Janubiy Koreyada sug‘urta bozorining xususiyatlari Habibullayev Komiljon Murodulla o‘g‘li


Download 54.39 Kb.
bet1/3
Sana14.10.2023
Hajmi54.39 Kb.
#1701644
  1   2   3
Bog'liq
Sug\'urta bozorining xususiyatlari


Janubiy Koreyada sug‘urta bozorining xususiyatlari
Habibullayev Komiljon Murodulla o‘g‘li
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Koreya tarixi, madaniyati, siyosati
va iqtisodiyoti kafedrasi stajyor o‘qituvchisi.
Mamarasulova Iroda Zafarjon qizi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (Koreya) fakulteti
magistranti
imamarasulova5@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu tezisda sug‘urta bozori tushunchasi, sug‘urtaning iqtisodiyotda tutgan o‘rni, Janubiy Koreyada sug‘urta bozorining xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari Koreya Respublikasida sug‘urta tizimining moliyalashtirilishi borasida ham mulohaza qilingan.


Kalit so‘zlar: sug‘urta bozori, risk, investitsiya, avtomobil sug‘urtasi, tibbiy sug‘urta, sug‘urta mukofoti, sug‘urta polisi.
Особенности страхового рынка Южной Кореи
Хабибуллаев Комилжон Муродулла угли
Преподаватель кафедры история,
культура, политика и экономика Кореи,
Ташкентский государственный университет востоковедения.
Мамарасулова Ирода Зафарджон қизи
Ташкентский государственный университет востоковедения
магистр факультета экономики
иностранных стран (Корея)
Аннотация: В данной диссертации представлена ​​информация о понятии страхового рынка, роли страхования в экономике и характеристиках страхового рынка Южной Кореи. Кроме того, обсуждался вопрос финансирования системы страхования в Республике Корея.
Ключевые слова: страховой рынок, риск, инвестиции, автострахование, медицинское страхование, страховая премия, страховой полис.
Features of the insurance market in South Korea
Khabibullayev Komiljon Murodulla ogli
Lecturer in the Department of history,
culture, politics and economics of Korea,
Tashkent State University of Oriental Studies.
Mamarasulova Iroda Zafarjon qizi
Tashkent State University of Oriental Studies
Faculty of Economics of Foreign
Countries (Korea)masters student
Abstract: This thesis presents information about the concept of the insurance market, the role of insurance in the economy, and the characteristics of the insurance market in South Korea. In addition, the financing of the insurance system in the Republic of Korea was discussed.
Key words: insurance market, risk, investment, car insurance, medical insurance, insurance premium, insurance policy.
Iqtisodiy rivojlanish jarayonida sug‘urtalash ikki tomonlama manfaatni aks ettiruvchi muhim yo‘nalishlardan biriga aylanib bormoqda. Rivojlangan va iqtisodiy salohiyatli mamlakatlar iqtisodiyotida sug‘urta sohasi muhim ahamiyat kasb etadi1. Jumladan, Koreya Respublikasi sug‘urta tizimi ham jahonda sug‘urta mukofotlarini to‘plash miqdori bo‘yicha yuqori o‘rinni egallaydi. Mamlakat sug‘urta bozorida mijozga va ijrochiga nisbatan munosabatlardan tortib, sug‘urta summasigacha qat’iy davlat tomonidan nazoratga olingan. Bu o‘z navbatida sug‘urta firmalari tashkil etilishi va rivojlanishiga imkon beradi. Janubiy Koreyada hayotni sug‘urtalash ustuvor yo‘nalishlardan biri, bundan tashqari sog‘liq sug‘urtasi majburiy hisoblanadi. Buning muhim sababi qilib tibbiy xizmatlar sifati, turmush darajasining o‘sishi, tug‘ilishning pastligi, aholisining tarkibida yosh bolalar ulushining kamayib borishini misol qilishimiz mumkin2.
Koreya Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida sug‘urta sohalari va turlariga ham tushuntirishlar berib o‘tilgan. Unga ko‘ra sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi3:
- hayotni sug‘urta qilish(life insurence) jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini qamrab oladi;
- hayotdan tashqari sug‘urtalash(non-life insurence)shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari.
Milliy sog‘liq sug‘urtasi yoki qisqacha tibbiy sug‘urta Koreyaning ijtimoiy sug‘urta tizimlaridan biri bo‘lib, davlat sog‘liqni saqlash tizimiga tegishli4. Barcha tizimlarda boʻlgani kabi, kamchiliklar ham mavjud, bu aholiga katta foyda keltiradigan tizim bo‘lib, ushbu afzalliklar tufayli Milliy sog‘liqni saqlash sug‘urtasi eng mashhur ijtimoiy xavfsizlik tizimlaridan biridir.


Download 54.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling