Janubiy Osiyo subregioni yer sharida aholi eng zich yashaydigan hududlar qatoriga kiradi. Bu regionda aholi soni 1,5 mlrd kishiga yaqinlashmoqda


Download 23.28 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi23.28 Kb.
#1551553
1   2   3   4
Bog'liq
28 Janubiy Osiyo

Hindiston Osiyo qit’asining janubida joylashgan davlat bo`lib, maydoni 3,287,732 km2. Yirik shaharlari: Dehli (8,4 mln. aholi). Kalkutta (11 mln). Bombey (12,6 mln). Madras (5,4 mln). Bangalor (4,1 mln). Haydarobod (4,3 mln). Ahmadobod (2,7 mln). Aholisining ko‘pligi jihatidan dunyoda Xitoy Xalq respublikasidan keyin 2-o‘rinda turadi. Aholisining soni 1 mlrd 366 mln.dan ortiqroq.
XIX-asrning o‘rtalaridan to 1947 yilgacha Buyuk Britaniyani mustamlakasi bo‘lgan. 1947 yil 15 avgustda mamlakat siyosiy mustaqillikka erishdi. 1950 yil 26 yanvarda respublika deb e’lon qilindi. Hindistonda 500 dan ortiq qabilalar itiqomat qiladi. Ular 100 dan ortiq turli tillarda so‘zlashadilar. Ammo hind va ingliz tillari rasmiy til hisoblanadi. Aholining 83% hinduizm. 11% islom diniga e’tiqod qilishadi. Shu bilan birga Sinx, Xristianlik, Jaynizm, Buddizm va boshqa dindorlar ham bor.
Mamlakatda ishga yaroqli aholining 60% qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatadi. Sanoatda bu ko‘rsatkich 20% ga teng. Shunisi diqqatga sazovvorki, iqtisodiy qoloqlik bilan birga ishlab chiqarishda jahon fani va texnikasining so‘nggi yutuqlari ham keng qo‘llaniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishi nihoyatda notekis bo‘lib, o‘sish bilan birga pasayishlar davri takrorlanib turadi. Aholi o‘rtasidagi moddiy tabaqalanish juda kuchli, ya’ni kambag‘allar bilan birga juda katta boylar ham mavjud. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 250 mln. aholi qashshoqlik darajasidan past holatda xayot kechirmoqda. 70 mln. aholini ahvoli yuqori darajada ta’minlangan. Aholining 60% savodsiz. 40 mln. aholi doimiy ravishda ishsizlar guruhiga kiradi.
Hindiston dunyoning eng qadimiy va madaniyati yuksak mamlakatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham xorijiy turistlarni bu mamlakatga qiziqishlari katta. Hindistonda xalqaro turizmni rivojlantirish imkoniyatlari juda katta. Hindistonning tarixiy-me’moriy yodgorliklari, tarixiy joylari, muqaddas ziyoratgohlari xorijiy turistlar xordiq chiqarishi uchun qulay bo‘lgan milliy ruhdagi dam olish maskanlari, tabiati an’anaviy hunarmandchilik, xalq ommaviy san’ati dunyo aholisini doimiy ravishda jalb qilib kelgan. 2002 yilda Hindistonga 2,649 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan bo‘lsa 2018 yilda 17,427 mln kishiga etgan. Janubiy Osiyo mamlakatlariga qilingan tashriflarning 53,1% Hindistonga to‘g‘ri kelgan, tushumlari bo‘yicha 65,5% ni tashkil qilgan. Har bir xorijiy tashrif Hindistonda 765 AQSH dollarini tashkil etgan.

Download 23.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling