Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari Rivojlanish yo’li


«IHqlik» davri. 1953-yil 5-mart


Download 85.5 Kb.
bet2/2
Sana07.01.2023
Hajmi85.5 Kb.
#1082284
1   2
Bog'liq
26-Mavzu

«IHqlik» davri. 1953-yil 5-mart kuni I. Stalin vafot etdi. Stalinning o‘limidan so‘ng hokimiyat uchun kurashda Nikita Xrushchyov g‘olib chiqdi. Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba SSSRga juda katta xalqaro obro‘ keltirdi. SSSR boshchiligida sotsialistik tizim vujudga keldi. Bu davrdagi sovet tashqi siyosatining asosini AQSH bilan dunyoda gegemonlik uchun kurash tashkil qildi.1959-yili inqilob natijasida Kubada hokimiyatga kelgan F Kast- ro rejimiga qarshi AQSH olib borgan tajovuzkor siyosat va bunga SSSRning aralashuvi ikkibuyuk davlatlar o‘rtasida yadro urushi xavfini keltirib chiqardi. Bu xavf «Karib inqirozi» nomini oldi va faqat AQSH prezidenti J. Kennedi bilan sovet rahbari N. Xrushchyov o‘rtasidagi kelishuv dunyoni yadro urushi halokatidan asrab qoldi. «Iliqlik» davrida kapitalistik mamlakatlar bilan tinch-totuv yashash tamoyili ilgari surilib, bu SSSR bilan kapitalistik mamlakatlar, avvalo, AQSH o‘rtasida munosabatlarning ham iliqlashuviga olib keldi.«Turg‘unlik» davrida ham kapitalistik mamlakatlar bilan tinch musobaqa davom ettirilib, bu jarayon 1979-yili Afg‘onistonga sovet qo‘shinlari kiritilgunga qadar davom etdi.«Qayta qurish» davrida M. Gorbachyov ilgari surgan «yangicha siyosiy tafakkur» tashabbusi SSSRning AQSH va butun kapitalistik dunyo bilan munosabatlarida keskin ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Avgust davlat to‘ntarishidan keyin barcha respublikalar birin-ke- tin o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1991-yil 8-dekabr kuni Minsk shahrida Rossiya, Ukraina, Belorussiya rahbarlari 1922-yilgi Ittifoq shartnomasini bekor qilib, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qildi. Unga Gruziya, Latviya, Litva va Estoniyadan boshqa barcha sobiq sovet respublikalari a’zo bo‘ldi. Shu tariqa SSSR tarqalib ketdi.SSSRning iqtisodiy taraqqiyoti borgan sari pasaya boshladi va unda turg'unlik holati vujudga keldi. Buning asosiy sababi ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotning ilmiy-texnika inqilobi natijalarini qabul qila olmaganligi bo‘ldi. Natijada bu iqtisodiyot katta xarajat talab etadigan va kam samara keltiradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi.Jadallashtirish rejasi 1982-yilda K Brejnev vafot etgach, qisqa vaqt ichida yana ikki rahbar almashdi.Bular Yu. Andropov va N. Chernenko edilar. Ularning har ikkisi ham og‘ir kasal edilar. Biroq davlat qonunga bo‘ysunmaydigan jamiyatda og‘ir kasal kishilarning hokimiyat tepasiga kelib qolishi tabiiy holdir.Nihoyat, 1985-yil mart oyida M. S. Gorbachyov KPSSning Bosh kotibi lavozimini egalladi. Shu yilning aprel oyida u qayta qurish va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashti­rish dasturini ilgari surdi. Unga ko‘ra, 15 yil ichida (1985-2000) SSSRning iqtisodiy qudrati 2 baravar ortishi, ya’ni 15 yil ichida sovet davlati yashab kelayotgan 70 yil davomida erishilgan darajaga teng iqtisodiy qudrat yaratilishi kerak edi.Jadallashtirish dasturining amalga oshishi 3omilga tayanar edi. Bular:

  • korxonalar mustaqilligini kengaytirib, ularni xo'jalik hiso­biga va o‘zini o‘zi mablag bilan ta’minlashga o‘tkazish;

  • mehnatning mazmuni va xarakterida, odamlarning moddiy va ma’naviy turmush sharoitlarida chuqur o‘zgarishlar qilish, samaradorlikka qarab haq to‘lash;

  • oshkoralik, ya’ni siyosat, ijtimoiy va mafkuraviy muassasa-lar tizimini faollashtirish.

Aslida jadallashtirish dasturi ham KPSS va Sovet davlati rahbari- yatining yana bir xomxayol orzusi bo'lib chiqdi. Chunki iqtisodiyotda bozor munosabatlarisiz bu vazifalarni amalga oshirib bo'lmas edi.
Buning ustiga SSSR aholisi ongi yangi - bozor iqtisodiyotini qa­bul qilishga tayyor emas edi. 1988-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi,1990-yildan boshlab esa sanoat ishlab chiqarishi pasaya boshladi.Budjet taqchilligi 100 mlrd so'mdan ortdi. Davlatning oltin zaxirasi 6 yilda (1985-1991) 10 baravar kamaydi va u atigi 240 tonnaga tushib qoldi. Aholining turmush darajasi shiddat bilan pasaya boshladi. Shunday sharoitda M.S.Gorbachyov «insonparvar, demokratik sotsializm» qurilishini e’lon qildi. Biroq en­di uning cho‘pchaklariga deyarli hech kim ishonmay qo‘ydi. Ittifoq davlati oliy rahbariyati va organlari aholi ko‘z o‘ngida obro‘-e’tiborini, ishonchni yo‘qotib qo‘ydi. M.S. Gorbachyovning siyosati tarixga «qayta qurish» siyosati nomi bilan kirgan. Bu qayta qurish mamlakat siyosiy hayotiga ham taalluqli edi. 1988-yilda KPSSning XIX Butunittifoq konferensiyasi qarori asosida qonun chiqaruvchi yangi oliy hokimiyat organi - SSSR Xalq deputatlari syezdi tuzildi.yangi oliy lavozim - SSSR Oliy Soveti raisi - joriy etil­di. 1989-yilning mart oyida chaqirilgan SSSR xalq deputatlari 1 syezdida KPSS MK Bosh sekretari M. S. Gorbachyov ayni paytda SSSR Oliy Soveti raisi etib saylandi. Binobarin, siyosiy islohot tugab borayotgan KPSSning rahbarlik rolini saqlab qolishga ham xizmat qilishi lozim edi.Mamlakatda senzura deyarli olib tashlandi. Biroq bular mavjud tuzumni saqlab qola olmadi. Bu davrda qator respublikalarda mavjud davlat hokimiyati organlariga parallel ravishda yangi ho­kimiyat organlari ham vujudga keldi. Ko'ppartiyaviylik reallikka aylanib ulgurdi. Ularning ayrimlari KPSS bilan raqobatlasha boshladi ham. Aksariyati sovet modelidagi sotsializmni, KPSS­ning davlat hokimiyatiga bo‘lgan monopol huquqini inkor etdi.Ayni paytda KPSSning o‘zida ham 3 oqimga bo’linish yuz berdi. Boltiqbo‘yi respublikalari kommunistik partiyalari 1989-1990-yillar davomida KPSS tarkibidan ajralib chiqdi. Shu tariqa SSSRda jamiyat hayotining hamma jabhalarida inqiroz kuchaya bordi. Bu hol milliy respublikalarda aholi milliy ongining uyg‘onishiga qulay sharoit yaratdi.Endi ularda mustaqillikka intilish tobora kuchaydi. Boltiqbo‘yi respublikalari «Davlat suvereniteti to‘g‘risida deklaratsiya» qabul qildilar. O`zbekistonda prezidentlik lavozimi joriy etildi. Shun­day sharoitda Markaz milliy nizolar keltirib chiqarish yo‘li bilan SSSRni saqlab qolishga urindi.1988-yildan boshlab Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ masalasida munosabatlar keskinlashdi. 1989-yilda Farg'ona, 1990-yilda O`sh, 1991-yilda Gruziya -Abxaziya, Gruziya - Janubiy Osetiya qonli voqealari keltirib chiqarildi. Ayni paytda M.S. Gorbachyov va Rossiya rahbari B.Yelsin o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi.SSSRning yagona totalitar davlat sifatida saqlanib turishida KPSS ning roli beqiyos katta bo`lganligiga SSSRning70-yillik tarixi guvoh. Biroq qayta qurish yillarida KPSS obro‘si borgan sari yo‘qolib bordi. Partiyada poraxo‘rlik va korrupsiya kuchaydi. Demokratik kuchlar hatto SSSR Konstitutsiyasiga yozib qo'yilgan KPSSning rahbarlik roli haqidagi qoidaning chiqarib tashlanishiga erishdilar (1990-yilda). Shunday sharoitda yangi lavozim - SSSR Prezidenti lavozimi joriy etildi. 1990-yilning mart oyida SSSR Xalq deputatlari III syezdi M. S. Gorbachyovni SSSR Prezidenti etib sayladi.M. S. Gorbachyovning maqsadi SSSRni qanday boimasin saqlab qolish edi. Chunki u o‘zi boshlagan islohot SSSRni qulatishi mumkinligini aslo xayoliga keltirmagan edi. Endi u yangi ittifoq shartnomasi imzolanishi uchun bor kuchi bilan harakat qila boshladi.M. S. Gorbachyov 1991-yilning aprel oyidan boshlab 9-respublika rahbari bilan yangi ittifoq shartnomasi xususida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara o‘tkaza boshladi. Va, nihoyat, 1991-yilning avgust oyida barcha tomonlarni qoniqtiruvchi «Mustaqil Respublikalar Ittifoqi» haqidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqishga erishildi,Unga ko‘ra, Markaz endilikda boshqaruvchilik maqomini yo‘qotar va u asosan muvofiqlashtirish vazifasi bilan shug'ullanar edi. Markaz ixtiyoriga mudofaa, moliya, ichki ishlar, qisman soliq va ijtimoiy siyosat masalalari qoldirildi, xolos. Ayni paytda rus tili davlat tili maqomini yo‘qotib, millatlararo muloqot tiliga aylanardi.Shartnomani imzolash 1991-yil 22-avgustga belgilandi. Biroq real hokimiyatni qoidan chiqarishni istamagan kuchlar 18-avgustdan, 19-avgustga o‘tar kechasi davlat to‘ntarishi qilishga urindilar. Ular GKCHP (Favqulodda Holat Davlat Qo‘mitasi) tuzdilar. Qrimda dam olayotgan M.S.Gorbachyov hokimiyatdan chetlatildi. GKCHPga SSSR vitse-prezidenti G.Yanayev rahbarlik qil­di. GKCHP SSSRning ba’zi hududlarida favqulodda holat joriy etdi. SSSRning 1977-yilgi Konstitutsiyasiga zid ravishda tuzil­gan davlat organlari bekor qilinishi, muxolif partiyalar faoliyati to'xtatilganligi, mitinglar va namoyishlar o‘tkazish man etilganligi, ommaviy axborot vositalari nazoratga olinganligi e’lon qilindi.Moskva shahriga armiya qismlari kiritildi. Biroq Moskva aholisi GKCHPni qo’llab-quvvatlamadi. Aksincha, ular GKCHP­ga qarshi chiqqan Rossiya Prezidenti B. Yelsin tarafida bo‘ldilar.B. Yelsin moskvaliklarni GKCHPga qarshi uyushtira oldi. Ar- miyaning asosiy qismi ham GKCHPni qo’llab-quvvatlamadi. G‘arb davlatlari ham GKCHPni tan olmadilar. Xalq madadidan mahrum bo`lgan GKCHP oxir-oqibatda mag‘lubiyatga uchradi. 22-avgust kuni GKCHPning barcha rahbarlari davlat to'ntarishi qilishga uringanlikda ayblanib hibsga olindilar.Noyabr oyida B. Yelsin Rossiya Federatsiyasi hududida KPSS faoliyatini taqiqlash haqida farmon chiqardi. Shu tariqa KPSS yagona siyosiy tashkilot sifatida barham topdi. KPSS MK Bosh sekretari lavozimidan voz kechgan M.S.Gorbachyov SSSRni saqlab qolish uchun harakat qila boshladi. Biroq u hech narsaga erisha olmadi. 1922-yilning 30 dekabrida SSSRni tuzgan 3 dav­lat - Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya rahbarlari1990-yilning 8-dekabr kuni SSSR tarqatilganligini e’lon qildilar hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligi ha- qidagi bitimni imzoladilar.Bu bitim tarixga «Belovej bitimi» nomi bilan kirdi. Shu tariqa SSSR parchalanib ketdi. 21-dekabr kuni yana 8 respublika (Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg'iziston, O`zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Moldova) ham bu bitimni imzoladi­lar
Savol va topshiriqlar:



  1. Ikkinchi jahon urushi SSSR uchun qanday yakunlandi?

  2. KPSSning XX syezdida Stalin shaxsiga sig‘inishning fosh etili- shi ijtimoiy ongga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

  1. «Iliqlik» davrida SSSR iqtisodiy rivojlanishida qanday yangi tendensiyalar paydo bo‘ldi?

Download 85.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling