirasida belgilangan:
1. Ilk bosqichi (Nomozgoh 4) - mil. av. 2750-2250 yillar
2. Rivojlangan bosqichi (Nomozgoh 5) - mil. av. 2250-1850 yillar
Nomozgoh 4 bosqichi madaniy qatlamlari yodgorliklarda 4-9 metrni tashkil etadi. Bu bosqich sirtiga monoxrom geometrik naqshlar yoki hayvon (echki), qisman qushlar va quyosh belgilari tasviri berib, ishlangan sopol idishlar an'anasi urf bo'lgan. Bosqich oxirlarida kulolchilik charxidan foydalanish boshlanadi. Nomozgoh 5 bosqichi madaniy qatlamlari 2,5 metrni tashkil etadi. Sopol buyumlari kulolchilik charxida ishlanib, sirtiga qizgish-oq, sariq yoki qisman pushti rangdagi angob berib ishlangan sopol idishlar paydo bo'ladi. Bu bosqichda Nomozgoh 4 davri naqshli sopollari asta-sekin muomaladan chiqib boradi.
Bu davr manzilgohlarining ikki shakli: 10 va undan ortiq ga. maydonni egallagan “markaz” manzilgohlar va 0,25-1 ga. maydondan iborat qishloqlardan iborat yodgorliklar ajralib turadi. Yirik maydonni egallagan manzilgohlar sirasiga Oltindepa, Nomozgohdepa, Dushakdagi Uluqdepa, Kaushutdagi Qoradepa va Tajang va Murgob daryolari oraligidagi Hapavuzdepa yodgorliklarini kiritish mumkin.
Qishloq turidagi yodgorliklardan Ashgabad yaqinidagi Oqdepa, Shordepa, Anov yodgorligining janubiy tepaligi va boshqalar shu kabi yodgorliklari toliq yoki qisman bronza davri dehqon jamoalari hayotidan darak beradi.
Markaziy manzilgohlardan Nomozgohdepa va Oltindepa kabi yodgorliklar nisbatan yaxshi o'rganilgan. 
Download 31.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling