Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
"Jahon iqtisodiyoti" fanining predmeti bozor iqtisodining obyektiv qonunlari asosida
o‘zaro iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan milliy xo‘jaliklar yig‘indisidan iborat jahon iqtisodiyoti rivojining asosiy jarayonlari, uning tamoyillari va qonuniyatlarini o‘rganishdir. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, "Jahon iqtisodiyoti" fani "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar", "Davrning global muammolari", "Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti", "Jahon iqtisodiyoti geografiyasi" singari boshqa maxsus fanlar shug‘ullanadigan bir qancha masalalarni ham qamrab oluvchi o‘quv fanidir. Negaki, "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" ixtisosligiga oid barcha mutaxassislik fanlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanib, "Jahon iqtisodiyoti" fanidan kelib chiqqan, ma’lum darajada xalqaro iqtisodiy aloqalar va o‘zaro munosabatlar tizimining u yoki bu jihatini aks ettiradi. Masalan, "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" fani turli mamlakatlar milliy iqtisodning xilma-xil xo‘jalik aloqalari tizimini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Biroq iqtisodiy aloqalar mavhum bir narsa emas, ular mamlakat iqtisodining muayyan sohalarida yoxud milliy xo‘jaliklar yig‘indisining (ya’ni jahon iqtisodiyotining) muayyan sohalarida ishlab chiqarish yoki mahsulot ayirboshlash munosabatlari orqali ro‘y beradi. Demak, mamlakat iqtisodi yoki milliy xo‘jaliklar yig‘indisi bo‘lmish jahon iqtisodiyoti ana shu iqtisodiy munosabatlar yuzaga keluvchi asosdir. Shunga ko‘ra, garchi bu fanlar mustaqil hisoblanib, ayni bir paytda tadqiqotlar sohasida bir-birini to‘ldirib tursa-da, mazkur ikki fan shug‘ullanadigan qator masalalar o‘zaro qo‘shilib ketgan. Masalaning boshqa bir tomoni ham bor. Jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar yoki tashqi iqtisodiy aloqalarning biror amaliy jihatlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar xilma-xil va ayni paytda o‘zaro bog‘langan, biri ikkinchisini to‘ldirib turadigan masalalarga duch kelishadiki, bu narsa har ikkala fanning bir butunligidan, mushtarak ekanidan dalolat beradi. Shunga ko‘ra. ularni izchil o‘rganishlik xalqaro iqtisod masalalarini puxta o‘zlashtirib olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar va o‘qituvchilar uchun taqdim etilayotgan ushbu darslik "jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" mutaxassisligi bo‘yicha Davlat ta’lim standartiga muvofiq tarzda jahon iqtisodining asosiy masalalarini qamrab olgan. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot oliy o‘quv yurtlari o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilganidek, ushbu fan umumta’lim fanlari majmuasiga kiradi. Ushbu nashrda ko‘zga tutilgan va taxlil etilgan masalalar O‘zbekistonda hamda chet ellarda olib borilgan tadqiqotlar natijasi va dalillariga suyangan. Unda jahon iqtisodining eng muhim nazariy va amaliy jihatlarini mantiqiy izchillik bilan yoritib berishga harakat qilingan. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda darslar bayoni ham moslashtirilgan, har bir mavzu bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati berilgan, amaliy mashg‘ulotlarning asosiy masalalari bo‘yicha mavzu doiralari belgilangan. Mazkur kurs jahon iqtisodiy taraqqiyotining asosiy jarayonlari, tamoyil va qonuniyatlarini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini anglab yetishga yordam beradiki, bu xalqaro iqtisodiy aloqalar va xalqaro bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan hozirgi kunda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur darslikda jahon xo‘jaligiga bevosita aloqador bo‘lgan 19 mavzu quyidagi uchta asosiy guruhga bo‘linadi: 1. Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlar. 2. Rivojlanayotgan mamlakatlar. 3. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlar. Darslikdan amalda yana ham samaraliroq foydalanish maqsadida, uning oxirgi qismida xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyati, ularning O‘zbekiston bilan aloqalariga bag‘ishlangan ma’lumotlar ilova qilingan. Zero, "Jahon iqtisodiyoti" darsligi O‘zbekistonda iqtisodiyotning ushbu sohasidagi adabiyotlarning to‘ng‘ichidir. Ishonchimiz komilki, ushbu darslikni yanada takomillashtirish yuzasidan bildiriladigan fikr-mulohazalar uning mukammallashuviga omil bo‘ladi. Bildirilgan taklif va mulohazalar uchun mualliflar oldindan o‘z minnatdorchiliklarini izhor etadilar. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling