Janubiy Koreya vujudga kelish tarixi Janubiy Koreya Iqtisodiyoti


Download 66.13 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi66.13 Kb.
#1539283
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5415924301075328053

Elektron sanoat
Konsernning 70 foizdan ortiq savdosi elektron sanoat sohasiga to’g’ri keladi.
Mazkur bo’linma kompaniyalari:
•Samsung Electronics
• Samsung SDI
Samsung Electro-Mechanics
• Samsung SDS
Samsung Networks
Kompaniyaning elektron sanoati bo’linmalari butun dunyoda faoliyat olib boradi, mahsulotlarning ko’p qismi eksport qilinadi.
1969-yilda tashkil etilgan Samsung Electronics kompaniyasi kichik bir eksport korxonasidan to katta elektron mahsulotlar kompaniyasigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi kunda kompaniya turli kategoriyadagi eng yaxshi mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Bugun Samsung Electronics — yarimo’tkazgichli va telekommunikatsiya uskunalar sohasida hamda raqamli texnologiyalar sohasida jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Kompaniya ofislari jahonning 57ta mamlakatlari hududlarida mavjud, ularda 70 mingga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladi. Kompaniyaning sof daromadi 2013-yilda $7,6 milliard tashil etib, smartfonlar ishlab chiqarishdagi asosiy raqobatchisi Appleni ortda qoldirib ketishga erishdi. Gartner kompaniyasi ma’lumotlariga ko’ra, hozirda Smartfon bozorining 31,1 foizini Samsung , 15,6 foizini Apple, qolgan 53,3 foizni esa ZTE, Heawai, HTC, LG va boshqa kompaniyalar egallab turibdi.
"Samsung Electronics" 2005 yildan " Chelsi ” futbol jamoasining (Angliya) nishon homiysi hisoblanadi. Shu davrdan boshlab jamoa futbolchilari ko’kragiga kompaniya belgisi tushirilgan moviy-oq rangli kiyimda maydonga tushadi. Shartnoma 2010 yili nihoyasiga etgach, yana uch yilga uzaytirildi



1990 va 2000 yillarda yuqori texnologiyali sanoat

A Hyundai avtomobil. Avtomobil liniyasi Janubiy Koreya sanoatining asosiy sohasidir.


1990 yilda Janubiy Koreyaning ishlab chiqaruvchilari kelgusidagi ishlab chiqarish rejalarida yuqori texnologiyalarga yo'naltirilgan yo'nalishlarda sezilarli o'zgarishlarni rejalashtirdilar. 1989 yil iyun oyida hukumat amaldorlari, olimlar va korxona rahbarlaridan iborat panellar yangi materiallar, mexatronika, shu jumladan sanoat robototexnika - bioinjiniring, mikroelektronika, nozik kimyo va aerokosmik kabi tovarlarni ishlab chiqarish bo'yicha rejalashtirish sessiyalarini o'tkazdilar. Biroq, bu diqqat o'zgarishi, 1980-yillarda iqtisodiyotda hukmronlik qilgan avtomobil va kema ishlab chiqarish kabi og'ir sanoat tarmoqlarining zudlik bilan pasayishini anglatmadi.

Download 66.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling