Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va uning tarkibiy qismlari.
Bozor qonunlari asosida rivojlanayotgan va davlat aralashuvi yuqori bo'lgan mamlakatlarning barchasida davlat erkin xalqaro ayirboshlash yo'liga ma'lum to'siqlar qo'yadi va bunday holat milliy manfaatlarni himoya qilish zarurligi bilan tushuntiriladi. Bularga mamlakat iste'mol bozorlarini himoyalash, ichki bandlikni oshirish, yangi tarmoqlarni rivojlantirish va hokazolar kiradi.
Iqtisodiy raqobatga bardoshli bo'lgan davlatlar ham, bunday raqobatga chidamsiz davlatlar ham litsenziyalash va kvotalarni o'rnatish, mahsulot sifati va uning xavfsizligini ta'minlovchi standartlarni o'rnatish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta'sir etuvchi boshqa bir qator vositalardan keng foydalanadilar, shu orqali o'z tashqi iqtisodiy siyosatlarini yurgizadilar.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish siyosatida yo'nalishlari Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati kundalik va strategik maqsadlarga muvofik uning tashqi iqtisodiy siyosatiga asoslangan. Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati deganda, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Hozirda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish siyosatida ikki yo'nalish o'zaro boglangan: 2) proteksionizm. Ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashga qaratilgan iqtisodiy siyosat proteksionizm deyiladi. Erkinlashtirish - davlatning tashqi savdoda iqtisodiy va ma'muriy to'siqlarni kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatidir.
Erkinlashtirish va proteksionizm siyosati dunyodagi har qanday davlat uchun xos. Hozirgi paytda tashqi savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti. Bu jarayon uch xil ko'rinishda amaiga oshirilayapti:
- alohida mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro savdoda;
- yagona bojxona ittifoqiga kiruvchi alohida davlatlar o'rtasida;
- taritlar va savdolar Bosh bitimi (GATT), Savdo va rivojlanish bo'yicha BMTning konferensiyalari (YuNKTAD), BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EIK) doirasida ko'p tomonlama kelishuvlar asosida amaiga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |