Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyruqbozlikka asoslangai iqtisod.
- Bozor iqtisodi.
- (Price system).
An’anaviy iqtisod.
An’anaviy iqtisodiy tizim u yoki bu tovar ishlab chiqarish usullarida yildan-yilga yuz berayotgan o‘zgarishlarning kamligi bilan ajralib turadi. Uning texnika bilan qurollanishi ham ana shunday eskicha xarakterda bo‘ladi. Ishlab chiqarish jamoa a’zolari o‘rtasida avval belgilab qo‘yilgan an’analarga muvofiq taqsimlanadi. Nima ishlab chiqarish kerak, qanday ishlab chiqarish va qanday taqsimlash kerak degan iqtisodiy savollarga ham o‘sha an’analarga tayanib javob berish mumkin. Hunarmandchilik ustaxonasi, patriarxal qishloq xo‘jalik jamoasi an’anaviy iqtisodning yorqin namunalaridir. Buyruqbozlikka asoslangai iqtisod. Bunda resurslarni taqsimlash masalasi markaziy rahbariyat tomonidan hal qilinadi, u barcha yuqorida aytilgan uch iqtisodiy masalalar yuzasidan hamma zarur qarorlarni qabul qiladi. Bunday iqtisod qarorlarni markazlashtirgan holda qabul qilish bilan ajralib turadi va u markazlashtirilgan rejalashtirishga muhtoj bo‘ladi. Shuning uchun ham iqtisodning bu turi markazlashtirilgan holda tuziladigan, buyruqbozlik asosida amalga oshiriladigan iqtisod deb ta’riflanadi. Bozor iqtisodi. Iqtisodning bu turida resurslarni joylashtirish yechimi markaziy yo‘l-yo‘riqlarsiz, yakka tartibda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar tomonidan mustaqil qabul qilingan ko‘pdan-ko‘p qarorlarning yechimi sifatida tadbiq etiladi. Bozor iqtisodi sharoitida asosiy iqtisodiy muammolarga taallukdi yechimlar markazning ishtirokisiz qabul qilinadi. Bozor belgilagan narxlar asosiy muvofiqlashtiruvchi omil hisoblanadi. Shuning uchun ham erkin bozor tizimini ko‘pincha narx tizimi deb ham atashadi (Price system). Bozor - noyob makon bo‘lib, unda odamlar (individlar) tovarlarni, xizmat yoki ishlab chiqarish omillarini sotish yoxud xarid qilish maqsadida bir-birlari bilan munosabatda bo‘ladi. Bozor asosini almashuv tashkil etadi. An’anaviy ko‘rinishdan tashqari bozorlar muayyan binolarda joylashtirilishi ham mumkin, ba’zan ancha abstrakt ko‘rinishga ega bo‘ladi. Masalan, chet el valutalari, qimmatbaho qog‘ozlar, zayomlar bozori va hokazo. Umuman, bozor iqtisodi degan bir xil ma’nodagi aniq tushunchaning o‘zi yo‘q. Uning har xil ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mamlakat yoki mintaqaning tarixiy, geografik rivojlanishining va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Lekin bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan bir qator asosiy va universal prinsiplar mavjud. Ularga quyidagilar kiradi: - raqobat (talab va taklif)ga asoslangan baho belgilash tizimi. U faqat tovar va xizmatlarga bo‘lgan narxlarni emas, almashish kurslari, foizli to‘lovlarni ham o‘z ichiga oladi; - xususiy mulkka egalik qilish (davlat mulki saqlanib qolayotgan ayrim sohalar bundan istisnodir, bunda tijorat tamoyillari qo‘llanishi kerak); - shartnomaviy munosabatlarga kirishish erkinligi; - ochiq bozorlar; - qonun ustuvorligi; - barqaror valuta. Bu prinsiplar o‘zaro bog‘liq, ular bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun zarur holatlarni yaratish bilan iloji boricha bir vaqtda amalga oshirilishi kerak. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling