Janubiy Koreya Markaziy Osiyo


Download 20 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi20 Kb.
#153583
Bog'liq
yangiliklar


O’zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston delegatsiyasi “Janubiy Koreya – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumida ishtirok etadi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya “Janubiy Koreya – Markaziy Osiyo” 13-hamkorlik forumida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari boshchiligidagi delegatsiya 2020-yilning 24–27-noyabr kunlari Seul shahrida tashrif bilan bo‘ladi.

Forum doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Avvalroq Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 15–22-noyabr kunlari AQShga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida tashqi ishlar vaziri Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller bilan uchrashdi.

Delegatsiya 20-noyabr kuni O‘zbekiston–AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining sakkizinchi raundida ishtirok etdi. Shuningdek, Abdulaziz Komilov AQShdagi o‘zbekistonliklarga davlat mukofotlarini topshirdi.

Minerva City — Toshkent shahrining yangi markazi

Yosh avlodning ta’lim olishi davlatning ustuvor vazifasi sanalib, doimiy diqqat-e’tiborida bo‘lgan bugungi kunda MJ Developersning Minerva City singari loyihasi zamonaviyligi, ko‘lami, istiqbollari va texnologik jihatidan har qachongidan ham dolzarb sanaladi.

Yirik loyihalar qurilish-kompaniya asoschisi — dunyoga mashhur metsenat va sarmoyador Murari Lal Jalan ta’lim, tibbiyot va xayriya fondlariga mablag‘ ajratadi. Avvalo tadbirkor dunyo bo‘ylab turmush darajasini oshirish va uni butunlay yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasi bilan tanilgan. Ushbu missiyani hamma joyda uni qo‘llab-quvvatlaydigan va unga amal qiladigan uning MJ Developers amalga oshiradi.

O‘z nomiga ko‘ra (Minerva — donolik ma’budasi, hunarmandlar, yozuvchilar, shoirlar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar rahnamosi) loyiha o‘zida yuksak qadriyatni saqlaydi, strategik maqsadlarni ko‘zlaydi va kelajakni quradi. Minerva City – 100 gektarlik, shahar ichida shahar konsepti asosida qurilajak yangi yirik loyiha. Ushbu ulkan hududda IT-park, xalqaro universitet va maktab, talabalar uchun xostel, eng yaxshi ma’ruzachilar taklif qilingan jahon darajasidagi ta’lim joylashadi. Keng ko‘lamli loyihani ishlab chiqishda odamlarning uydan o‘qishgacha yoki ishgacha va aksincha bulgan yo‘lga sarflaydigan vaqtlari hisobga olingan. Shuning uchun Minerva City hududi vaqtni maksimal samarali va oqilona sarflash uchun puxta o‘ylab loyihalashtirilgan. Yangi ta’lim muassasalari nafaqat mustahkam bilim olishga, balki Minerva City’ning har bir aholisi uchun turmush darajasini yaxshilashga imkoniyat beradi.



Putin Tog‘li Qorabog‘ning maqomiga ta’rif berdi

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ning hududi va unga yondosh barcha tumanlar “xalqaro huquq nuqtayi nazaridan” Ozarbayjonga tegishli, chunki Armaniston ushbu hududlarning mustaqilligini tan olmagan. Bu kabi fikrni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Moskva. Kreml. Putin” dasturining efiri davomida bildirib o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”. “Axir Armaniston Tog‘li Qorabog‘ning mustaqilligi va suverenitetini tan olmagan. Bu esa xalqaro huquq nuqtayi nazaridan Tog‘li Qorabog‘ va uning atrofidagi barcha tumanlar Ozarbayjonning ajralmas qismi ekanligini bildirgan va bildiradi”, — deydi Rossiya prezidenti. Biroq Putinning ta’kidlashicha, hududning yakuniy maqomi hali belgilanmagan. “Biz kvo-maqomini (urushdan oldingi holati — tahr.) saqlab qolishga kelishib oldik. Keyinchalik nima bo‘lishi endi hal etiladi yoki ushbu jarayonning kelajakdagi ishtirokchilari, rahbarlari hal etishi kerak”, — deya qo‘shimcha qiladi Putin.\

Turkiya harbiy kuchlarini Ozarbayjonga jo‘natishga tayyorlanmoqda

Turkiya Ozarbayjonga o‘z qo‘shinlarini yuborishni boshlaydi, deya xabar bermoqda Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akarga tayanib “Interfaks”. “Yaqin kelajakda turkiyalik harbiylar Ozarbayjonga jo‘nab ketadi. Turkiya qurolli kuchlarining quruqlikdagi kuchlari mashg‘ulotlarini yakunladi”, – deb vazirning so‘zlarini keltirgan Anadolu agentligi.

Noyabr oyida mamlakat parlamenti Turkiya harbiylarini Ozarbayjonga jo‘natishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.

Ushbu harbiy xizmatchilar Rossiya bilan birgalikda tuzilayotgan Tog‘li Qorabog‘ mojarosi zonasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha markaz ishiga jalb etilishi taxmin qilinmoqda. Mandat muddati bir yil etib belgilangan.

Ozarbayjon hududiga Turkiya qurolli kuchlarini yuborish haqidagi memorandum loyihasi 16-noyabr kuni ko‘rib chiqish uchun kiritilgan edi. Hujjatga ko‘ra, harbiylar bir yil mobaynida Boku va Yerevan o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilinishi ustidan nazorat olib boradi.

Hukumatning qayd etishicha, nizo hududiga harbiylarni jo‘natish Turkiya milliy manfaatlariga muvofiq keladi.

Shu bilan birga, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tinchlikparvarlari Tog‘li Qorabog‘ hududiga kirmaydi. Turkiya faqatgina Ozarbayjon hududida turib vaziyatni kuzatadi, deya aniqlik kiritgandi Lavrov.

Tog‘li Qorabog‘ mojarosining yakuni, Peru va Moldovada yangi prezidentlar, Ilon Maskning reytingi.

“Qorabog‘da urush tugadi”

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘tgan haftada Qorabog‘ viloyatidagi urushning tugaganini ma’lum qildi. “Urush maydonida sharafli g‘alabani qo‘lga kiritgan Ozarbayjon siyosiy maydonda ham o‘z maqsadiga erisha oldi”, dedi prezident Agdam shahri va Agdam tumanining armiya tomonidan egallanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xalqqa murojaatida.

Aliyevning ta’kidlashicha, Armaniston “okkupatsiya abadiy bo‘ladi”, degan umidda istehkomlar qurdi. “Ular yangi xaritalarni tuzdi, ularga ko‘ra, ayirmachi Tog‘li Qorabog‘ nafaqat sobiq Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyatini, balki boshqa barcha bosib olingan yerlarni qamrab olgandi. Bu xaritalar endi qayerga ketdi? Ular g‘oyib bo‘ldi, bu xaritalar endi yo‘q”, dedi Ozarbayjon prezidenti.



Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston armiyasi endi yo‘q. “Biz uni yakson qildik, mag‘lub etdik, yo‘q qildik. Agdam viloyati bizga birorta o‘qsiz qaytadi”  dedi davlat rahbari.
Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling