Janubiy koreya ta’lim tizimi


Download 1.72 Mb.
bet3/4
Sana14.11.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1772136
1   2   3   4
Bog'liq
kOREYA TA\'LIM TIZIMI

Yuqori maktab

  • Yuqori maktabning 1- kursiga o’quvchilar 17 yoshdan qabul qilinib 19 yoshgacha tahsil oladilar.
  • Yuqori maktablar bir necha turlarga bo'linadi: davlat yuqori maktablari (Koreya Ta'lim va Texnika fanlari vazirligi, Madaniyat,Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi),Umumiy yuqori maktablar (Har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi), xususiy yuqori maktablar. Shuningdek, yuqori maktablar o'qitish fanlariga ko'ra ham bir qancha turlarga bo'linadi: umumiy maktablar, ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo'jaligi,sanoat,dengiz xo'jaligi,axborot),maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab),texnika maktablari,chet tili maktabi,jismoniy tarbiya maktabi,san'at maktablari. Koreya Respublikasida Ta'lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo'jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo'ladi. Yuqori maktab o’rta maktab kabi majburiy emas biroq 2005 yilgi ma’lumotlarga qaraganda 97% koreys yoshlari yuqori maktabni tamomlaganlar. Bu juda yuqori ko’rsatkichdir.

Oliy ta’lim


Koreyada oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish qattiq nazorat ostida bo‘lib, har bir da’vogarning ma’lum bir kollej yoki universitetga muvofiqligi talabaning ta’limni o‘zlashtirish qaydlari va standartlashtirilgan milliy test natijalari orqali belgilanidi.
Mamlakatda yagona sirtqi oliy o‘quv yurti - Seuldagi sirtqi universitet o‘ziga 
hos ahamiyatga ega. ―Ochiq universitetlarning vazifasi ham shunga o‘xshash 
bo‘lib, ularga ishlab chiqarishda ishlayotganlargina kirishi mumkin, ularda kirish 
imtihonlari yo‘q. Janubiy Koreyada kollejlarning asosiy vazifasi malakali 
ishchilar yoki bo‘g‘in idora xizmatchilarini tayorlashdir. Talaba kollejni 
tugatgach, nazariy jihatdan birdaniga universitetning ikkinchi 
yoki uchinchi kursiga kirish uchun xarakat qilishi mumkin. SHu bilan birga maxsus o‘tish 
imtihonini topshirib, boshqa mutaxassislik bo‘yicha ham kirishi mumkin.
Bakalavriat. O‘qish muddati 4 yil. Talabalar 140-150 kredit soat atrofida tahsil oladilar. Tibbiyot sohasida o‘qish 6 yil davom etadi va 180 kredit soat o‘qishadi. O‘qish tugagach, bakalavr darajasini olganligi haqidagi diplom 
beriladi. Tipik yirik koreys universitetlari tarkibida 10 tadan 20 tagacha 
fakultetlar bor. Fakultetlar amerikacha termin bilan ―kollixlar, ya’ni 
koreyscha ―texak deb ataladi. Koreyada o‘quv jarayoniga axborot 
texnologiyalarini joriy qilishga alohida e’tibor beriladi. Natijada Janubiy Koreya 
Dunyoda o‘z maktab va ta’lim muassasalarini kompyuter va internet bilan to‘liq 
ta’minlagan ikkinchi davlatga aylandi. Magistratura. O‘qish muddati 2-3 yil. O‘qish yakunida talabalar 
dissertatsiya yoqlaydilar. Tibbiyot sohasidagi talabalar Tibbiyot maktabining barcha 
talablarini bajarib, milliy imtihon topshiradilar. O‘qish yakunida magistrlik 
darajasi beriladi.

Muassasa

Beriladigan ma’lumot

O`rta ta’lim

Kasbiy ma’lumot

Universitet

Oliy ma’lumot

Magistratura

Magistr (2 yil)

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling