Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasining umumiy tavsifi va iqtisodiy tasnifi
Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasida “Yangi industrial mamlakatlar”ning paydo bo‘lish shart-sharoitlari va ularning iqtisodiy rivojlanish bosqichlari
Download 213.19 Kb.
|
Janubiy
Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasida “Yangi industrial mamlakatlar”ning paydo bo‘lish shart-sharoitlari va ularning iqtisodiy rivojlanish bosqichlariXX asrning 60-80 yillarida jahonning rivojlanayotgan mamlakatlarni, shu jumladan “yangi industrial mamlakatlar”ni (YAIM) umumiy tuzilishida ham global o‘zgarishlar ro‘y berganligi bilan xarakterlanadi. Jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligidan “yangi industrial mamlakatlar” o‘z parametrlarining barcha sistemalari bo‘yicha ajralib turadi. YAIMni rivojlanayotgan mamlakatlardan farqlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan ham ajralib turishligidir. Ya’ni, ularning rivojlanishi “yangi industrial” rivojlanish modeli sifatida mavjudligidir. Bunday xarakterli tomonlar, Osiyo-Tinch okean mintaqasidagi va shuningdek Lotin Amerikasidagi YAIMning rivojlanish tajribasini chuqur analiz qilish jarayonida ko‘zga tashlangan edi. Lotin Amerikasidagi YaIMlarning rivojlanish tajribasi va shuningdek Osiyo- Tinch okeani mintaqasidagi YaIMlarning ko‘pchiligi ozodlikka erishgan jahonning rivojlanayotgan mamlakatlari uchun xalq xo‘jaligining ichki rivojlanish dinamikasi bo‘yicha ham, tashqi iqtisodiy munosabatlarning ekspansiyasi bo‘yicha ham rivojlanishning o‘ziga xos namunasidir. Odatda, rivojlanayotgan “Yangi industrial mamlakatlar” qatoriga Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur, Malayziya shu bilan bir qatorda Lotin Amerikasidagi Argentina, Braziliya, Meksika kabi mamlakatlar taaluqlidir. Yuqorida qayd etib o‘tilgan barcha mamlakatlar YaIMlarning birinchi avlodlari yoki birinchi qaldirg‘ochlari hisoblanadi. Ularning orqasida “YaIM”ning so‘nggi avlodlari (Filippin va Xitoyning janubiy chegaralari) yetishib chiqmoqda8. 8 moodle.samtuit.uz/.../0/.../25%20боб.docx BMT tomonidan ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha YaIM qatoriga kiruvchi mamlakatlar u yoki bu mezonlar bo‘yicha alohida ajralib turadi. Ular quyidagilardan iboratdir: aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotlarning miqdori. yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati. yalpi ichki mahsulot tarkibidagi qayta ishlash sanoatining umumiy miqdori. (20% atrofida bo‘lishi kerak). chiqariladigan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan sanoat mahsulotlarining ulushi va eksport miqdori. xorijiy mamlakatlarga chiqariladigan to‘g‘ridan – to‘g‘ri yo‘naltirilgan investisiyalarning umumiy miqdori va h.k. lar. Download 213.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling