Janubiy Osiyo subregioni yer sharida aholi eng zich yashaydigan hududlar qatoriga kiradi. Bu regionda aholi soni 1,5 mlrd kishiga yaqinlashmoqda


Download 23.28 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi23.28 Kb.
#1551553
1   2   3   4
Bog'liq
28 Janubiy Osiyo

Eron Islom Respublikasi hududi 1648 ming kv.km. Aholisi 83,7 mln (2018). Yirik shaharlari: Tehron (6,5 mln. aholi), Mashhad (1,8 mln), Isfaxon (1,1 mln), Tabriz (1,1 mln), Sheroz (965 ming), Shimolda Kaspiy dengizi. janubda Fors, Ormuz va Ummon qo‘ltiqlari bilan o‘ralgan. Bu qo‘ltiqlardagi Keshm. Xarmuz, Xark va boshqa orollar ham Eron mamlakatiga tegishli. Aholisining etnik tarkibi: forslar 65%. ozariylar 18% kurdlar 5% qurdlar, arablar, turkman va blujlar, umuman 30 dan ortiq xalqlar yashaydi. Rasmiy tili fors tili hisoblanadi. Islomning shia yo‘nalishiga aholining 90%i e’tiqod qiladi.
Eron 1979 yilning 1-aprelida Islom Respublikasi deb e’lon qilingan. 1979 yilning 11 fevrali milliy bayram kuni, ya’ni Shoh hokimiyatini ag‘darilgan kun. Xozirgi kunda davlat qo‘shilmaslik harakatiga qo‘shilgan.
Bu mamlakat tarixida Iroq bilan bo‘lgan 1980-1988 yillardagi uzoq muddatli urushni alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Chunki, urush yillari yiliga 14-15 mlrd AQSH dollari hajmida harajatlarni talab qilar etdi. Oqibatda davlat iqtisodiyotiga katta talofat etkazildi.
Eron industrial-agrar davlat bo‘lib, uning iqtisodiyotida neftni qazib olish va qayta ishlash sanoati muhim o‘rinni egallaydi. Bu soha yalpi ichki mahsulotning katta qismini tashkil etadi. U davlat byudjetining 3/1 tashkil etadi. Valyuta kirimining 37% ini ta’minlaydi. 1960 yildan OPEK a’zosi, neft qazib oluvchi davlatlar ichida Saudiya Arabistoni va Rossiyadan keyingi o‘rinda turadi. YAMM 310 mlrd. AQSH dollari, jon boshiga esa 4720 AQSH dollarni tashkil etadi.
Mamlakat yer yuzasining yarmidan ko‘prog‘ini tog‘lar tashkil etadi. Eron jahondagi eng qadimiy davlat bo‘lib, tarixi va madaniyati nihoyatda boy. Eronda xalqaro turizmni rivojlantirish imkoniyatlari juda katta. 2002 yilda Eron Islom Respublikasiga 1,342 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan bo‘lsa 2018 yilga kelib 7,296 mln. ga etdi. Janubiy Osiyo mamlakatlariga qilingan tashriflarning 22,2% Eron Islom Respublikasiga to‘g‘ri kelgan. 2017 yilda Janubiy Osiyo mintaqasi tushumlari bo‘yicha 10,1%ni tashkil qilgan. Har bir xorijiy tashrif Eron Islom Respublikasida 750 AQSH dollarni tashkil etgan.



Download 23.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling